"O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida"gi qonunda tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishidir".
O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida "gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati tartibga solinadi. Ushbu konunda ta’riflanishicha "tadbirkorlik (tadbirkor- lik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Bu ta’rif ayni paytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir.
Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirra- li sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at turi kabi ijodiy jarayondir.
Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasi- ni yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiy- psixologik jihatlar nuqtai nazaridan umumlashgan holda tahlil qilamiz.
O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va N.To’xliyevning tadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsa- dida biror ish bilan band bo’lish" , "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb ta’riflashgan.
Tadbirkor, ishbilarmon, biznesmenning ma’noviy-ma’rifiy saviyasi, bilimva tajribasi, boshqa shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari, imkoniyatlari va ishga doir sifatlari tadbirkorlikning harakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: -birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topishi; -ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; -uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi; -to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati; -beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi.
Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. Shumpeter uchta asosiy motivni ajratgan: -birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj;
ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish yehtimoli bo’lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat; -uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |