1.Avesto 21 ta kitobga jamglangan davrda yuz bermagan voqeani aniqlang ?
A) Sin sulolasi tugatildi B) Rim imperiyasida armiya endi imperatorni saylar edi
C) Sak qabilalari yangi davlatga asos solishdi D) Yunon – Baqtriya davlati tashkil topdi
2.Kabuki teatri qachon paydo bo’lgan ? A) XVI asr B) XVII asr C) XV asr D) XVIII asr
3.Arab savdogarlari qachon G’arbiy Sudan yerlariga O’rta yer dengizidan Afrikada yuksak qadrlanuvchi tuz va boshqa mollarni
keltirgan ? A) VII asr B) VIII asr C) VI asr D) IX asr
4.Quyidagi qaysi davlatda 1992 yil may oyida davlat to’ntarishi amalga oshirilib,prezident hokimiyati ag’darilgan va hokimiyat tepasiga Xalq fronti kelgan ? A) Armaniston B) Ruminiya C) Ozarbayjon D) Gruziya
5.Quyidagi variantlardan yurtimizda “Sihat salomatlik” yili deb e’lon qilingan yili jahon tarixida yuz bergan voqeani aniqlang ?
A) “Aprel inqilobi” yuz berdi
B) YI va AQSH Transatlantik iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to’g’risida kelishuv imzolandi va Transatlantik iqtisodiy kengashi joriy qilindi
C) B.Obama Nobel mukofotini oldi D) Husni Muborak prezidentlik lavozimidan iste’foga chiqdi
6.Rio – de – Janeyro shahrida atrof muhitni himoya qilish va barqaror taraqqiyot bo’yicha konferensiya o’tkazilgan vaqtda yurtimizda qanday voqea yuz bergan ?
A) Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligikeng nishonlandi B) Amir Temurining Toshkentda haykali ochildi
C) Qur’oni Karimning shayx Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli nashri tayyorlandi va chop etildi
D) Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi
7.Buyuk Britaniyada ilk bora jamoa palatasiga etnik ozchilik vakillaridan 4 nafari saylangan yilda yzu bergan voqeani aniqlang ?
A) Qayta qurishning ikkinchi bosqichi boshlandi
B) O’zbekistonda o’zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berildi.
C) O’zbekiston rahbariyati butifosdan foydalanishni taqiqladi D) Navoiy shahriga asos solindi
8.Quyidagi qaysi shaxs ziyolilar oqlanishida tashabbuskorlik ko’rsatgan.Paxta xarid narxini oshirishni Markaz oldiga qo’yib buni uddalagan ? A) Amin Niyozov B) Sobir Kamolov C) Sharof Rashidov D) Nuriddin Muhitdinov
9.Mironshoh qaysi raqam ostidagi davlat bilan diplomatik aloqalar olib borgan ?
A) 4 B) 1 C) 2 D) 3
10.Vaqf yerlaridan olinadigan foydaning hisob-kitobi va taqsimoti bilan qaysi lavozim egasi shug’ullangan ?
A) mutavalli B) amlokdor C) amin D) mushrif
11.Said Muhammadxon qachon Xiva taxtiga o’tirgan ? A) 1855 yil B) 1856 yil C) 1865 yil D) 1894 yil
12.Quyidagi variyantlarda XIX asrda bo’lib o’tmagan voqeani aniqlang ?
A) Qoraqum eshon madrasasi qurilgan B) Tosh madrasa qurilgan
C) Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari ta’mirlandi D) Norbo’tabiy madrasasi bunyod etildi
13.Qachon asbob uskunalarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinasi (motor) ixtiro qilingan ?
A) XIX asr boshi B) XVIII asr ikkinchi yarmi C) XVII asr D) XX asr boshi
14.Qohiralik hunarmand va savdogarlar o’z do’konlarini yopgan yilni aniqlang ?
A) 1795 yil B) 1798 yil C) 1800 yil D) 1517 yil
15.”Muqaddas ittifoq” tuzilgan yilda yuz bergan voqeani aniqlang ?
A) Austerlis jangi yuz berdi B) Vaterloo jangi yuz berdi C) “Xalqlar jangi” sodir bo’ldi D) Napaleon Elba oroliga surgun qilindi
16.AQSH qachon Yaponiyani ochilishiga majbur qilgan ? A) 1854 yil B) 1858 yil C) 1857 yil D) 1853 yil
17.Ketchvayo uch to’qnashuv davomida ingilizlarning 20 ming qo’shinini yakson qilgan yilni aniqlang ?
A) 1867 yil B) 1879 yil C) 1869 yil D) 1905 yil
18.Rossiya Ruminiyaning hududiy yaxlitligini ta’minlashi belgilangan shartnoma qachon imzolangan ?
A) 1914 yil oktabr B) 1916 yil noyabr C) 1878 yil yanvar D) 1913 yil fevral
19.”Sulh to’g’risida”gi dekret qaysi davlatda qabul qilingan ? A) Germaniya B) Fransiya C) SSSR D) Italiya
20.Farg’ona vodiysiga jung’orlar bostirib kirgan yillarni aniqlang ?
A) 1748;1756 B) 1740;1745 C) 1740;1747 D) 1736;1740
21.Qaysi O’rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolada harbiy harakatlar chog’ida aholi uchun favqulodda soliq – to’la joriy qilingan ? A) Ming B) shayboniy( Buxoro) C) qo’ng’irot D) mang’it
22.Qaysi Fransiya qiroliga qarshi “Jamiyat baxt saodat ittifoqi” tuzilgan ?
A) Lyudovik XI B) Karl VII C) Karl VIII D) Lyudovik IX
23.Qaysi diniy ritsarlik ordeni Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tashkil etilgan ?
A) gostpitaliyerlar B) tevton C) tampliyerlar D) iezuitlar
24. Bu shaharga oid xato variantni aniqlang ?
A) XV asrda Usmonli turklar davlati tomonidan egallangan B) Iso payg’ambar qabri joylashgan shahar
C) Bu shaharni egallash davomida jome masjidida 10 ming musulmon o’ldirilgan
D) Navuxodonosor II tomonidan vayron qilingan
25.Marg’ilon shahrining 2000 yillik yubileyi qachon o’tkazilgan ? A) 2006 yil B) 2009 yil C) 2002 yil D) 2007 yil
26.Qaysi Xiva hukmdori nemis-mennonitlarning bir necha oilasiga o’lkada yashashiga ruxsat bergan ?
A) Muhammad Rahimxon II B) Asfandiyorxon C) Muhammad Rahimxon I D) Said Muhammadxon
27.Vodiy milliy me’morchiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari kirib kelgan davrni aniqlang ?
A) XX asr boshi B) XIX asr birinchi yarmi C) XIX asr ikkinchi yarmi D) XVIII asr oxiri
28.Usmon Yusupov qachon O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimidan
ozod qilingan ? A) 1956 yil B) 1953 yil C) 1950 yil D) 1954 yil
29.”Afg’oniston islom amirligi “ tuzilgan vaqtni aniqlang ? A) 1993 yil B) 1996 yil C) 1993 yil D) 2003 yil
30.Odamlar Nil daryosi havzasini o’zlashtira boshlagan davrda yuz bergan voqeani aniqlang ?
A) Bobil podsholigi Mesopatamiyadagi yirik davlatga aylandi B) Shumerlar mixxat yozuvini ixtiro qilishdi
C) Xett davlati tashkil topdi D) Elam davlati vujudga keldi