27 variant
1. Mil.avv. II ming yillik boshlarida Shumer-Akkad davlatining parchalanib ketishiga nima sabab bo‘lgan ?
A) Misr hukmdorlarining bosqini B) ko‘chmanchi qabilalar zarbasi
C) Ossuriya qo‘shinlarining zarbasi D) dengiz savdo yo‘llarining yopilishi
2. Quyidagilardan qaysilari GSDP faoliyati bilan bog‘liq ? (XX asr boshlarida)
1) ishchilar manfaatini parlament yo‘li bilan hal qilish; 2) ishchilar, dehqonlar va savdogarlar o‘rtasida ittifoqni vujudga keltirish; 3) ish kunini 9,5 soatga tushirilishiga erishdi; 4) hukumat tarkibining 1/3 qismini egalladi.
A) 1, 4 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 2, 3
3. Yunon-fors urushlaridagi Marafon tekisligidagi jangga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni belgilang.
1) fors podshosi Doro I ishtirok etgan 2) yunonlar qo‘shiniga Leonid sarkardalik qilgan; 3) mil.avv. 490-yilda boshlangan;
4) yunon lashkarlarini Miltiad boshqargan; 5) forslar ustunlikka ega bo‘lgan; 6) yunonlar forslarning 7 ta kemasini egallab olganlar; 7) bir sotqin forslarga tog‘lar orasidan Afinaga boradigan yo‘lni ko‘rsatib bergan; 8) Doro I O‘rta Yunonistonga yetib borib Afinani ishg‘ol qilgan A) 3, 5, 6, 7 B) 2, 3, 7, 8 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 3, 4, 6
4. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlarining uchinchi bosqichi davrida tashkil etilgan ma’muriy-hududiy
birlikni toping.
A) Zarafshon okrugi B) Orenburg general-gubernatorligi tarkibidagi Turkiston viloyati
C) Kaspiyorti viloyati D) Amudaryo bo‘limi
5. IX asrda arab xalifaligidan Eron, Xuroson, Movarounnahr va Misr mustaqillikka erishgach, abbosiylar qo‘lida qaysi hududlar qolgan ?
A) Kichik Osiyo va Arabiston yarimoroli B) Kichik Osiyo va Shimoliy Afrika
C) Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli D) Yaqin Sharq va Kichik Osiyo
6. Mo‘g‘ullar 1219-yil kuzida qaysi daryo bo‘yida joylashgan O‘tror shahriga hujum qilgan ?
A) Zarafshon B) Ili(Elsuvi) C) Sirdaryo D) Amudaryo
7. 1941-yilda Ximki shahridan keltirilgan zavod asosida barpo etilgan korxonani belgilang.
A) Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi B) Yangiyo‘l yog‘-moy kombinati
C) Bekobod metallurgiya kombinati D) Toshkent aviatsiya zavodi
8. Nechanchi yilda Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi ?
A) 2007-yilda B) 1993-yilda C) 2000-yilda D) 1998-yilda
9.Kimning boshqaruvi davrida SSSR Afg‘onistonga o‘z qo‘shinlarini kiritgan ?
A) M.Gorbachyov B) Yu.Andropov C) L.Brejnev D) I.Stalin
10. Podsho Rossiyasi qo‘shinlari tomonidan sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon bostirilgan yilda qoraqalpoqlarning qaysi volostida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlangan ?
A) Qo‘ng‘irot va Nukus volostida B) Mo‘ynoq va Nukus volostida
C) Chimboy va Biybozor volostida D) Biybozor va Nukus volostida
11. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan ?
A) ilk paleolit B) o‘rta paleolit C) so‘nggi paleolit D) mezolit
12. Rapallo shartnomasi imzolangan yilni toping. A) 1934-yil B) 1924-yil C) 1930-yil D) 1922-yil
13. 1547-1584-yillarda Rossiyada hukmronlik qilgan podshoni aniqlang.
A) Boris Godunov B) Fyodor Ivanovich C) Ivan IV D) Ivan III
14. Rasmda tasvirlangan yunonchada "barcha xudolar ibodatxonasi" degan ma’noni anglatuvchi, shiftlari gumbaz shaklida ustunlarsiz qurilgan ibodatxona quyidagi qaysi hududda bunyod etilgan ?
A) Misrda B) Bobilda C) Afinada D) Rimda
15. Amir Shohmurod bilan bir asrda yashagan shaxsni toping.
A) Muhammad Solih B) Hasanbek Rumlu C) Muhammadniyoz Nishotiy D) Muhammad Sharif Buxoriy
16. Fransiya tarixida yuz bergan quyidagi voqealar to‘g‘ri xronologik ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.
1) mamlakatning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi; 2) "Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi" qabul qilindi; 3) Napoleon Bonapart Fransiya Respublikasining konsuli unvoniga ega bo‘ldi; 4) Lyudovik XVI qatl etildi; 5) Jirondachilar hokimiyati ag‘darildi A) 2, 1, 4, 5, 3 B) 1, 4, 5, 2, 3 C) 2, 3, 5, 1, 4 D) 1, 3, 4, 5, 2
17. Quyidagilardan Ilk o‘rta asrlarda butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan (a) va maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash bo‘lgan (b) hukmdorlarni toping.
1) Otton I; 2) Otton III; 3) Yustinian I; 4) Buyuk Alfred A) a-2, b-4 B) a-2, b-3 C) a-1, b-4 D) a-1, b-3
18. Toshkent hokimligi qaysi Qo‘qon xoni davrida tashkil topgan ?
A) Erdonabiy B) Umarxon C) Olimxon D) Norbo‘tabiy
19. Temuriyzoda Shohrux vafotidan so‘ng Hirot (Xuroson) taxtiga o‘tirgan shaxslar taxtni egallagan yillariga qarab to‘g‘ri xronologik tartibda berilgan javobni belgilang.
1) Abu Said; 2) Alouddavla; 3) Abulqosim Bobur; 4) Husayn Boyqaro.
A) 2, 3, 1, 4 B) 2, 3, 4, 1 C) 3, 2, 1, 4 D) 3, 2, 4, 1
20. 1879-yilda Yaponiya qaysi davlatning noroziligiga qaramay Ryukyu orolini bosib olgan ?
A) Koreya B) Xitoy C) Buyuk Britaniya D) AQSH
21. Xiva xoni, tarixchi olim Abulg‘oziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" asarining IX bobi nechanchi yillardagi Xivaning ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlangan ?
A) 1603-1664-yillar B) 1505-1663-yillar C) 1512-1663-yillar D) 1612-1664-yillar
22. Jadvalda harflar bilan belgilangan kataklarga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping
Asr
|
O’zbekiston tarixidagi voqea
|
Jahon tarixidagi voqea
|
XIII
|
Chingizxon Xorazmga qarshi yurish boshladi
|
A
|
B
|
C
|
Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi
|
X
|
Qarluqlar Shosh atrofi,Farg’ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o’rnashdi
|
D
|
Ma’lumotlar: 1) XVIII asr; 2) XIX asr; 3) Kiyev Rusi knyazi Yaroslav bijanaklar ustidan uzil-kesil g‘alabaga erishdi; 4) Aleksandr Nevskiy boshchiligidagi rus qo‘shinlari Chud ko‘lida bo‘lib o‘tgan jangda nemis ritsarlari ustidan g‘alaba qozondi;
5) Eron shohi Nodirshoh Xivani bosib oldi; 6) Rossiya imperiyasi Xivani bosib olish maqsadida V.Perovskiy ekspeditsiyasini yubordi; 7) Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzdi; 8) Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. A) a-3, b-2, c-6, d-7 B) a-4, b-1, c-5, d-7 C) a-4, b-1, c-5, d-8 D) a-3, b-2, c-6, d-8
23. Qachon sovet-fin urushi bo‘lib o‘tdi ?
A) 1939-yil 30-noyabr – 1940-yil 12-martda B) 1939-yil 14-dekabr – 1940-yil 18-fevral
C) 1939-yil 14-noyabr – 1940-yil 18-martda D) 1939-yil 30-dekabr – 1940-yil 12-fevral
24. Zuluslar hukmdori Ketchvayo ... uch to'qnashuv davomida inglizlarning 20 ming kishilik qo'shinini yakson qildi.
A) 1879-yilda C) 1881-yilda B) 1880-yilda D) 1882-yilda
25. Suratda berilgan tarixiy shaxs haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni toping.
A) U qo’mondonlik qilgan qo’shin Argentinani ozod qildi
B) Yuqori Peru vatanparvarlari qo`shini general Sukre boshchiligida ispan qo’shinini tor-mor etdi.
C) Yangi Grenadaning Ispaniyadan ozod bo’lishiga yordam bergan
D) Meksika xalqi ozodlik kurashining qahramoni
26. Qadimgi tosh davrlarini davriy chegarasi bilan moslashtiring?
1). Mezolit; 2) neolit; 3) Ilk paleolit; 4) O’rta paleolit; 5) so’nggi paleolit; 6) eneolit; 7) bronza;
a). Mil.avv. 6-4-ming yilliklar; b) Mil.avv. 3-ming yillik o’rtalari 2-ming yilliklar; c) Mil.avv. 40-12-ming yilliklar; d) Mil.avv. 100-40-ming yilliklar; e) Mil.avv. 1 mln 100-ming yilliklar; f) Mil.avv. 4-ming yillik 3-ming yillik o’rtalari; h) Mil.avv. 12-7-ming yilliklar;
A) 1-h, 2-a, 3-e, 4-d, 5-c, 6-b, 7-f; B) 1-a, 2-f, 3-e, 4-c, 5-h, 6-d, 7-c;
C) 1-h, 2-a, 3-e, 4-d, 5-c, 6-f, 7-b; D) 1-h, 2-f, 3-e, 4-d, 5-c, 6-a, 7-b;
27. Quyidagi farmonlarning qabul qilingan yillari bilan moslashtirilgan javobni belgilang ?
1) 1999-yil; 2) 2017-yil ; 3) 2004-yil a) Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida b) Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida c) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida
A) 1-a; 2-c; 3-b B) 1-b; 2-c;3-a C) 1-a; 2-b; 3-c D)1-c; 2-b; 3-a
28. Koreyada qirol Yonchjon o`tkazgan islohotlar to`g`ri berilgan javobni aniqlang
1.to`g`onlar, suv omnorlari qurildi 2.ocharchilik hlati uchun maxsus don omborlari qurildi 3.guruchdan spirtli ichimliklar tayyorlash man qilindi 4.ba`zi davlat soliqlari bekor qilindi 5.so`roq qilish paytida qiynoqning eng og`ir turlari ta`qiqlandi
A) 1,2,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3,4,5
29. 1868-yilgi Rossiya va Buxoro o’rtasidagi shartnoma bandlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) Buxoroni siyosiy mustaqillikdan mahrum etdi B) Buxoro Rossiya protektoratiga aylanib qoldi
C) Buxoro amiri o’z fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini saqlab qola olmadi
D) Buxoro amirining siyosiy faoliyatini bevosita nazorat qilish uchun “Rossiya imberiyasining siyosiy agentligi” tashkil qilindi
30. 1927 yil O’zbekiston Respublikasidagi tuman ijroiya va okrug ijroiya qo’mita a’zolarining qancha foizini ayollar tashkil etgan ? A) Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 20 %, okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 17 % ayollar bo’lgan;
B) Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 30 %, okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 20 % ayollar bo’lgan;
C) Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 25 %, okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 40 % ayollar bo’lgan;
D) Tuman ijroiya qo’mita a’zolarining 22 %, okrug ijroiya qo’mita a’zolarining 20 % ayollar bo’lgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |