bajarganda;
• uzunasiga,ko‘ndalangiga — muayyan gimnastika jihoziga
ko'proq xos bo‘lgan tabiiy holatlarda;
• ustidan tutish — eng ko'p tarqalgan bo'lgani uchun,
ichkariga sakrab tushish (yoki jihoz ichkarisidagi holat);
• sakrab tushish yoki sakrash — gimnastika jihozining
nomidan shunday qilinishi nia’luni bo'lsa;
• egilib — bunday holat ijro texnikasidan ma ’lum boisa.
Masalan, qo'shpoyalarda: oldinga siltanib ko'tarilish-orqaga siltanib
sakrab tushish;
• kaftlar ichkariga qaragan — qo'llar pastga tushirilgan,
oldinga uzatilgan, opqaga uzatilgan, yuqori ko‘tarilgan holatda;
• kaftlar pastga qaragan — qo'llar ikki yonga yoki chapga
(o‘ngga) uzatilgan holatda;
• oldinga yoysimon — qo'llar oldinga harakatlantirib ko‘tarilsa
yoki tushirilsa.
Dastlabki holat (d.h.) faqat mashqning boshida ko'rsatiladi.
Oyoq, qo'llar va gavdaning harakat yo'li, harakat eng qisqa
yoki odatdagi usulda bajarilmagandagina ko'rsatiladi.
4. Umumrivojlantiruvchi va erkin mashqlarga oid atamalar
Dastlabki holatlar — mashqlar ijrosi boshlanishidagi turish va
boshqa holatlar.
Turishlar: asosiy turish (AT)lar saf turishiga mos keladi.
Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni
keng kerib turish, oyoqlarni ozroq kerib turish, chalishtirib turish
(bunda oyoq kaftlari juftlanadi) va oyoqlar keng, erkin turadi.
Oyoqlar uchida turish atamasi o'sha holatga izohdir. Tizzada
turish (shuningdek, o'tirish, yotish va boshqa holatlardan)so'ziga
oyoqlarni to'g'rilab turishga o'tish ≪tik turish≫ atamasi bilan beriiadi.
0 ‘tirishIar: yerda yoki gimnastika jihozlarida o'tirish holatlari.
O'tirishning quyidagi turlari bor: o'tirish, oyoqlarni kerib o'tirish,
burchaksimon o'tirish, oyoqlarni kerib bukib o'tirish, bukilib
o'tirish, oyoqlarni quchoqlab o'tirish, tovonlarda yoki o'ng tovonda
o'tirish, sonda o'tirish va shu kabilar.
Cho'qqayish: shug'ullanuvchining oyoqlari bukilgan holat,
yarimcho'qqayish, do'ngsimon cho'qqayish, do'ngsimon yarim-
cho'qqayish, ortga engashib yarimcho'qqayish, engashib yarimcho'qqayish
va boshqalar, bu suzuvchi starti deb ham yuritiladi.
Hamla: tayanch oyoqni biron tomonga tashlab bukish harakati
yoki shundan keyingi holat, engashib hamla, o'ngga tashlanib
engashish, qattiq hamla, oyoq yo'nalishiga qarab qilsa, shunga teskari
hamla (masalan, chap ovoqdan o'ngga hamla).
Tayanishlar: yelkalar tayanch nuqtasidan yuqori bo'lgan
holatlar. Tayanishning quyidagi turlari bor: cho'qqayib rayanish,
o'ng tizzaga tayanish, o'ng tizza bilan chap qo'lga tayanish va chap
tizza bilan o'ng qo'lga tayanish, tik bukilib tayanish, bilaklarga
tayanib yotish, orqadan tayanib yotish va boshqalar.
Qo‘I va oyoq harakatlari: harakatlar, baravar navbatma-navbat,
ketma-ket, shuningdek. o'ng qo'lni o'ng tomonga, chap qo'lni
chap tomonga yo'naltirish, uning teskarisi, parallel, simmetrik va
nosimmetrik bo'lishi mumkin. Ular asosiy va oraliq tekislikdagi
qo'llarni bukmay va bukib bajariladi, qo'llar bukilganda atamaga
bukish so'zi qo'shiladi. Masalan, qo'llarni bukib orqaga uzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |