Valuta-kredit munosabatlari


-chizma.  Valuta  tizimining  asosiy  shakllari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

1-chizma.  Valuta  tizimining  asosiy  shakllari

 Êðàñàâèíà Ë.Í. Ìåæäóíàðîäíûå âàëþòíî-êðåäèòíûå îòíîøåíèÿ. –
M.: «ÔèÑ».  2001 ã.  C. 39.
4
  Áåðæàíîâ Ñ.À.  Âàëþòíàÿ ñèñòåìà,  âàëþòíûé  ðûíîê è  âàëþòíûå
îïåðàöèè. –Íóêóñ. 1996 ã.
 
 
Valuta tizimi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Milliy valuta tizimi 
  Jahon valuta tizimi 
  Hududiy valuta tizimi 
 


10
Valuta tizimi davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga mu-
vofiq valuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish shakl-
larini o‘z ichiga oladi. Valuta tizimining quyidagi shakllari farqla-
nadi: milliy, jahon va hududiy valuta tizimlari.
Milliy valuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi
bo‘lib, valuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga
chiqmaydi, balki  ushbu munosabatlarning  faqat qonunchilik
hujjatlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valuta muno-
sabatlarini  tashkil  etishning  bunday  tartibi,  birinchi  navbat-
da, valuta tizimi elementlarini belgilashni o‘z ichiga oladi.
Milliy valuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan
elementlariga quyidagilar kiradi:
1) milliy valuta va uning nomi;
2) milliy valuta paritetini belgilash;
3) milliy valutaning konvertatsiya shartlari;
4) milliy valuta kursining rejimi;
5) xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanishni che-
garalash  (reglamentatsiya);
6) xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari o‘rtasidagi nis-
batni aniqlash;
7)  mamlakat  xalqaro  hisob-kitoblarini  chegaralash  (regla-
mentatsiya);
8) milliy valuta va oltin bozorlari faoliyati rejimi;
9) valuta cheklovlarini o‘rnatish tartibi;
10) valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni mu-
vofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.
Yuqorida zikr etilgan elementlar  yig‘indisi xalqaro valuta-
kredit  va  hisob-kitob munosabatlarini  amalga  oshirish  uchun
davlat tomonidan belgilanadigan valuta mexanizmidir.
Milliy valuta va uning nomi milliy valuta tizimining asosi
hisoblanadi.
Milliy valuta paritetini belgilash. Valuta pariteti – ikki valuta
orasidagi qonuniy asosda belgilangan nisbat. Monometallizm
davrida (oltin yoki kumush) valuta kursining asosi tanga pari-
teti hisoblanadi. Tanga pariteti – turli mamlakatlar pul bir-
liklarini o‘zidagi metall sig‘imiga ko‘ra o‘zaro solishtirishdir.


11
Tanga pariteti tushunchasi valuta pariteti tushunchasi bilan
mos keladi.
Oltin monometallizmi davrida valuta kursi oltin paritetiga
asoslangan edi. Bunda valutalar zaminidagi rasmiy oltin miq-
dorlari bo‘yicha o‘zaro solishtirilar edi. Mazkur sharoitda valuta
kursi ushbu oltin pariteti atrofida, oltin nuqtalar chegarasida
stixiyali asosda tebranar edi. Oltin nuqtalarning klassik mex-
anizmi 2 shartning mavjudligi  holatida amal qilar edi,  ya’ni
oltinning erkin asosdagi oldi-sotdisi va uning chetga cheklanma-
gan miqdorda erkin olib chiqilishi. Valuta kursining tebranish
chegaralari oltinni xorijga olib chiqish (transportirovka) xara-
jatlari bilan belgilangan va amalda paritetdan Q;-1% dan ziyod
bo‘lmagan.  Oltinni  xorijga  olib  chiqish  xarajatlariga  fraxt,
sug‘urta, kapitalga foiz yo‘qotishlari, probani aniqlash va boshqa
shu kabi xarajatlar kiritilgan. Oltin standartining bekor qilini-
shi bilan oltin nuqtalar mexanizmi o‘z harakatini to‘xtatdi.
Oltinga almashmaydigan kredit pullar sharoitida valuta kursi
asta-sekin  oltin  paritetidan  uzoqlasha  boshladi,  chunki  oltin
muomaladan xazinaga siqib chiqarilgan edi.
1970-yilning o‘rtasigacha valuta kursining asosi sifatida valuta-
larning zaminidagi oltin sig‘imi, ya’ni rasmiy baho masshtabi va
oltin  paritetlar  xizmat  qilgan  edi.  Valutalarning  rasmiy  baho
masshtablari va oltin paritetlari, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng
Xalqaro Valuta Fondida qayd etiladigan bo‘ldi. Valutalar o‘zaro
nisbatining o‘lchovi kredit pulda ifodalangan oltinning rasmiy
bahosi edi.  Ushbu baho boshqa tovarlar baholari  bilan birga,
milliy  valutalarning  qadrsizlanish  darajasi  ko‘rsatkichi  bo‘lib
xizmat qildi. Davlat tomonidan qayd etiladigan oltin rasmiy ba-
hosining uzoq vaqt davomida qiymatidan uzilib qolishi natijasida
oltin paritetining sun’iylik xarakteri kuchaydi.
40 yil mobaynida (1934-1976) baho masshtabi va oltin pari-
teti oltinning rasmiy bahosi asosida belgilangan edi. Ushbu baho
AQSH g‘aznaxonasi tomonidan 1934-yilda, 1 unsiya oltin 35
AQSH dollari hajmida belgilangan va dollar devalvatsiyasigacha
o‘zgarishsiz saqlangan. O‘tkazilgan devalvatsiya natijasida 1971-
yilning dekabrida oltinning rasmiy bahosi 38 dollargacha va 1973-
yil fevralda esa 42,22 AQSH dollarigacha ko‘tarildi. Bretton Vuds


12
valuta tizimida, AQSH dollari standartining hukmronligi sharoiti-
da AQSH dollari boshqa davlatlar valutalari kurslari hisob-kito-
bining hisoblash nuqtasi bo‘lib xizmat qilgan. Shu bilan birga,
davlat tomonidan muvofiqlashtirish natijasida AQSH dollarida-
gi  oltinning  rasmiy  bahosi  ancha  pasaytirib  ko‘rsatilgan  va  u
oltinning bozor bahosidan sezilarli farq qilar edi. Oltinning bo-
zor baholari: 1971-yilda – 40,8 AQSH dollari, 1973-yilda – 97
AQSH dollari, 1975-yilda – 160 AQSH dollari, 1976-yilda –
125 AQSH dollari, 1977-yilda – 148 AQSH dollari, 1978-yil-
da – 193,2 AQSH dollari edi.
1971-yilda AQSH dollarini rasmiy baho asosida oltinga al-
mashtirish to‘xtatilishi natijasida valutalarning oltin sig‘im-
lari va oltin paritetlari sof nominal tushunchaga aylandi. Xalq-
aro Valuta Fondi esa 1975-yil iyul oyidan ularni e’lon qilish-
ni to‘xtatdi. Yamayka valuta islohoti natijasida G‘arb davlatlari
rasmiy tarzda valuta kurslarining asosi sifatidagi oltin pari-
tetidan voz kechdi. Rasmiy oltin paritetlari bekor bo‘lgandan
so‘ng tanga  pariteti ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotdi. Hozirgi
vaqtda valuta kursi valuta paritetiga asoslangan. Valuta pariteti
– bu qonuniy asosda belgilangan valutalar o‘rtasidagi nisbat
bo‘lib, u ushbu paritet atrofida tebranadi.
Xalqaro  Valuta  Fondining  o‘zgargan  Nizomiga  muvofiq
valutalarning paritetlari SDR yoki boshqa xalqaro valuta birligida
belgilanishi mumkin. 1970-yilning o‘rtalaridan boshlab, yan-
gilik sifatida paritetlar valuta savati asosida belgilana boshlandi.
Bu bir valutaning o‘rtacha tortilgan kursini boshqa qator valuta-
lar yig‘masiga solishtirish uslubidir. Valuta savatining AQSH
dollari o‘rnida ishlatilishi dollar standartidan ko‘p valutali stan-
dartga o‘tish tendensiyasini aks ettiradi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish