1 – karta eskiz. 18-101 modelli telejkaning o‘zaro ulangan balkasini tekshirish zonalari Bo‘ylama va ko‘ndalang aniqlanadigan yoriqlar turi 1 – markaziy pyatnik tagligining tayanch yuzasi;
2 –markaziy pyatnik tagligining tortish yuzasi;
3 – yuqori listning markaziy pyatnik tagligi plitasi bilan payvandlangan choki;
4 – yuqori listning chekka pyatnik tagligi plitasi bilan payvandlangan choki;
5 – pastki listning chekka pyatnik tagligi plitasi bilan payvandlangan choki;
6 – kronshteyn torsionini balka bilan payvandlangan choki;
7 – tayanch sirpang‘ichlarini balka bilan payvandlangan choki.
Telejka detallari va qismlarini nuqsonlarini aniqlash Yuk vagon telejkasi detallari va qismlarini nuqsonlarini aniqlash shikast yetkazmasdan tekshirishdan keyin amalga oshiriladi.
Nuqsonlarni aniqlash ko‘zdan kechirish va instrumental usullar yordamida sifat nazorati bo‘limining navbatchi ustasi, telejka sexi navbatchi ustasi, telejka sexi podkatka bo‘yicha brigaderi va defektoskopist tomonidan amalga oshiriladi.
Telejkaning barcha detallarida yoriqlar mavjudligiga yo‘l qo‘yilmaydi, depo ta’mirlash xujjatlariga muvofiq rejalashtirilgan ta’mirlash turi paytida yo‘q qilinadigan yoriqlar bundan mustasno.
Telejka detallari va qisimlarining o‘lchamlari, rejalashtirilgan ta’mir turiga mos kelishi 11.1-jadvalda keltirilgan.
Telejkaning quyma detallari, yemirilishi meyoridan ortiq bo‘lsa, payvandlash va sirt qoplash yo‘li bilan ta’mirlanishi ВНИИЖТ yo‘riqnomasi talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi, so‘ngra mexanik ishlov berish yo‘li bilan chizmadagi o‘lchamga va belgilangan qattiqlikka keltiriladi.Chidamliligini ТЭМП 3 GOST 9012-59 yoki GOST 9013-59 shu tipdagi mustaxkamlik o‘lchovlari bilan tekshiriladi.
Telejkalarning tormoz richag uzatmalarining triangellarini qayta ishlab chiqarishda cho‘zilish yo‘li orqali stenda sinovdan o‘tqaziladi, sinovdan o‘tkazish va payvandlash ishlari davriy ta’mirlashda ham maxsus yo‘riqnoma РД 001 ПКБ ЦВ-2009 РК va Qo‘llanma «Детали и узлы грузовых вагонов. Руководство по испытанию на растяжения» № 736 – 2010 ПКБ ЦВ lar talablariga javob bergan holda amalga oshiriladi.
Nostandart tipdagi tormoz kolodkalarini mustaxkamlovchi cheklari, telejkaning richagli uzatmasini mustaxkamlovchi shaybalari yo‘riqnomaga asoslanib boshqa tipga almashtiriladi va yangi shplint qo‘yiladi.
Tormoz richag uzatmalarining sharnirli bog‘lanishlari «Общего руководства по ремонту тормозного оборудования грузовых вагонов» qo‘llanma talablariga javob berishi kerak.
Depo ta’mirda yon rama tormoz boshmoqlari podveskasi valigi kronshteyniga 194.00.054-0 yoki УРЛТ. 667155.007 chizmasiga asosan polimer vtulkalar qo‘yiladi, tormoz boshmoqining podveskasiga esa T 258.00.02 yoki 194.40.035-0 chizmasiga asosan polimer vtulkalar qo‘yiladi.
Agar vtulkalarda ishqalanish mavjud bo‘lsa, 100.00.009-0 chizmasiga binoan 2018yil 01 –iyulgacha undan foydalanishga ruxsat beriladi. Depo (DT) ta’mirda, yoriqlar va darz ketishlari bo‘lmagan, hamda keyingi ta’mirlash davrida ularning yaroqlilik muddati tugamasligi sharti bilan polimer vtulkalardan takror foydalanishga ruxsat beriladi.Tormoz boshmoqlarini podveska proushinini vtulkalarni yechmasdan vizual ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Triangellarni sharnirli bo‘lgan richag bilan ulash joyi ya’ni harakatsiz qismiga kompozision press materiali КПМ ТУ 2292-011-56867231-2007 (01 yanvar 2018y.dan) dan tayyorlangan vtulka va qistirgichlar o‘rnatiladi.
5 mm dan ortiq yoriqlar yoki egilishlari bo‘lgan shkvorenni almashtirish kerak. Depo (DT) ta’mirda shkvoren diametri yemirilishi 3 mm gacha ruxsat etiladi. Kapital (KT) ta’mirda yemirilishi bor shkvoren qo‘yilishiga ruxsat berilmaydi.
Yon ramalar bazalari orasidagi farq 2 mm dan oshmasligi kerak.
G’ildrak juftliklarini ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazish “Руководящий документ по ремонту и техническому обслуживанию колёсных пар с буксовьми узлами грузовых вагонов магистарльных железных дорог колеи 1520(1524мм)” yo‘riqnomasi talablariga javob bergan holda bajariladi.
G’ildrak juftliklarini tyekshirish va taftish etish “Руководящий документ по ремонту и техническому обслуживанию колёсных пар с буксовыми узлами грузовых вагонов магистарльных железных дорог колеи 1520(1524мм)” yo‘riqnomasi talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
To‘rt o‘qli telejkaning o‘zaro ulangan balkasi o‘lchamlariga qo‘yilgan talablar «Типовой технологический процесс на ремонт соединительной балки четырохосной тележки» ТК -232 ПКБ ЦВ qo‘llanmasida keltirilgan.
Avtorejim tayanch balkasi telejka yon ramasidagi maxsus javonlariga «Общего руководства по ремонту тормозного оборудования грузовых вагонов» 732-ЦВ-ЦЛ qo‘llanmasiga muvofiq o‘rnatilishi kerak.