Valuta-kredit munosabatlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

Milliy valutaning konvertatsiya shartlari. Konvertatsiya de-
ganda  milliy  valutaning  xorijiy  valutalarga  almashtirilishi
tushuniladi. Konvertatsiya shartlariga ko‘ra milliy valutalar
quyidagi turlarga ajratiladi:
– erkin konvertatsiya qilinadigan valuta. Iqtisodiy jihatdan
rivojlangan davlatlarda valuta cheklovlari yo‘q bo‘lib, milliy
valutalar xorijiy valutalarga erkin konvertatsiya qilinadi. Xalqa-
ro Valuta Fondining yangi tahrirdagi Nizomiga (1978) «erkin


13
foydalaniladigan valuta» tushunchasi kiritilgan. Xalqaro Valuta
Fondi ushbu kategoriyaga AQSH dollari, Germaniya marka-
si, yapon iyenasi, Buyuk Britaniya funt sterlingi va fransuz
frankini kiritdi. Haqiqatda olganda, erkin konvertatsiya qili-
nadigan valutalar to‘lov balansining joriy operatsiyalari bo‘yi-
cha valuta cheklovlari mavjud bo‘lmagan davlatlar valutalari
hisoblanadi  (bular  asosan  rivojlangan  davlatlar  va  jahon
moliyaviy markazlari shakllangan yoki Xalqaro Valuta Fondi
oldida valuta cheklovlarini kiritmaslik majburiyatini o‘z zim-
masiga olgan ayrim rivojlanayotgan davlatlar);
– qisman konvertatsiya qilinadigan valutalar valuta chek-
lovlari  saqlanib  qolgan mamlakatlarda  mavjud  bo‘lib,  milliy
valutaning  xorijiy valutalarga  konvertatsiyasi  davlat iqtisodiy
siyosatidan kelib chiqqan holda birmuncha cheklanadi.
–  xorijiy  valutalarga  konvertatsiya  qilinmaydigan  (yopiq)
valutalar. Ba’zi davlatlarda siyosiy sabablarga ko‘ra milliy valuta-
lar xorijiy valutalarga umuman konvertatsiya qilinmaydi, ya’ni
rezident va norezident shaxslar uchun valuta almashtirishga ruxsat
yo‘q.
Milliy valuta kursi rejimi. Valuta kursining quyidagi rejim-
lari mavjud:
– qat’iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o‘z iqtisodiy si-
yosatidan kelib chiqqan holda, ma’muriy tarzda, milliy valuta
kursini qat’iy belgilab qo‘yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds
sharoitidagi qat’iy belgilangan kurslar rejimi;
– kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holat-
da, davlat o‘z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, milliy valuta
kursini  ma’lum  bir  chegaralarda  tebranishidan  manfaatdor
bo‘ladi va valuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda
ushbu maqsadga erishadi;
– valutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifining o‘zgarishi aso-
sida erkin tebranadigan kurslar rejimi va ularning turli ko‘rinishlari.
Bunga misol sifatida Yamayka valuta tizimi sharoitidagi erkin su-
zuvchi valuta kurslari rejimini keltirishimiz mumkin.
Xalqaro  kredit  muomala  qurollaridan  foydalanishni  chega-
ralash. Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanish qoi-
dalari soddalashtirilgan xalqaro me’yorlarga muvofiq amalga oshi-


14
riladi. Ushbu xalqaro me’yorlarga Jenevaning veksel va chek kon-
vensiyalari kiradi.
Xalqaro zaxira aktivlari tarkibiy qismlari orasidagi nisbatni
aniqlash.  Yuqorida qayd  etilganidek, xalqaro  zaxira aktivlari
komponenti to‘rt qismdan iborat, ya’ni mamlakatning rasmiy
oltin va valuta zaxiralari, xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi
hisobvaraqlar, Xalqaro Valuta Fondidagi zaxira pozitsiyasi. Al-
batta, mamlakat xalqaro likvidligini ta’minlash uchun ushbu
komponentlar o‘rtasida mutanosib nisbat saqlanishi kerak.
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash reglamen-
tatsiyasi. Xalqaro hisob-kitoblarning cheklovi milliy va jahon valuta
tizimlari darajasida, hujjatli akkreditivlar va inkassa uchun sod-
dalashtirilgan qoida va udumlar asosida amalga oshiriladi.
Milliy valuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi. Valuta va
oltin bozorlarining rejimi milliy va xalqaro muvofiqlashtirish-
ning obyekti hisoblanadi.
Valuta cheklovlarini o‘rnatish tartibi. Valuta cheklovlarining
mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi valuta tizimining elementi hisob-
lanadi. Valuta qiymatliklari bilan amalga oshirilayotgan operatsi-
yalarga cheklovlar ham Xalqaro Valuta Fondi orqali davlatlararo
muvofiqlashtirish obyektiga kiradi.
Valuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni mu-
vofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi. Bu valuta tizimining
muhim institutsional elementidir. Gap mamlakat valuta mu-
nosabatlarini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi milliy or-
ganlar (Markaziy bank, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, ba’zi
mamlakatlarda valuta nazorat organlari) faoliyatini chegaralash
haqida bormoqda. Milliy valuta qonunchiligi milliy va xorijiy
valutadagi operatsiyalarni (egalik huquqi, olib kirish va olib
chiqish,  oldi-sotdi)  muvofiqlashtiradi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish