Valuta-kredit munosabatlari


 Jahon va hududiy valuta tizimlari, ularning elementlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

1.4. Jahon va hududiy valuta tizimlari, ularning elementlari
Jahon valuta tizimi – bu jahon bozori xo‘jaligi rivojlanishi
asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkam-
langan xalqaro valuta munosabatlarni tashkil etish shaklidir. Milliy


15
valuta tizimi hamda ushbu tizimga kiruvchi har bir mamlakat
valuta mexanizmini tashkil etishning davlat-huquqiy shakli ja-
hon valuta tizimining tashkiliy asosi hisoblanadi.
Jahon valuta tizimi XIX asrning o‘rtalariga kelib shakllandi.
Jahon valuta tizimi o‘z ichiga milliy valuta tizimi elementlari
bilan yaqindan aloqada bo‘lgan ma’lum bir elementlarni oladi.
Ular quyidagilardan iborat:
1)  zaxira  valutalari,  xalqaro  hisob-kitob  valuta  birliklari
(SDR,  YEVRO);
2) valutalarning o‘zaro konvertatsiya qilinish shartlari;
3) valuta paritetlarining soddalashtirilgan (unifikatsiya) re-
jimi;
4) valuta kurslari rejimlarini chegaralash (reglamentatsiya);
5) valuta cheklovlarini davlatlararo muvofiqlashtirish;
6) xalqaro valuta likvidligini davlatlararo muvofiqlashtirish;
7)  xalqaro  kredit  muomala  vositalaridan  foydalanish  qoi-
dalarini soddalashtirish (unifikatsiya);
8) xalqaro hisob-kitoblar  asosiy shakllarini soddalashtirish
(unifikatsiya);
9) jahon valuta va oltin bozorlari rejimi;
10) davlatlararo valuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi
xalqaro tashkilotlar.
Zaxira valutalari, xalqaro hisob-kitob valuta birliklari (SDR,
YEVRO). Jahon valuta tizimi jahon pullarining amal qiluvchi
shakllariga asoslangan. Jahon puli deb xalqaro munosabatlarga
(iqtisodiy,  siyosiy, madaniy) xizmat ko‘rsatuvchi pullarga ay-
tiladi. Jahon pullarining amaldagi shakllari evolutsiyasi birmun-
cha kechikib bo‘lsa-da, milliy pullarning rivojlanish yo‘lini qayta
bosib o‘tadi, ya’ni oltin pullardan boshlab kredit pullargacha.
Bunday qonuniyat natijasida jahon valuta tizimi XX asrga kelib
jahonning yetakchi mamlakatlarining bir yoki bir nechta milliy
valutalariga (an’anaviy yoki yevrovaluta shaklida) yoki xalqaro
valuta birligiga (SDR, YEVRO) asoslanadi.
Xalqaro hisob-kitob valuta birligi xalqaro talab va majburiyat-
larni o‘zaro solishtirish, valuta pariteti va kursni belgilash uchun
shartli masshtab hamda xalqaro to‘lov va zaxira vositasi sifatida
ishlatiladi. Oltinning demonetizatsiyasi jarayoni, ya’ni Yamayka


16
(1976-1978) valuta islohoti natijasida yuridik jihatdan yakun-
lanishi,  oltinning pul  funksiyalarini  yo‘qotishi,  jahon puli  si-
fatida muvozanatsiz milliy pullar ishlatilishining salbiy oqibat-
lari valuta tizimiga SDR (qarz olishning maxsus huquqlari) va
EKYUni (Yevropa valuta birligi) tatbiq etishga sharoit yaratib
berdi. Jahon pullarining ushbu yangi shakllari mamlakatlarning
maxsus hisobvaraqlarida yozuvlarni amalga oshirishda, naqd pulsiz
xalqaro  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  uchun  ishlatiladi:
SDR – Xalqaro Valuta Fondida, EKYU – valuta hamkorligi-
ning Yevropa fondida, 1994 yildan boshlab Yevropa Ittifoqining
Yevropa valuta institutida. SDR va EKYUning shartli qiymati
o‘rtacha  tortilgan  qiymat  va  valuta  savatiga  kirgan  valutalar
kurslarining o‘zgarishi asosida hisoblanadi. 1999-yildan boshlab
Yevropa Markaziy banki EKYUning o‘rniga muomalaga YEVRO-
ni chiqarmoqda. Dastlab, u 1999-yilning boshidan naqd pulsiz
hisob-kitoblar uchun, 2002-yildan boshlab esa naqd pul shak-
lida ishlatila boshlandi.
Xalqaro  hisob-kitob  pul  birliklarining  kursi  savat  asosida
aniqlanadi. Valuta savatini hisoblashdagi muhim muammolar-
dan biri savatdagi valutalar tarkibi va ularning solishtirma og‘irligi,
valuta komponentlarining katta-kichikligi, ya’ni to‘plamdagi har
bir valuta soni miqdorini aniqlash hisoblanadi. Bunga ko‘ra sa-
vatning quyidagi turlari farqlanadi: ma’lum bir davrga valutalar
tarkibi qayd etilgan standart savat, o‘zgaruvchan tarkibli mu-
vofiqlashtiriluvchi savat, valutalarning o‘zaro teng bo‘lgan so-
lishtirma og‘irligiga ega simmetrik savat, valutalarning turli ulush-
larga ega asimmetrik savat.
Masalan, SDRning valuta savati 5 valutadan tarkib topgan
(1981-yilning 1-yanvarigacha 16 ta valuta bo‘lgan). Savatdagi har
bir valutaning solishtirma og‘irligi mamlakatning xalqaro sav-
dodagi ulushiga qarab aniqlanadi. Ammo AQSH dollari uchun
uning xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi hisobga olinadi. 1996-
2000-yillar davrida savatdagi AQSH dollarining ulushi 39 %ni
(1981-yilgacha 33 %ni), qolgan 4 valuta: Germaniya markasi –
21 %, Yapon iyenasi – 18 %, Fransuz franki va Buyuk Brita-
niya funt sterlingi har biri 11 %ni tashkil etgan.


17
2001-yilda ushbu savat tarkibi qayta ko‘rib chiqildi va 1999-
yildan boshlab Germaniya markasi va fransuz franki yevro bilan
almashtirildi.
SDR kursining AQSH dollariga yoki savat tarkibiga kirgan
boshqa bir valutaga nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o‘z
ichiga oladi:
1) taalluqli valuta birliklaridagi valuta komponentlari, ular
quyidagicha  aniqlanadi:  valutaning  savatdagi  solishtirma
og‘irligi x uning AQSH dollariga nisbatan so‘nggi 3 oy ichidagi
o‘rtacha bozor  kursi (bundan  oldingi SDR  kursiga tuzatilgan
holda);
2) valutalarning AQSH dollariga nisbatan bozor kurslari;
3)  valuta  komponentlarining  dollarli  ekvivalenti,  u  qu-
yidagicha hisoblanadi: valuta komponenti/valuta kursi (funt ster-
lingdan tashqari), funtning valuta komponenti x dollarga nis-
batan valuta kursiga.
Bunda AQSH dollaridagi kross-kurs Angliya bankining Xalqa-
ro Valuta Fondiga  SDR kursini hisoblash maqsadida bergan,
ish  kunining  o‘rtasiga  bo‘lgan  valutalarning  o‘rtacha  bozor
kurslari haqidagi kunlik ma’lumoti asosida aniqlanadi.
Erkin suzuvchi valuta kurslari va ularning muvozanatsizligi
sharoitida turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan
valuta savati uslubi qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib (valuta
kursini aniqlash, xalqaro valuta birligini yaratish, baho valutasi
va  qarz  valutasini  indeksatsiya  qilish),  valutalarning  turli
to‘plamidan foydalangan holda ishlatilmoqda.
Yevropa valuta ittifoqida valuta paritetlarining asosi sifatida
EKYU ishlatilgan. Valuta savati Yevropa ittifoqi mamlakatlari-
ning 12 valutasidan iborat. 1999-yildan boshlab Yevropa valuta
ittifoqining yagona valutasi yevrodir. Bundan tashqari, bir qa-
tor  mamlakatlar  (taxminan  20  ta  davlat)  valutalarning  kur-
sini bog‘lash maqsadida yakka tartibdagi valuta savatidan foy-
dalanmoqda.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish