Havo mikroflorasi
Cuv va tuproqdan farqliroq, havoda mikroblar faqat hayot qobiliyatini vaqtincha saqlab turadi,
so’ngra nam yetishmasligi, quyosh nurlarining ta’siri, harorat o’zgarishi, oziq moddalar yo’qligi
kabi noqulay faktorlar ta’sirida o’lib ketadi. Mikroblarni havoda saqlanib turishini ma’lum darajada
muollaq turovchi suv, chang zarralari taminlab turadi. Uy, turar joy xonalari havo mikroflorasi
tarkibi va miqdori jihatdan atmosfera florasidan tubdan farq qiladi. Bakteriyalar va ularning patogen
formalari uy, turar joy xonalarida uchrashi birmuncha atmosfera havo mikroflorasidan ko’p
uchraydi, chunki bu muhitlarga kasal odam va hayvonlar, bakteriya tashib yuruvchilardan tushishi
mumkin.
Havo mikroflorasi ham shartli doimo (rezident) topiluvchi (Micrococcus roseus, M. flavus,
M. candicanis, Sarcina . flava, S. alba, Bacillus subtilis, Actinomyces va Penicllium, Aspergillus,
Mucor zamburug’lar va sporadik doimo topilmaydigon (suv va chang zarralari bilan tushovchi )
mikroorganizimlarga bo’linadi.
Patogen mikroorganizimlar og’iz bo’shlig’i yoki nafas yo’llari kasallanganda atrofdagi havoga
patogen mikroorganizimlar: stafilokokk, streptokokk, bo’g’ma, ko’k yo’tal, sil qo’zg’atuvchilari,
viruslardan gripp, qizomiq qo’zg’atuvchilari tarqaladi. Bu mikroorganizimlar havoda aerozol
tarkibida uchraydi. Aerozol- bu kolloid sistema bo’lib, asosiy tarkibi havo, suyuqlik yoki qattiq
moddalar, zarralaridan iborat bo’ladi. Ayrozol o’lchami 10 dan 2000 nm teng bo’lishi mumkin.
Odam aksirganda 40 000 dan ortiq aerozollar hosil bo’ladi. Aerozollar o’lchami,elektirik zaryadi,
havodagi harakat tezligi bo’yicha tomchi, changli va tomchi yadroli fazalarga bo’linadi. Biz uchun
eng muhimi tomchi yadroli aerozol bo’lib uning o’lchami 100 nm atrofida bo’ladi, aerozolni bu
fazasi uzoq vaqt havoda saqlanishi tarkibida ma’lum miqdorda namlik bo’lganligi uchun chidamli
aerodispers sistemani havoda shakillantiradi. Ulardagi namlik bakteriyalarni havoda uzoq vaqt
saqlanishini taminlaydi. Masalan, yadroli aerozolda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi 1 sutkagacha,
gemolitik streptokokk 2 kungacha, sil qo’zg’atuvchisi 18 kungacha hayot faoliyatini saqlab qolishi
mumkin. Bu esa odatda yopiq binolarda yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini havo-tomchi yo’li
bilan tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki hona havosida patogen bakteriyalar miqdori
ko’p bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |