Valuta-kredit munosabatlari



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana31.10.2020
Hajmi0,84 Mb.
#50824
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
xalqaro valuta-kredit munosabatlari unlocked

Valuta svopi. Valuta svopi foizli svop foydalangan uslub orqali
naqdli  oqim  tarkibini  qat’iy  belgilangan  stavkadan  erkin  su-
zuvchiga o‘zgartirishi hamda svop mexanizmi orqali valutaning
o‘zini ham o‘zgartirishi mumkin. Bunday tusdagi shartnoma foizli-
valuta svopi yoki oddiy valuta svopi deb ataladi. Foiz svopi va
valuta svopi orasidagi asosiy farq shundaki, valuta svopi nafaqat


59
foiz to‘lovlari bilan almashinishni, balki asosiy summa (prinsið-
ial) bilan birlamchi va yakuniy almashuvni ham o‘z ichiga oladi.
Birlamchi  almashuv  svopning  boshida,  yakuniy  almashuv
esa svop muddatining tugash sanasida amalga oshadi. O‘zining bu
mazmuniga ko‘ra valuta svopi kompensatsion kredit yoki parallel
zayomlarga juda o‘xshab ketadi.
Svoplardan foydalanish keng tarqalgan: bu endi bir nechta
tanlov instrumentlaridan iborat ixtisoslashgan moslama emas.
Svoplardan  kapital  qiymatini  pasaytirish,  risklarni  boshqarish
va yalpi iqtisodiyotda katta miqyosda ishlatish maqsadida foydala-
niladi.
Svoplar   jahonning   turli   kapitallar   bozorlarida   arbitrajni
olish  uchun  ham  qo‘llaniladi.  Qarz  oluvchilar  va  kreditorlar
sintetik instrumentlarni yaratib, yangi bozorlarga svop texnologi-
yasidan foydalangan holda kirib boradilar. Masalan, yangi, «po-
tolok/pol» singari kelishuv ko‘rinishidagi opsion xarakteristikalari
bilan svop tarkibiy tuzilmalari va svop hosilalari ishlab chiqil-
gan edi.
Valuta  arbitraji  –  bu  foyda  olish  maqsadida  valutalarning
oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalardir. Arbitraj 2 shaklda bo‘ladi:
a) valuta arbitraji va b) foiz arbitraji.
Valuta  arbitraji  (fransuzcha  «arbitrage»)  –  bu  valutaning,
uning bir vaqtning o‘zida sotilishini hisobga olgan holda, valuta
kurslari farqlari sifatida foyda olish maqsadida sotib olinishidir.
Oddiy valuta arbitraji – bu bir xorijiy valuta va o‘zbek so‘mi
bilan yoki ikki xorijiy valutalar bilan amalga oshiriladigan arbit-
rajdir.
Murakkab  valuta  arbitraji  –  ko‘p  turdagi  valutalar  bilan
amalga oshiriladigan arbitrajdir.
Muvaqqat valuta arbitraji – ma’lum bir vaqt davomida valuta
kurslarining farqi sifatida foyda olishga qaratilgan operatsiyadir.
U o‘z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:
– valutaning birinchi spot-kursi asosida sotib olinishi;
– depozitning ochilishi;
– valutaning depozitda saqlanishi;
– valutaning depozitdan olinishi;
– valutaning ikkinchi spot-kurs asosida sotilishi.


60
Arbitraj  ko‘p  hollarda  spred  shartnomalarining  yakuni  si-
fatida maydonga chiqadi. Spred shartnomasi doimo bir vaqtning
o‘zida bir valutaning sotib olinishi va boshqa bir valutaning so-
tilishini ko‘zda tutadi. Bunday valutalar kurslari albatta birga,
ammo turli sur’atlarda ko‘tariladi yoki pasayadi. Bunda diler bir
operatsiyada pul yo‘qotishini va boshqa bir operatsiyada foyda
olishini hisobga oladi.
Fazoviy valuta arbitraji – bu turli valuta bozorlarida (turli
birjalarda),  mazkur  valuta  kursi  farqlari  hisobiga  foyda  olish
maqsadida o‘tkaziladigan operatsiyadir. Boshqacha aytganda, bir
vaqtning o‘zida bir birjada valuta sotib olinadi va boshqa birjada
shu valuta nisbatan yuqori kursda sotiladi.
Fazoviy valuta arbitraji o‘z ichiga quyidagi operatsiyalarni oladi:
1. Birinchi spot-kursi asosida valutani sotib olish.
2. Sotib olingan valutaning boshqa joyga o‘tkazilishi.
3. Valutaning ikkinchi spot-kursi asosida sotilishi.
4. Valutaning sotilishidan olingan pulni boshqa joyga o‘tkazish.
Foiz arbitraji – turli valutalar bo‘yicha foizlar farqi sifatida
foyda olish maqsadida xo‘jalik subyektlarining (arbitrajyorlar-
ning) o‘z qisqa muddatli aktivlari va passivlari valuta tarkibini
tartibga solishga qaratilgan valuta (konversion) va depozit ope-
ratsiyalarini o‘zida mujassam etgan shartnomadir. Foiz arbitraji
pul bozorida bir vaqtning o‘zida pullarning ma’lum bir foizga
olinishi va nisbatan yuqori foiz asosida kreditga berilishi shaklida
keng qo‘llaniladi. Foiz arbitraji ikki shaklga ishlatiladi: a) for-
vardli qoplanish bilan va b) forvardli qoplanishsiz.
Forvardli qoplanish bilan  foiz arbitraji – valutaning spot-
kursi asosida sotib olinishi, muddatli depozitga joylashtirilishi va
shu vaqtning o‘zida forvard kursi bo‘yicha sotib yuborilishidir.
Foiz arbitrajining bu shakli valuta risklaridan holi. Bu operatsiya
bo‘yicha foyda manbayi, forvard marjasi hajmi bilan belgilana-
digan, valutalar bo‘yicha foizlar farqi sifatida va valuta risklarini
sug‘urta qilish qiymati hisobiga olinayotgan daromadlar dara-
jalarining farqi hisoblanadi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish