Vaqt : Talabalar soni: Ma’ruza rejasi


Atrof muhit ob’ektlarini sanitariya-bakteriologiya jihatdan baholash



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana30.03.2022
Hajmi0,75 Mb.
#518847
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
13- мавзу

Atrof muhit ob’ektlarini sanitariya-bakteriologiya jihatdan baholash 
 
Atorof -
 
muhitdagi turli ob’ektlar: suv, tuproq, havo va oziq-ovqat mahsulotlarining 
sanitariya-gigiena holatini baholash uchun sanitariya-bakteriologik tekshiruvlar o’tkaziladi. 
Tekshiruv o’tkazishdan maqsad ko’rsatilgan ob’ektlarning epidemiologiya jihatidan havfsiz 
ekanligini aniqlash. Ulardan patogen mikroorganizmlarni ajratib olish, epidemiologik nuqtai 
nazardan havfli ekanligini
 
ko’rsatadi. Bu mikroorganizmlar ob’ektlarda kam miqdorda bo’lib, ular 
havo, suv va tuproqda ko’paymaydi, ularni to’g’ridan-to’g’ri ajratib olish ham juda qiyin. SHu 
boisdan, sanitariya-mikrobiologiya amaliyotida tashqiy muhitning patogen mikroblar bilan 
ifloslanish ehtimolini bilvosita ko’rsatkichlar- sanitariya-ko’rsatkich mikroorganizimlarini topilishi 
asosida aniqlanadi. 
Ob’ektning mikroblar bilan zararlanganligini umumiy mikroblar soni, (UMS) bo’yicha 
aniqlash mumkin. Ya’ni, tekshirilayotgan ob’ektlarning ma’lum hajmi yoki massasidagi (1 
ml 
suvda, 


tuproqda, 1 m
3
havoda) mikroorganizmning umumiy soni aniqlanadi.Tuproq va suvdagi 


mezofil aerob va fakulьtativ bakteriyalarning umumiy miqdori bo’lib, agarli muhitda 37º S va 24 
soatda 2 marotiba katalashtirilganda ko’zga ko’rinovchi koloniyalar hosil qilishi Sanitariya 
ko’rsatkichli bakteriyalarning borligi ikkita ko’rsatkich — (t i t r va i n d ye k s) orqali baholanadi. 
Bitta sanitar ko’rsatkich bakteriyasi topilgan suv va tuproqning eng kam miqdoriga titr va 1 l 
suyuqlikda;. 1 g tuproqda yoki zich moddada, 1 m
3
havoda topilgan sanitariya-ko’rsatkichli 
bakteriyalar soniga — 
indeks 
deyiladi. 
Sanitariya-ko’rsatkichli bakteriyalarga odam va hayvon organizmidagi doimiy mikrofloraning 
vakillari kiradn. Ular ichak yoki nafas yo’llarida yashaydi. Ular quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) mikroorganizimlar doimiy ravishda odam va xayvonlar organizimida yashashi va tashqiy 
muhitga , ko’p miqdorda najas yoki nafas yo’llaridan shilimshiq tomchilar bilan ajralishi; 
2) mikroblar tashqi muhitda ko’payya olmasligi (oziq ovqatlardan tashqari) yoki uning 
ko’payishi juda qisqa bo’lishi; 
3) atrof-muhitda, ichak yoki nafas yo’lida parazitlik qiluvchi patogen bakteriyalar qancha 
vaqt yashasa, ular ham shuncha vaqt mobaynida yoki ulardan ko’proq yashash qobiliyatiga ega 
bo’lishi; 
4) tashqi muhitga ularning chidamligi o’zlari singari yashash muhitlariga ega bo’lgan patogen 
bakteriyalarga o’xshash bo’lishi yoki ulardan ustun turishi va o’z xususiyatini o’zgartirmasligi; 
5) tashqi muhitda ularga yashash xususiyatlari yaqin bo’lgan, o’xshash bakteriyalarning 
bo’lmasligi; 
6) ularni aniqlash, ajratib olish va identifikatsiya usullari oson va ekonamik jihatdan qulay 
bo’lishi;
Keltirilgan xususiyatlar bir qator bakteriyalarga xos bo’lib, atrof-muhitdagi turli ob’ektlar
uchun sanitariya- 
ko’rsatkichi deb qabul qilingan (-jadval). 
Jadval 16. 
Tashqi muhitning xilma-xil ob’ektlarida aniqlanadigan sanitariya – ko’rsatkich mikroblari 
Tekshirilayotgan ob’ekt 
Ifloslanish xarakteri 
Sanitar ko’rsatkich bakteriyalar 
Suv 
Najas bilan 
Ichak tayoqchasi guruhidagi 
bakteriyalar 

E. 
coli, 
Citrobacter 
freundii, 
Enterobacter aerogenes) Str. 
fecalis.
Tuproq 
Najas bilan 
Ichak tayoqchasi guruhidagi 
bakteriyalar 

E. 
coli, 
Citrobacter 
freundii, 
Enterobacter aerogenes) Str. 
fecalis, Clostridium perfringens 
CHiriydigon tashlandiqlar 
Termofil bakteriyalar, Proteus 
vulgaris 
Oziq-ovqat maxsulotlari 
Najas bilan 
Ichak tayoqchasi guruhidagi 
bakteriyalar, 
Str. 
fecalis, 
Proteus vulgaris 
Og’iz ajralmalaridan 
Stap’. aureus, St. pyogenis 
Kundalik 
foydalaniladigan 
predmentlar 
va 
ro’zg’or 
buyumlari 
Najas bilan 
Ichak tayoqchasi guruhidagi 
bakteriyalar, 
Str. 
fecalis, 
Proteus vulgaris 
Og’iz ajralmalaridan 
Stap’. aureus, St. pyogenis 
Havo 
Og’iz ajralmalaridan 
Stap’. aureus, St. pyogenis 
Ichak tayokchasi guruhidagi sanitariya-ko’rsatkichli bakteriyalar (ITGB) Enterobacteriaceae 
oilasining turli avlodlariga mansubdir. Tashqi muhitning xilma-xil ob’ektlariga sanitariya-


bakteriologik baho berishda unga qo’yilgan maqsad va vazifalarga asoslanib ITGB aniqlanadigan 
sanitariya – ko’rsatkich mikroblari nisbatan 3 ta gruxga bo’linadi. 
A. Bu guruhga kiruvchi ITGB quyidagi talabga javob berishi; ular umumiy mezofil aerob va 
fakulьtativ anerob bakteriyalar bo’lib, oziqli muhitlarda laktoza va glyukozani yoki faqat 
glyukozani 37º S kislota va gaz hosil qilib parchalashi va okisidaza aktivligiga ega bo’lmasligi 
kerak. Bu ITGB ga E. coli, Citrobacter, Enterobacter lar kiradi va bularni koliform bakteriyalar 
(KB) deb yuritiladi. SKB ga bunday talab tabiatan “toza” bo’lgan ( suv) yoki termik ishlov 
berilgandan kiyin toza bo’lgan ob’bektlarga qo’yiladi. Bunday mahsulotlarda xech qanday ITGA 
bo’lmasligi shart. Bunday maxsulotlarga ichimlik suvlari (artezan, xlorlangan vodoprovod suvlari
distillangan suv), termik ishlov berilgan oziq-ovqat mahsulotlari ( kolbasa, kotletlar, baliq va bosh.), 
sut va sut maxsulotlari va dezinfektsiya sifatini tekshirish uchun olingan(smыvы) yuvindilarda. 
Hamma tekshirish, ekish usullari bilan 37º S olib boriladi. 
B. Bu guruhga kiruvchi ITGB bakteriyalarni aniqlanishi tashqi muhitni vaqti ma’lum 
bo’lmagan davirda najas bilan ifloslanganligini bildiradi. Bular ham laktoza va glyukozani yoki 
faqat laktozani 43-44, 5º S kislota va gaz hosil qilib parchalashi va okisidaza aktivligiga ega 
bo’lmasligi, ya’ni bu bakteriyalar yuqori temperaturada ham glyukozani kislota va gazgacha 
parchalash xususiyatini yo’qotmasligiga asoslangan, termotolerant koleform bakteriyalar (TKB). Bu 
ITGB ga E. coli, Citrobacter, Enterobacter lar kiradi.Bunday talab ITGB tashqi muhit ob’ektlarini 
ifloslanish ehtimlidan saqlab bo’lmaslik holatlarida qo’yiladi. Bunday ob’ektlarga kiradi; suv (ochiq 
havzalardagi, chiqindi suvlar) tuproq va termik ishlov berilgandan kiyin ham ifloslanish ehtimoli 
yuqori bo’lgan oziq-ovqatlar. Hamma tekshirish, ekish usullari 43-44,5º S olib boriladi. 
V. Bu guruhga kiruvchi ITGB ni aniqlanishi ob’ektlarni yangi (yaqinda) najas bilan 
ifloslanganligini bildiradi. Bu gurux ITGB ning, oldingi guruxlardan farqi E. coli laktozani 43-44,5º 
S da kisota va gaz xosil qilib parchalaydi. SHunday qilib SKB xisoblanadi: 
1. ITGB laktoza va glyukozani kislota va gaz xosil qilib 37º S da parchalasa. 
2. Koliform bakteriyalari (ITGB) xisoblanadi, qachonki ular laktoza va glyukozani kislota va 
gaz xosil qilib 37º S da 24 soatda parchalasa. 
3. Najas termotolerant koliform bakteriyalari (ITGB) xisoblanadi, faqat laktozani kislota va 
gaz xosil qilib 43-44,5º S da parchalasa. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish