5.5-misol. Kapitalni optimal joylashtirish bo‘yicha misolni ko‘rib chiqamiz. Biz 10000 $ ni AQSH yoki Yaponiyaga joylashtirish imkoniyatiga egamiz. Yapon loyihasi 5 yil davomida yiliga 500,0 ming ien daromad keltiradi, besh yilga mo‘ljallangan, Amerika loyihasidan tushgan mablag‘ esa yiliga 5200 AQSH dollarini tashkil etadi. AQSH dollaridagi loyihani daromadlilik stavkasi yillik 6%, iendagi loyihani daromadlilik stavkasi yillik 4%, joriy ayirboshlash kursi 1 $= 100 ¥ ni tashkil etsin.
AQSH dollaridagi 6% lik foiz stavkasi yordamida Amerika loyihasining sof keltirilgan qiymatini topamiz, buning uchun esa avval keltirilgan qiymatni topish lozim:
formuldan quyidagini hisoblaymiz:
Sof keltirilgan qiymati quyidagiga teng:
= S(PV) – = 21904 – 10000 = 11904 $
Keyin esa ien uchun 4%lik stavka yordamida yapon loyihasining sof keltirilgan qiymatini hisoblaymiz:
Endi yapon loyihasining keltirilgan qiymatini iendan $ ga o‘tkazib, bunda 1 $ uchun 100 ga teng joriy kursdan foydalanamiz va 22259 $ ni hosil qilamiz. Undan 10000 $ miqdorida boshlang‘ich xarajatlarni chiqarib tashlagan holda sof keltirilgan qiymatni topamiz: .
Shunday qilib, yapon loyihasining sof keltirilgan qiymati bugungi kunda yuqori va o‘z tanlovimizni uning foydasiga hal etishimiz kerak.
Shuni esda tutingki, agar biz Yapon loyihasini $ foiz stavka (6%) dan foydalangan holda xato hisoblaganimizda, u holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng bo‘lardi:
Oqibatda, esa rentabelligi kamroq bo‘lgan amerika loyihasini tanlardik.
4. Valyuta risklarini kamaytirish
Valyuta risklari, odatda, banklarda turli metodlar bilan boshqariladi. Bank tuzilmasida valyuta risklarini boshqarishning birinchi qadami valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlarni belgilashdan iborat. Misol uchun, quyidagi cheklovlar juda keng tarqalgan:
xorijiy davlatlar uchun cheklovlar (kun mobaynida har bir mamlakatdan mijozlar va kontragentlar bilan operatsiyalar uchun maksimal mumkin bo‘lgan summa o‘rnatiladi);
ishtirokchilar va mijozlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha cheklovlar (har bir kontragent, mijoz yoki mijozlar turlari bo‘yicha operatsiyalar uchun maksimal mumkin bo‘lgan summa o‘rnatiladi);
instrumentariy cheklovi (mumkin bo‘lgan valyutalar va savdo instrumentlari ro‘yxatini belgilagan holda qo‘llaniladigan instrumentlar va valyutalar bo‘yicha cheklov o‘rnatish);
har bir kun va har bir diler uchun cheklovlar (odatda, keyingi ish kuniga ko‘chirish mumkin bo‘lgan, har bir muayyan diler va har bir instrument uchun sotiladigan chet el valyutalari uchun maksimal mumkin bo‘lgan ochiq mavqeining hajmi);
yo‘qotish limiti (zararlarning maksimal miqdori belgilab qo‘yiladi, shundan so‘ng barcha ochiq mavqelar zarar bilan qoplanishi kerak). Ba’zi banklarda bu chegara har bir ish kuni uchun yoki alohida davr uchun belgilanadi (odatda bir oy); boshqa banklarda - muayyan turdagi vositalar uchun, ayrim hollarda - yakka tartibdagi dilerlar uchun.
Jahon amaliyotida cheklovlarga qo‘shimcha ravishda valyuta risklarini kamaytirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
“metching” metodi deb ataluvchi aktivlar va passivlar bo‘yicha valyutalar oldi-sotdisida o‘zaro hisoblashish, bunda valyuta tushumlarini uning chiqib ketish miqdoridan chegirib tashlash yordamida bank ularning hajmi va mos ravishda o‘z riskiga ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi;
yiriklashtirish yordamida valyuta bitimlari sonini maksimal darajada qisqartirishdan iborat bo‘lgan “netting” metodidan foydalanish. Buning uchun banklar xorijiy valyutani sotib olish va sotish uchun ariza qabul qilishni muvofiqlashtiruvchi bo‘linmalar tashkil qiladi;
valyuta kurslari harakati va eng so‘nggi ma’lumotlarni aks ettiruvchi ixtisoslashgan firmalarning axborot mahsulotlaridan qo‘shimcha ma’lumotlar olish.
Valyuta riskini qoplashning eng keng tarqalgan usuli kelgusida yetkazib berish bilan valyuta sotib olish yoki sotishdir. Forvard xaridi xorijiy valyutani bitim tuzish vaqtida kelishilgan, kelgusida ma’lum bir muddat uchun yoki muayyan kelgusi davr mobaynidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasiga asoslanadi. Forvard sotish ham xuddi shunday amalga oshiriladi. Bu metod, masalan kelgusi to‘lovlar va tushumlar summasi milliy valyutada qancha bo‘lishiga oid noaniqlikni butunlay istisno etadi.
Pul bozorida forvard operatsiyalarni o‘z ichiga olgan bitim turlaridan biri svop hisoblanadi. Svop bir valyutani spot kurs sharoitida bir vaqtning o‘zida xuddi o‘sha valyutani forvard sotish yoki (spot kurs sharoitida forvard xaridi bilan) xarid qilishni o‘z ichiga oladi. Agar forvard bitimi svopning bir qismi hisoblanmasa, u autrayt-sodda forvard bitim sanaladi. Autrayt forvard bitimi hejerlash yoki spekulyatsiya maqsadida tuzilishi mumkin. Birjani yopish paytida kursni prognoz qilish qobiliyati valyuta kursidagi salbiy o‘zgarishlarning yo‘qolish riskini bartaraf etadi va shuning uchun valyuta xatarini himoya qilish vositasidir. Spekulyantlar, muddatli shartnoma bajarish tarixidagi spot stavka muddatli operatsiyalarni amalga oshirish tezligidan farqli bo‘lishiga umid qilib, muddatli shartnomalarni sotishi va sotib olishlari mumkin. Agar spekulyant spot birjasi muayyan kun uchun oldinga qaraganda pastroq bo‘lishini kutsa, u shu kunning boshida valyutani oldindan tuzilgan shartnomalar narxidan ko‘ra arzonroq narxda sotib olishi mumkinligiga umid qiladi. Shunday qilib, forvard bitim bo‘yicha majburiyat bajarilishidan foyda ko‘radi. Xuddi shunday, naqd kurs forvard kursdan yuqori bo‘lishini kutayotgan spekulyant sotib olingan valyutani naqd bozorda yanada yuqori narxda sotishim mumkin degan umidda forvard shartnomalarni sotib oladi.
Valyuta bozoriga yagona narx qonunining ilovasini ko‘rib chiqamiz, shuningdek, uni boshqa istalgan bozorga tatbiq etish mumkinligini qayd etamiz.
Yagona narx qonuniga ko‘ra, agar raqobat bozorida muqobil aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirilsa, ularning bozordagi narxi yaqinlashishga moyil bo‘ladi. Yagona narx qonuni arbitraj deb ataladigan jarayonga – narxidagi farqdan kafolatlangan foyda olish maqsadida muqobil aktivlarni sotib olish va zudlik bilan sotishga asoslangan.
Arbitraj bitimlarini amalga oshirish raqobatbardosh bozorda erkin konvertatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday uch valyuta uchun uchinchi valyuta kursini aniqlashda ixtiyoriy ikki valyuta kursini bilish yetarli bo‘lishini kafolatlaydi. Shunday qilib, 1 AQSh dollari 100 Yaponiya ieniga, 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi – 200 Yaponiya ieniga teng ekanligi ma’lum bo‘lsa, yagona narx qonuniga muvofiq, 1 Buyuk Britaniya funt sterling 2 AQSh dollari teng.
Valyuta bozorlarida arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish jarayonini turli valyutalarda ifodalangan oltin narxi tahlilida ko‘rib chiqamiz. AQSH dollar qiymatida ifodalangan bir unsiya oltinning joriy qiymati 100 $ ga teng, bir unsiya oltinning iendagi narxi esa – 10000 ien bo‘lsin.
Yagona narx qonuni bo‘yicha oltinni sotib olayotganda valyutaning turi muhim emas. Shuning uchun 10000 ien narx 100 $ narx uchun mos bo‘lishi kerak, bundan esa $ da ifodalangan ien narxi 0,01 $ bo‘lishi kerakligi kelib chiqadi.
Faraz qilaylik, yagona narx qonuniga zid ravishda 1 ien narxi 0,01 $ emas, balki 0,009 $ ni tashkil etsin. Aytaylik, sizning bank hisobingizda 10000 $ bor. Oltinni bir unsiyasini 10000 ien yoki 100 $ ga sotib olish yoki sotish imkoniyati mavjud. U holda 10000 $ ni = 1111111,11 ienga almashtira olasiz. Shundan so‘ng tabiiyki 111,1111 unsiya oltin sotib olasiz va uni 100*111,1111= 11111,11 $ miqdorida foyda olish maqsadida sotasiz. Endi oltin va ien oldi-sotdisi uchun operatsion xarajatlarni hisobga olmagan holda qo‘lingizdagi 11111,11 $ bor va shunga o‘xshash arbitraj operatsiyalari jami operatsion xarajatlar 11111,11 – 10000 = 1111,11 $dan kam bo‘lmagunga qadar rentabelli bo‘lib qoladi.
Bunday risksiz arbitraj operatsiyalari juda jozibador bo‘lib, kelajakda narxlarni prognoz qilishni talab qilmaydi va hech qanday risk tug‘dirmaydi.
Turli banklardagi valyuta kurslari o‘rtasidagi eng kam farqdan foydalangan holda, shu kabi arbitraj operatsiyalari har qanday uch valyutada amalga oshirilishi mumkin. Bunda mazkur qoidaga doim amal qilinadi: raqobat bozorida erkin konvertatsiya qilinadigan har qanday uch valyutadan uchinchi valyuta kursini aniqlash uchun boshqa ikkitasi orasidagi kursni bilish kifoya.
Raqobat bozorida valyuta operatsiyalarini juda tez va minimal xarajatlar bilan amalga oshiruvchi professional arbitrajyorlarning mavjudligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy valyutalar kursi bilvosita usulda hisoblab chiqilgan kursga maksimal darajada mos tushishini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |