Valyuta riskining iqtisodiy mohiyati, turlari va yuzaga kelish sabablari


-rasm. Valyuta riskini tasniflanishi



Download 0,49 Mb.
bet2/8
Sana24.05.2023
Hajmi0,49 Mb.
#943181
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-маъруза

1-rasm. Valyuta riskini tasniflanishi1
Operatsion valyuta riski. Operatsion risk asosan savdo operatsiyalari, shuningdek, dividend to‘lovlari va moliyaviy investitsiyalash bo‘yicha pulli shartnomalar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Operatsion risk pul mablag‘lari harakatida yuzaga kelgan holda foyda darajasiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu riskni pul mablag‘larining kutilayotgan oqimiga almashinuv kursi o‘zgarishining bevosita ta’siri natijasida yuqori foydaga erishmaslik yoki zararning yuzaga kelishi holati sifatida ta'riflash mumkin.
Sotilgan mahsulotga xorijiy valyuta olishi lozim bo‘lgan eksport qiluvchi milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyuta kursining pasayishi natijasida zarar ko‘radi. Xorijiy valyutada to‘lovni amalga oshirishi lozim bo‘lgan import qiluvchi esa, milliy valyutaga nisbatan xorijiy valyuta kursining oshishidan zarar ko‘radi.
Valyutalar almashinuvini taqozo qiluvchi bitimlar bilan bog‘liq risk narxlar siyosati yordamida boshqarilishi mumkin. Shuningdek, riskka pulni to‘lash va olish muddatlari ham birmuncha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar valyuta tushumi va valyuta xarajatlari o‘zaro bir-biriga muvofiq bo‘lsa operatsion riskni kamaytirish mumkin.
Translyatsion valyuta riski. Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma’lumdir. Uning manbai bo‘lib, turli mamlakatlar valyutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bo‘lishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari o‘zaro munosabatlarining to‘g‘ri kelmasligi sabab bo‘ladi. Kompaniya shoxobchalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy valyuta kursi o‘zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir.
Britaniya kompaniyasi AQSHda o‘zining sho‘ba kompaniyasiga ega bo‘lib, uning AQSH dollaridagi aktivlari mavjud. Agar Britaniya kompaniyasining AQSH dollaridagi yetarlicha passivlari bo‘lmasa, ushbu aktivlarning AQSH dollaridagi to‘langan qiymati tufayli kompaniya riskka duchor bo‘ladi. Funt sterlingga nisbatan AQSH dollarining qadrsizlanishi natijasida sho‘ba kompaniyasi aktivlari qiymatining balans bahosini pasayishiga olib keladi, chunki asosiy kompaniyaning balans hisoboti funt sterlingda ifodalanadi. Shu singari, mazkur valyuta kursining oshishi holatida xorijiy valyutadagi passivlar bilan kompaniya riskka duchor bo‘ladi.
Iqtisodiy valyuta riski. Iqtisodiy risk kompaniya iqtisodiy holatiga almashinuv kursi o‘zgarishining salbiy ta’siri ehtimoli sifatida ta'riflanadi. Bir xil turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatlashuvning o‘zgarishi, shuningdek, muayyan tovar belgisi iste’molchilari ehtiyojining o‘zgarishi natijasida risk yuzaga kelishi mumkin.
Iqtisodiy valyuta riski mamlakatlar o‘rtasida tovar almashishda, tayyor mahsulotlarni sotib olish yoki sotishda valyutalar kursining o‘zgarishida yuzaga keladi. Kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotini boshqa mamlakatga sotish yoki kompaniyaning o‘sha mamlakatdagi shoxobchasida sotib olinadigan tovarlarni hisob-kitob qilish jarayonida valyuta kursi iqtisodiy valyuta risklarini yuzaga keltiradi.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi xalqaro mehnat taqsimotiga, xalqaro savdo balansiga va hajmiga salbiy ta'sir etadi, shuningdek, tovarlar va xizmatlar ekvivalent almashuvini qiyinlashtiradi.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi import va eksport qiluvchilarni o‘zlarining xorijdan sotib olish va xorijga sotish operatsiyalarini qisqartirishga majbur qiladi. Chunki import va eksport qiluvchilar valyutalarning qisqa muddatli davriy oraliqdagi o‘zgarishini oldindan bila olmaydilar. Shuning uchun import qiluvchi ma'lum bir tovarni o‘zini valyuta xavf-xatariga qo‘yib, chet davlatdan sotib olganidan ko‘ra, o‘z mamlakatida ishlab chiqarilayotgan o‘rinbosar tovarni sotib olgani afzalroqdir.
Eksport qiluvchi, agarda shartnomaning tuzilishi va u bo‘yicha to‘lovning amalga oshirilishi davri ichida baho valyutasining kursi uning milliy valyutasiga nisbatan pasaysa, zarar ko‘radi. Import qiluvchi (debitor) uchun esa zararlar, kursning yuqoridagiga nisbatan qarama-qarshi harakati natijasida paydo bo‘ladi.
Eksport va import qiluvchilar, valyuta riski bilan, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirganda to‘qnashadilar. Eksport qiluvchi, agarda u tovarlarni to‘lovi kechiktirilgan holda sotgan bo‘lsa va baho valyutasi sifatida import qiluvchi valyutasi yoki uchinchi davlat valyutasi olingan bo‘lsa, valyuta riskiga duchor bo‘ladi. Agarda, baho valyutasining kursi eksport qiluvchi milliy valyutasiga nisbatan pasaysa, unda eksport qiluvchi zarar ko‘rishi mumkin.
Eksport qiluvchi uchun valyuta riski bo‘lib, shartnomaning tuzilishidan to ijro etilgunga qadar davr ichida, baho valyutasi kursining milliy valyutaga nisbatan pasayishi hisoblanadi. Demak, valyuta riski barcha tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq shartnomalarga ta’sir etadi.
Kurslar harakatidagi va valyutalarni sotib olish qobiliyatidagi farqlar, tashqi iqtisodiy shartnomalar ishtirokchisi bo‘lgan har birining yo‘qotishlar va daromadlar balansining nafaqat valyuta kursini ijobiy yoki salbiy harakatiga, balki valyutalar kurslari o‘zgarishining o‘zaro nisbati va birgalikdagi harakatiga bog‘liq. Masalan, agarda valyutalarning tashqi qadrsizlanishi (valyuta kursining pasayishi) uni ichki bozordagi qadrsizlanishidan o‘sib ketsa, unda xorijlik import qiluvchilar qo‘shimcha foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Chunki ular o‘z valyutasida xarajatlarni oshirmasdan turib, qadrsizlanib borayotgan mamlakatning valyutasiga ko‘proq tovarlar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun valyuta riski paydo bo‘lishining quyidagi shartlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish