qanday tebranish yordamida bajarilishi ko'rsatiladi, siltanish
harakatlarini belgilash uchun quyidagi atamalar ishlatiladi.
0 ‘tkazish — oyoqni vositalar ustidan harakatlantirish.
Aylanish — oyoqni yaxlit harakatlantirish, aylanishning quyidagi
turlari bo'ladi: o'ng oyoqda aylanish, o'ng oyoqdan chapga aylanish,
chapdan orqaga aylanish, o'ngdan orqaga aylanish, burilib
aylanish va boshqalar. Oyoqlarni bukmay jipslashtirib bajariladigan
aylanish, ko'ndahng aylanish, kerishib aylanish va shu kabilar.
Chalishtirish — oyoqlarni bir-birining o'rniga qarama-qarshi
o'tkazish. Bunday oddiy o'tkazishni qisqa qilib chalishtirish deyiladi.
Chalishtirishning turlari esa kerakli aniqlik kiritib ataladi. Masalan,
oyoqlarni bukib chalishtirish, teskari chalishtirish, burilib chalishtirish
va boshqalar.
Kirish — jihoz yonida dastlabki holatda turgan gimnastning
tayanch qo'li atrofida aylana yasab burilib, dastaklarga tayanib
qolishini ko'rsatuvchi atama. Bu mashq bir oyoqda aylana yasab
bajarilishi ham mumkin.
0 ‘tish — ijrochining jihozlarda qo'llarni ko'chirib tutib, o'ng
yoki chap tomonga siljishi.
Chiqish — kirishga teskari harakat qilib boshqa qismga o'tish.
Uchib o'tish — gimnast qo‘llarini qo'yib yuborib, jihozning
ikkinchi tomoniga, shuningdek, bir jihozdan ikkinchisiga yoki
qo'shpoyaning bir yog'ochidan ikkinchisiga ko'chishi.
Sakrab tushish — gimnastika jihozlarida osilib yoki tayanib
turgan holatdan yerga sakrab tushish. Sakrab tushishning oldinga
tebranib, orqaga tebranib, oldinga yoki orqaga siltanib burilib,
yoysimon, avlanib, to'ntarilib, qo'llarning orasidan salto kabi
turlari mavjud.
Sakrash — oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib.
ma’lum masofadan yoki to'siqdan o'tish.
Tayanib sakrash — qo'llarda qo'shimcha tayanib bajariladi.
Tayanib sakrashning oyoqlarni bukib sakrash, oyoqlarni kerib
sakrash, yonlania sakrash, burchakli sakrash, to'ntarilib sakrash
kabi turlari bor.
Silkinish — depsingandan kevin oyoqlarni orqaga dastlabki
siltash.
Akrobatik mashqlar atamalari
Dutnalash — tayanchga birin-ketin qo'l tekkizib gavdani
aylantirish. Dumalashning quyidagi turlari bor: oldinga dumalash,
yonga dumalash, aylanma dumalash, orqaga bukilib dumalash.
G'ujanak bo'lish — gavdaning buklangan holati (tizzalar
yelkalarga tortilgan, iliklarni tutgan qo'llarning tirsaklari biqinlarga
yopishgan). G'ujanak bo'lishning yotib, o'tirib va cho'qqayib
bajarish kabi turlari bor.
Umbaloq oshish — gavdani avval tayanib, ketma-ket bosh
orqali to'ntariladigan aylanma harakati. Umbaloq oshishning
oldinga, qo'llarga va chap oyoqni siltab, qo'llarni yonga tutgan
hoidagi turlari mavjud. 1—2 va bir necha qadam yugurib, umbaloq
oshish (yon tomonga).
JihozJarda b a ja rila d ig a n m a sh q la rn i yo zish . J ihoz la rda
bajariladigan mashqlarni yozganda jihozning nomini yozishdan
tashqari quyiclagilarni ham ko'rsatish shart:
1. Dastlabki holat (osilishdan, tayanishdan, sakrab, yugurib
kelish) yoki birinchi elementdan oldin bajariladigan harakat
Do'stlaringiz bilan baham: |