bajarilsa ham) ularning bajarilish navbatiga qarab yoziladi. Masalan,
d.h. — oyoqlarni kerib tik turish, qo‘llarni yonga cho'zish.
0 ‘ng qo'lni yoy shaklida pastga yo'naltirib, chap tomonga burilish,
o‘ng oyoq orqada, oyoq uchida, qo'llar oldinga, o‘ng tizzaga tayanib
turib, qo'llarni yuqoriga ko‘tarish, boshni orqaga engashtirish.
Agar harakat boshqa harakatlar bilan qo'shilib kelsa (mashqning
boshidan oxirigacha emas), uni birgalikda bajarilgan harakat
bilan birlashtirib yozish kerak. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik
turish, qo'llar belda, oldinga engashib qo'llarni yonga uzatib chapga
burilish (burilish engashishning oxirida bajariladi).
Engashish va burilish bir vaqtda bajarilsa, ≪bilan≫ bog'lovchisini
qo'llash lozim. Agar harakat odatdagi usulda bajarilmasa. uni
yozavotganda tasvirlab berish zarur. Masalan, qo'llarni oldinga yengil
uzatish, panjalar bo'shashtirilgan.
Erkin mashqlarni yozish. Erkin mashqlar muayvan izchillikda
vozib boriladi.
1. Mashq nomi (kimlar uchun mo'ljallangani).
2. Musiqa jo'rligida. Masalan, Lepin musiqasi, yozishdan oldingi
raqamlar hisobni bildiradi. Uning ≪Hamma narsani bajara olaman≫
degan ashulasi 2/4 o'lchovda.
3. Dastlabki holat.
4. Mashqlarning mazmuni musiqa asarining tuzilishiga binoan,
nimchorak shaklida yoziladi. Majburiy mashqlarni yozganda
(musobaqa uchun) yozuvdan o'ng tomonga belgi va birikmalarning
nisbiy murakkabligi ko'rsatiladi (ballar yoki tabaqa guruhi) sanoqlar
oralig'ida bajariladigan harakat belgilanib, u hisoblar o ‘rtasiga
yoki birinchi hisobdan oldin qo'yiladi. Masalan, d.h. qo'llarni bosh
orqasida tutib tik turish hisobdan oldin qo'yiladi. Masalan, d.h. qo’llarni bosh orqasida tutib tik turish.
Gimnastika vositasi (tayoqcha) bilan bajariladigan mashqlardagi
asosiy holatlar: tayoqcha pastda. tayoqcha ko'krakda, tayoqcha
oldinda-yuqorida, tayoqcha boshda, bosh ortida, ko'kraklarda va
boshq.
Tayoqcha bilan bajariladigan mashqlardagi nosimnetrik holatlarni
mana bundav yozish qabul qilingan: tayoqcha yclka oldida, tayoqcha
boshning ortida o‘ng va boshqalar. tayoqcha bilan qo'l to'g'ri chiziq
hosil qilib turmasa. unda holatlar: o'ng qo'l von tomonga, tayoqcha
yuqoriga qaratiladi, deb yoziladi. Tayoqcha tutishning boshqa usullari
qo'shimcha ravishda ko'rsatiladi. Masalan, tayoqcha o'ng uchi ko'tarilib
yelka oldida yoki tayoqchani o'ng uchi ko‘tarilib ko'krakda tutish.
Arg'amchi bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy atamalar
Hakkalash — turgan joyida yoki harakatda salgina sakrab qo'yish;
qo'shhakkalash — ikki marta prujinasimon hakkalash, birinchisi
asosiy, ikkinchisi qo'shimcha.
Sirtmoqli hakkalash — o'ng oyoqdan chap oyoqqa hakkalash.
ikki aylantirib hakkalash, oyoq almashlab hakkalash. arg'amchini
sherigiga berib hakkalash va bosh.
Tutish — jihozni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari
bor: ustidan tutish, ostidan tutish, turlicha tutish, teskari tutish,
chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur
tutish,tutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoan tushirib qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |