Valuta-kredit munosabatlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

Svop  shartnomalari.  Svop  (ingl.  «swap»,  «swop»)  –  al-
mashuv, almashtirish ma’nosini bildiradi. Svop operatsiyasi –
bu hisob-kitob sanalari turlicha bo‘lgan, taxminan teng hajm-
dagi xorijiy valutaning bir vaqtning o‘zida sotilishi va sotib oli-
nishidir. Svop valuta operatsiyasi valutaning «spot» shartlari asosida
milliy valuta evaziga sotib olinishi va keyinchalik uning qayta sotib
olinishini ko‘zda tutadi. Demak, svop operatsiyasi – bu valu-
taning miqdor jihatidan teng summalarga, ular bo‘yicha hisob-
kitoblarni turli sanalarda amalga oshirish sharti bilan bir vaqt-


57
ning o‘zida sotib olinishi va sotilishidir. Svop – bu so‘nggi sotuv
kafolati bilan valutani vaqtinchalik sotib olishdir.
Amaliyotda svop bir vaqtning o‘zida valuta almashuvi bilan
bog‘liq ikki alohida shartnomaning imzolanishini ko‘zda tutadi.
Bu shartnomalar qarama-qarshi yo‘nalishlarga va  turli hisob-
kitob sanalariga ega. Bu shartnomalarning biri bo‘yicha birinchi
valuta ikkinchi valuta hisobiga ma’lum bir sanada yetkazib berish
sharti bilan sotib olinadi. Ikkinchi shartnoma bo‘yicha esa birin-
chi valuta ikkinchi valutaga boshqa sanada yetkazib berish sharti
bilan sotib yuboriladi.
Svop  valuta  operatsiyalarini ko‘p  hollarda  banklar  amalga
oshiradi. Bunda  ikki bank  orasida  ikki valuta  bilan almashuv
ma’lum bir davrda bo‘lib, shartnoma oxirida dastlabki valutalar
banklarga  qaytariladi.  Valutalar  bilan  almashuv  bir  vaqtning
o‘zida tuziladigan, ammo valutalarning turli sanalarda yetkazib
berilishi ko‘zda tutilgan ikki qarama-qarshi shartnoma shaklida
amalga oshadi: «spot» bir shartnoma bo‘yicha va «forvard» boshqa
shartnoma bo‘yicha. Buning natijasida ikkala bank ham «spot»
shartlari asosida sotib olingan valutani to u «forvard» shartlari
asosida sotilgunga qadar o‘z ixtiyoriga oladi. Barqaror iqtisodiyot
va kapitallarning erkin harakati sharoitida forvard bozoridagi ba-
holar foizlar farqlariga bog‘langan.
Svop shartnomalarining boshqa shartnomalarga nisbatan qu-
layligi  shundaki,  ular  valuta  riskini  to‘la  bartaraf  etadi.  Turli
sanalarda sotib olingan va sotilgan valutalar teskari svopni tash-
kil  etgan holda sotilishi yoki sotib olinishi mumkin. Shuning
uchun  hisob-kitob sanalaridagi  farqlar hisobiga  qoplanmagan
pozitsiya hosil bo‘lsa, u osongina to‘la qoplanishi yoki kamayti-
rilishi  mumkin. Svop  – bu  joriy  foiz  stavkalari ta’siri  ostida,
bir valutaning o‘zgarib turadigan forvard marjasini boshqa valuta
forvard marjasiga qanday ta’sir etishi yuzasidan turli fikrga ega
bo‘lgan brokerlarning (diler) o‘zaro aloqasidir.
Amaliyotda foiz stavkasining svopi va valuta svopi farqlanadi.
Foiz stavkasining svopi – bu kreditning asosiy shartli summa-
si bo‘yicha AQSH dollaridagi foiz to‘lovlari bilan ma’lum bir
muddatga ikki taraf orasida ayirboshlash to‘g‘risidagi kelishuv-


58
dir. «Kreditning asosiy summasi» yoki «prinsiðial» atamasi svop-
ni belgilovchi nazariy asosga  tegishlidir. Shunday qilib, kre-
ditning asosiy shartli summasi – bu foizlar nisbatan hisobla-
nadigan oddiy summadir. Asosiy summa bilan almashilmaydi.
Muddat bir yilgacha muddatdan to 15 yilgacha bo‘lishi mumkin.
Biroq aksariyat shartnomalar 2 yildan 10 yilgacha muddatga
tuziladi.
Foiz to‘lovlari svopining asosiy 2 shakli mavjud bo‘lib,
bular  kuponli  svop  va  bazaviy  svop  hisoblanadi.  Kuponli
svopda  ishtirokchi  taraf,  shartnoma  paytida  ma’lum  bir
g‘aznachilik obligatsiyasiga nisbatan marja sifatida hisoblangan,
qat’iy belgilangan stavkani to‘laydi. Shu vaqtning o‘zida boshqa
taraf shartnoma muddati davrida o‘rnatilgan indeksga nisba-
tan davriy asosda o‘zgarib turadigan, erkin o‘zgarib turuv-
chi stavkani to‘laydi.
Bazaviy svopda esa shartnomada ishtirok etuvchi ikki taraf
turli stavkalarga asoslangan, erkin o‘zgarib turuvchi foiz to‘lovlari
bilan o‘zaro almashadilar. Asosan ushbu nisbatan ochiq (to‘g‘ri)
mexanizmdan  foydalangan  holda,  foiz  stavkasining  svopi
obligatsiyalar chiqarilishi, aktivlar, passivlar va har qanday naqd
pul oqimining bir turdagi ko‘rinishdan boshqa turdagi ko‘rinishga
hamda ba’zi bir variantlarda shartnoma tarkibidagi bir valutani
boshqa valutaga transformatsiya qiladi.
Svop  bozori  moliyaviy  resurslar  manbalari  orasidagi  alo-
qaning ulkan (global) hajmga oshishiga sabab bo‘ldi. Institutlar
tomonidan  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilinishining  tahlil  etish
uslublarini keskin o‘zgartirib yubordi. Bu, albatta, svoplarning
aktivlar  va  majburiyatlarini  boshqarishning  yangi  samarali
yo‘llarini ta’minlash bilan ham bog‘liq.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish