Valuta-kredit munosabatlari


II bob. VALUTA KURSI VA UNING REJIMLARI



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

II bob. VALUTA KURSI VA UNING REJIMLARI
2.1. Valuta va uning iqtisodiy mohiyati
Jahon iqtisodiyotida, jumladan har qanday davlat iqtisodi-
yotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning ishlab chiqa-
rish, taqsimot, muomala va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi,
kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  uchun  sharoit  yaratadi.
Pul va iqtisodiyot o‘zaro uzviy bog‘liq elementlardir. Agar jamiyat
iqtisodiyotida muammolar paydo bo‘lsa, albatta, bunday mu-
ammolar jamiyatning pul muomalasida salbiy aks topadi. Shu-
ning  uchun  pulni  jamiyat  iqtisodiy  hayotining  barometri  deb
bejiz aytishmagan.
Iqtisodiyot nazariyasida haqiqiy pul, tovar ekvivalent sifatida
mavjud bo‘lib, iste’molchilarning muomalaga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondiradi.  Qog‘oz  pullar  esa,  haqiqiy  pullar  qiymatining
muomaladagi ifodasi yoki vakilidir.
Har qanday mustaqil davlat o‘z puliga ega va bunday pul shu
davlat  uchun  milliy  pul  birligi  hisoblanadi.  Milliy  pul  birligi
o‘zining nomi va ma’lum bir muomala tarixiga ega.
Nazariyada pul va valuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va
valuta  ikkalasi  bir  narsa,  ammo  hamma  vaqt  ham  pul  valuta
bo‘lavermaydi. Agar muayyan bir davlatning milliy pul birligi
jahon bozoriga chiqib, davlatlar o‘rtasida muomala, to‘lov va
jamg‘arish vositasi sifatida ishlatilsa, ya’ni xalqaro pul funksi-
yalarini bajarsa, u valutaga aylanadi.
Valuta – jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini
bajaruvchi davlatlarning milliy pul birligidir. Masalan, Amerika
Qo‘shma Shtatlari dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Ka-
nada dollari, Fransiya franki, Germaniya markasi va shu kabilar.
Bundan muayyan bir davlatning milliy puli – uning milliy
valutasi bo‘lishi mumkin. Shu davlat uchun boshqa davlatlar-
ning milliy pul birliklari esa xorijiy valutalar bo‘ladi. Masalan,


31
AQSH dollari, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Kanada dollari,
yevro  va  shu  kabi  erkin  muomalada  yuradigan  valutalar
O‘zbekiston Respublikasida xorijiy valutalar hisoblanadi. O‘z nav-
batida, O‘zbekiston so‘mi bu davlatlar uchun xorijiy valuta hiso-
blanadi.
Ba’zi bir davlatlarning milliy pul birliklarining, mazkur dav-
latlarda valuta munosabatlari borasida mavjud va amalda bo‘lgan
qonun-qoidalariga asosan xorijga chiqishi va u yerda muomalada
bo‘lishi chegaralanadi. Shunga ko‘ra muomaladagi valutalar turli
maqomlarga, ya’ni erkin muomalada yuradigan, muomalasi qis-
man yoki butunlay cheklangan, yopiq yoki ekzotik valutalarga
bo‘linadi.
Bundan  kelib  chiqqan  holda,  hozirgi  kunda  jahon  amali-
yotida erkin muomalada yuradigan valutalar soni 60 turdan ziyod.
Bundan  tashqari,  MDH  davlatlarining  valutalari,  shu  jum-
ladan  O‘zbekiston  Respublikasining  so‘mi  yumshoq  valutalar
toifasiga kiradi. Ekzotik valutalar toifasiga Quvayt dinori, Gretsiya
draxmasi va shu kabilar kiradi.
«Valuta» kategoriyasi milliy va jahon xo‘jaligi orasida aloqa va
o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydi. Jahon  valuta tizimi jahon
pullarini  amaldagi  (funksional)  shakllariga  asoslangan.  Jahon
pullari deb xalqaro munosabatlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy)
xizmat ko‘rsatuvchi pullarga aytiladi. Jahon pullari amaliy (funk-
sional) shakllarining evolutsiyasi milliy pullar rivojlanish evo-
lutsiyasini birmuncha kechikib takrorlaydi, ya’ni oltin pullar-
dan – kredit pullarga. Bunday qonuniyat asosida jahon valuta
tizimi XX asrga kelib bir yoki bir necha yetakchi davlatlarning
milliy  valutalariga  (an’anaviy  yoki  yevrovaluta  shaklida)  yoki
xalqaro valuta birligiga (SDR, YEVRO) asoslanadi.
Jahon amaliyotida hisob-kitoblarni olib borish uchun valuta-
lar shartli belgilar orqali ifodalanadi, ya’ni ularga shartli kodlar
beriladi. Valutalarga kodlar ISO (Standartlash xalqaro tashkilo-
ti)  tomonidan  beriladi  va  e’lon  qilinadi.  Bu  valutani  kodlash
tizimi yozma ravishda rasmiylashtirilgan barcha valuta opera-
tsiyalari va bitimlarda qo‘llaniladi. ISO tizimidagi kodlar juda oson,
masalan, ular quyidagicha ifodalanishi mumkin: A
1
A
2
A
3
.


32
Bunda:  A
1
A
2
  –  lotin  harflari  mamlakat  nomlarini  ifoda-
laydi;
A
3
 – lotin harfi shu mamlakatning milliy valutasini bildiradi.
Masalan,  UZ  –  O‘zbekiston  Respublikasi,  S  –  so‘m,
UZS – O‘zbekiston Respublikasi so‘mi; RU – Rossiya, R –
rubl, RUR – Rossiya rubli; US – Amerika Qo‘shma Shtatlari,
D – dollar; USD – Amerika Qo‘shma Shtatlari dollari; GB –
Buyuk Britaniya,  P – funt  sterling, GBP –  Buyuk Britaniya
funt sterlingi.
Valuta, odatda, ikki turga – milliy va chet el valutalariga bo‘-
linadi. Milliy valuta qonun asosida davlatning pul birligi sifatida
belgilanadi va mamlakat hududida barcha hisob-kitoblarda foy-
dalaniladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishlatiladigan pul-
lar valutaga aylanadi. Xalqaro hisob-kitoblarda, odatda, xorijiy
valuta, ya’ni boshqa mamlakatlarning pul birliklari ishlatiladi.
Ushbu pul birliklari bilan deviz tushunchasi bog‘liq.
Deviz – xorijiy valutadagi har qanday to‘lov vositasidir.
Xorijiy valuta valuta bozorida oldi-sotdi obyekti bo‘ladi, xalqaro
hisob-kitoblarda ishlatiladi, banklardagi hisobvaraqlarda saqla-
nadi, ammo ushbu davlat hududida qonuniy hisob-kitob vo-
sitasi hisoblanmaydi (kuchli inflyatsiya davrlarini hisobga olma-
gan holda). Mamlakatda kuchli inflyatsiya va inqiroz holatida
milliy valutani nisbatan barqaror xorijiy valuta siqib chiqara-
di, hozirgi davrda bu AQSH dollaridir.
Chet el valutasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
– valuta bozorida sotish va sotib olishning obyekti hisob-
lanadi;
– xalqaro hisob-kitoblarda ishlatiladi;
– banklarda valuta hisob raqamlarida saqlanadi.
Jahon amaliyotida yetakchi valutalar sifatida rivojlangan mam-
lakatlar valutasidan foydalanilmoqda, jumladan AQSH dollari
va Yevropa Ittifoqi YEVROsi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish