Valuta-kredit munosabatlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

UO‘K 
336.741.242.1
KBK 65.268ÿ722
ISBN 978-9943-13-172-9
       © «IQTISOD-MOLIYA», 2012
ISBN 978-9943-13-461-4
© «IQTISOD-MOLIYA», 2013


3
KIRISH
O‘zbekistonning  xalqaro  iqtisodiy  maydondagi  nufuzi  va
mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda
mamlakatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-iqti-
sodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqti-
sodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo‘llarining
aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq
va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraq-
qiyoti  o‘zining ma’no-mazmuni  jihatidan  oldingi  bosqichlar-
dan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy
iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining
kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyos-
da  moliya,  kredit  va  valuta  munosabatlariga  o‘z  ta’sirini
ko‘rsatmoqda.
Xalqaro  valuta-kredit  munosabatlari  –  bozor  iqtisodiyoti-
ning tarkibiy  qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir.
Ko‘plab  omillar  ta’sirida  xalqaro  valuta-kredit  munosabatlari
murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o‘zining o‘ta beqarorligi
bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi
valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu
sababli xorijiy valutalar bilan bog‘liq jahon tajribasini o‘rganish
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakl-
lanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respub-
likamiz  Prezidenti  va  Hukumatining  diqqat-e’tiborida  bo‘ldi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasida milliy pul birligi «so‘m»ni
muomalaga kiritish va hozirgi davrga kelib, respublikada valuta
tizimini  barpo  etish,  uni  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  bir  talay
ishlar amalga oshirildi. Natijada Respublikamizda valuta birjasi


4
shakllandi va u valutalar oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar-
ni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
O‘zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  asta-sekin  integra-
tsiyalashuvi, Xalqaro Valuta Fondi hamda Xalqaro Taraqqiyot va
Tiklanish Bankiga a’zo bo‘lib kirishi jahonning valuta, kredit,
qimmatli qog‘ozlar hamda oltin bozorlarida qabul qilingan za-
monaviy kodeksini bilishni talab etadi.
«Xalqaro  valuta-kredit  munosabatlari»  kursida  ushbu  mu-
nosabatlarning iqtisodiy  kategoriyalari, rivojlanish  qonuniyat-
lari, asosiy tamoyillari va tashkil etish shakllari o‘rganiladi.
Qo‘llanmada globallashuv sharoitida valuta va valuta munosa-
batlari, valuta tizimi hamda uning rivojlanish qonuniyatlari, valuta
kursi, valuta bozori, valuta operatsiyalari va valuta risklari hamda
ularni boshqarish, xalqaro hisob-kitob shakllari, to‘lov va hisob-
kitob balanslari hamda xalqaro kredit munosabatlari kabi masala-
lar o‘z ifodasini topgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar ta’limining «Bank ishi»
mutaxassisligi  bo‘yicha  ta’lim  olayotgan  o‘quvchilarga
mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmadan, shuningdek, bank xodim-
lari, tadbirkorlar va boshqa qiziquvchilar foydalanishi mumkin.


5

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish