30 variant
1. Quyidagilardan Portugaliyaning (a), Fransiyaning (b) Hindistondagi mustamlaka hududlari to`g`ri ko`rsatilgan javoblarni aniqlang ?
A)a- Kalkutta, Panjim b- Mea, Gao B) a-Gao, Diu, b- Mea , Yanoar
C)a- Panjim Gao b- Diu, Mea D)a-Diu , Yanuar b-Gao, Panjim
2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qaysi davlatda Iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati hunarmadnchilik ishlab chiqarishi sohasiga salbiy ta`sir ko`rsatgan ? A) Turkiya B) Eron C) Afg`oniston D) Xiva
3.G`arbiy Yevropada qaysi sohalarning rivojlanishi natijasida hamma o`z kapitalini ko`paytirishga kirishgan ?
A) Savdo va hunarmandchilik B) hunarmandchilik va texnika C) Savdo va texnika D) Savdo va sanoat
4. O`z yurishlarini Pella shahridan boshlagan humdorga berilgan ta`riflardan to`g`risini toping ?
A) Safdoshlari va qo`shinlari unga nihoyatda sadoqatli bo`lgan B)Serg`yrat va nihoyatda zukko davlat arbobi bo`lgan
C) O`ta bilimdon va tarjibali zodagonlardan biri bo`lgan D) Mug`ombirlik , zolimlik xususiyatlari mujassamlashgan
5. Qaysi sulola davrida O`rta Osiyo aholisi mustaqil xalq bo`lib shakllangan ?
A) Qoraxoniylar B) Shayboniylar C) Somoniylar D) Temuriylar
6. 1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon imzolagan manifestda ta`kidlangan islohotlardan noto`g`risini aniqlang ?
1. Yangi usul maktablarining ochilishi 2.Mamlakatda temiryo`l, pochta , telegraf elektr stansiyalari barpo etilishi zarurligi
3. Davlat xazinasi nazorat ostiga olinishi 4.Barcha amaldorlarni tayinlanishi va maosh bilan ta`minlanishi 5.Butun aholini shariat oldida tengligi . A) 1.5 B) 2.4 C) 2.3 D)1,2,3,4,5
7. Odamlar va davlatlar o`rtasidagi baxllik nizolar, baxllik va boshqa ahloqiy qusurlar qoralangan asar yozilgan yilda vafot etgan tarixchi olim yashagan davlat haqidagi fikrlardan to`g`risini aniqlang ?
A) 1875-yilda sotsial-demokratik partiyasi tuzilgan B) 1889-yilda sotsial-demokratlar partiyasi tuzilgan
C)1898-yilda sotsial-demokratlar partiyasi tuzilgan D)1880-yilda ishchi partiyasi tuzilgan
8. O`rta Osiyo hududini bosib olish qachonga kelib Rossiyaning birinchi navbatdagi vazifasiga aylangan ?
A) XIX asr boshlari B) XIX asr o`rtalari C) XIX asr birinchi yarimi D) XIX asr oxirlari
9. Afg`onistonda qachonga kelib M.Najibullo hukumati og`ir ahvolda qoldi ?
A) 1991-yil boshlari B) 1991-yil o`rtalari C) 1991-yil oxiri D) 1989-yil
10. Quyidagi qaysi xalq jangchilarining bo`rtma haykallari tekis yuzaga ishlangan ?
A) Salavkiylar jangchilari B) Fors jangchilari C) Makedoniyalik Aleksandr jangchilari D ) O`rta Osiyo jangchilari
11. Qo`qon xonligida qaysi hukmdor davrida Rossiya bilan savdo aloqalari yo`lga qo`yilgan ?
A) Olimxon B) Umarxon C) Xudoyorxon D) Muhammad Ali (Madali)
12. ”Burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq” ligini ochib bergan asar muallifi tug`ilgan davlat ilk o`rta asrlarda qaysi qabila tomonidan hujum qilinib yondirilganlar A) Mo`g`ullar B) Franklar C) Normanlar D) Arablar
13. Rasmda ko`rsatilgan jang bo`lib o`tgan vaqtga tegishli ma`lumotni aniqlang ?
A) Solon islohoti B)Xitoyda “Kurashayotgan podshliklar”davri o`z nihoyasiga yetdi
C)Aleksandr Makedoskiy yashab o`tgan D) Rim Respublikaga aylangan
14. Vizantiya iqtisodiy barqarorligini qaysi omil ta`minlagan ?
A) Qulchilikni saqlab qolinishi
B)Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa singari yirik savdo va hunarmandchilik markazlarining tashkil topishi
C) Aholining kata qismini erkin dehqonlar tashkil qilishi , sun`iy sug`orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo`lishi
D) Davlat tarkibiga boy va iqtisodiy rivojlangan hududlar kirganligi.
15. Saljuqiylar tazyiqiga uchrab , unga qaram bo`lib qolgan davlatda hunarmandchilikning qaysi tarmoqlari rivoj topgan ? 1.kulolchilik, 2.duradugorlik, 3.shishasozlik 4.miskarlik 5.zargarlik 6.chilangarlik.
A)1.2.3.4 B)1.3.4.6 C) 1.3.4.5 D) 1.2.3.4.5.6
16. Quyidagilardan ayni bir vaqtda sodir bo`lgan voqealarni tog`ri ko`rsatilgan javoblarni aniqlang ?
1.Davlatlarninig iqtisodiy va siyosiy hayotida burjuaziya tobora kattaroq ro`l o`ynay boshladi. 2.O`rta qatlam vakillari orasida ayniqsa, huquqshunoslar toifasi ajralib turardi. 3.Yevropada malakali ishchilar sinfi shakllandi. 4.Yevropada “imperalizm” atamasi keng ishlatila boshlandi. 5.Imdustrial davlatlarda aholining qariyb yarmi shaharlarda to`plandi. 6. Germaniya iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha yevropada birinchi , dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o`rinni egallay boshladi. 7.Yevropada “O`rta qatlam ” shakllangan. A)1.2.3.4.5.6.7 B) 1.3.7 C) 4.5.6.7 D) 1.3.5.6.7
17. ”O`zbekistonda kadrlarni mahalliylashtirish jarayoni ommaviy ravishda amalga oshirila boshlandi, islom diniga erkinliklar berildi” ushbu islohotlar o`tkazgan O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekrotari , aynan shu lavozimiga vaqtda bo`lib o`tgan voqealarni aniqlang ?
A) Nuriddin Muhiddinov KPSS MK Prezidiumi a`zosiga aylandi
B) Toshkent kattta halqa avtomobil yo`li qurish ishlari boshlandi
C) Quloqlarning tirik qolgan qismi erkin fuqarolik olib o`z yurtiga qaytish jarayoni tugadi
D) Butunittifoq gaz ishlab chiqarishda O`zbekistonning ulushi 1 % ko`tarildi
18. Hozirgi kunda sanoatning qayta ishlash, neft, tog`-kon sohalari rivojlangan davlatninig hududiga kiruvchi shaharlardan biri qadimda qaysi davlatning poytaxti bo`lgan ? A) Parfiya B) Rim C) Kushon D) Salavkiylar
19. Hozirgi kunda xalqlarning psixologik inqirozlari qaysi davlatda kuzatilmoqda ?
A) Fransiya B) Italiya C) Yaponiya D) Germaniya
20. Amir Temur harbiy kuchining asosini ……… tashkil qilgan ?
A)Piyodalar qismi B) Otliq qism C) Qanbullar qismi D) Zaxira (rezerv) qismi
21. Dehli sultonligida (Hindiston) qaysi hukmdor islohotlar o`tkazib davlat xazinasini to`ldiradi? A)Shamsiddin Eltutmish B) Alouddin Hiljiy C) Muhammad Tug`luq D) Feruzshoh tug`luq
22. Abulxayrxon qachon poytaxtni Turadan Sug`noqqa ko`chiradi? A) 1428-yil B) 1431-yil C)1446-yil D)1445-yil
23. Mo`yi muborak madrasasi qachon qurilgan ?
A) XX asr ikkinchi yarimida B) XX asr oxirida C) XX asr birinchi yarimi D) XX asr boshi
24. Mamlakatimizda birinchi marta musiqali festival qachon o`tkazilgan va qancha mamlakat ijrochilari qatnashgan ? A) 1998-yil / 20 ga yaqin B) 1998-yil / 20 ta C) 1997-yil / 20 ga yaqin D) 1997-yil/ 20 dan ortiq
25. Folklend orollari qayerda joylashgan ?
A) Janubiy Atlantikada B) Tinch okeanida C) Shimoly Atlantikada D) G`arbiy Tinch okeanida
26. XIX asrda qaysi davlat kuchli milliy armiya, markaziy davlat apparatiga va yagona soliq tizimiga ega emas edi ?
A) Afg`oniston B) Eron C) Efiopiya D) Xitoy
27. Texnika sohasidagi eng buyuk kashfiyotni amalga oshirgan ixtirochi yashagan davlatning hozirgi konstitutsiyasi qachon qabul qilingan ? A) 1982-yil B)1991-yil C)1993-yil D)1994-yil
28. Yangi davrda LIverpul , London , Nyu York, Rio de Janeyro kabi shaharlarning yuksalishiga qanday omil sabab bo`lgan ?
A) Ichki va tashqi savdoning rivojlanishi B) Fan –texnika rivoji
C) savdo va hunarmandchilikning rivoji D) Qul savdosidan kelgan foyda
29. Qaysi ijodkor vatan mavzusini pafos va lirika bilan ochib bergan ? A) Rahmaninov B) Pushkin C) J. Svift D) Chexov
30. Qaysi adib o`z asarlarida Ijtimoiy tarqqiyotga, adolatga xizmat qiluvchi kuchlarni zo`ravonlikka qarshi qo`yish g`oyalarini ilgari surgan ? A) F.Nitsshe B) Jek London C) Bernard Shou D) Viktor Gyugo
Do'stlaringiz bilan baham: |