Lisenziyada quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi:
- lisenziya berayotgan muassasa nomi; - yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi- sharifi, turar joyi; - lisenziya berilayotgan faoliyat turi; - faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari; - lisenziyaning ro’yxat raqami, beril- gan vaqti va muddati.
Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda lisenziyada
belgilangan qonun-qoidalar yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullansa, u holda lisenziya bergan muassasa tadbirkorni lisenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir.
Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor lisenziyadan foyda- lanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda lisenziya bergan muassasa lisenzi- yani bekor qiladi.
Biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari va boshqarish usullari
Biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvi tashkiliy tuzilmalarining quyidagi turlari mavjud (3.3.1-rasm).
3.3.1-rasm. Biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari boshqaruvin-
ing tashkiliy tuzilmasi
Chiziqli (pog’onali) tuzilma. Chiziqli (pog’onali) tarkib boshqaruv tar- kibining eng sodda turi hisoblanadi. Bunda boshqaruvning hamma vazifalari korxona rahbari qo’lida to’planib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish yacheykalari unga bo’ysunadi. Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat bevosita rahbarlarining farmoyishlarini ba- jaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga bevosita boshlig’ini «chetlab» murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori sex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak.
Chiziqli–shtabli tuzilma. Chiziqli-shtabli tuzilma har bir chiziqli rahbar qoshida ixtisoslashgan xizmatchilar, maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish yo’li bilan tashkil etiladi.
Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga sabab korxonalarda vazifalarning murakkabligidir.
Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga mas’ul bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslaxat berish vazifasini bajaradilar. Chiziqli rahbar- larning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlardan maqsadga muvofiqlarini aniqlash va uni qabul qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |