«Dars ila tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham ikkisi bir-biridan
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabi-
dur».
Abdulla Avloniy
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda fuqarolarda maf
kuraviy immunitetni shakllantirish, yoshlar tarbiyasiga alohida
e’tibor qaratish bilan birga ilm olish ham dolzarb masalalardan
hisoblanadi. Ilm olishning fazilati haqida islom dini mo‘tabar
manbalarida alohida zikr etilgan. Bilim olishda har bir inson av
valo o‘zligini anglab yetadi. Bu esa to‘g‘ri yo‘lni tanlashga sabab
bo‘ladi. Ilm deganda faqat diniy emas, balki dunyoviy, aniqrog‘i
insonlarga foydasi tegadigan ilm tushunilgan. «Xitoyda bo‘lsa ham
ilm o‘rganinglar», «Beshikdan qabrgacha ilm izla», degan hadis
larni eslab o‘tish o‘rinli. Yoshlarning dunyoviy va diniy bilimlar
ning uyg‘unlikda xolis o‘rganishi ularning kelajakda barkamol in
son bo‘lishiga tayanch bo‘ladi. Shu bois, yoshlarni avvalo milliy
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hayotimizning asosiy mezo
niga aylanishi zarur. Chunki oqilona ta’limtarbiya yoshlar on
162
gini ham, axloqiy madaniyatini ham o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi.
Tarbiyasiz berilgan ta’lim hech bir yerda rivojlanishga olib kel
maydi.
Zero, jismoniy tarbiya bolani jismonan baquvvat, kuchli,
sog‘lom etib tarbiyalasa, ma’naviy tarbiya orqali unda yuksak ax
loq, ezgulik, insonparvarlik, shijoat, rahmdillik va mehnatsevar
lik sifatlari shakllanadi. Ma’naviy tarbiya farzandning o‘zligini
saqlashga, uning botiniy olamini ma’rifiy boyitishga xizmat qila
di. Buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy aytga
nidek, «Inson tabiatning eng oliy zoti, kamolotidir, inson zoti
barcha hayvonlardan yuqori turadi. Insonga katta sharaf ko‘rsa
tilgan – unga aqlzakovat berilgan. Shu sababdan, insonning
ma’naviy olami uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos bo‘lishi
uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor».
Demak, farzand tarbiyasi avvalo, uning ma’naviy poydevori qan
chalik mustahkamligi bilan belgilanadi.
Shunday ekan, yoshlardagi milliy o‘zlikni anglash, diniy bi
lim va dunyoqarashni shakllantirishda har bir urfodat, marosim,
an’ana va qadriyatlarimizning kelib chiqishi, asl mohiyatini ochib
bera oladigan ham ilmiy, ham diniy asoslangan ma’lumotlardan
iborat zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash, ma’naviyma’rifiy
ko‘rsatuvlar namoyish qilish kabi tadbirlar orqali ijobiy natijaga
erishish muhim omillardan sana ladi. Chunki bunday choratad
birlar ma’lum ma’noda yoshlar ongini boyi tish, haqiqiy milliy va
diniy qadriyatlar bilan har xil bid’atxurofot amallarni farqlash,
turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siriga, ekstremistik va terro
ristik guruhlarning aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish im
konini beradi. Shu nuqtayi nazardan qara ganda, yoshlarni milliy
urfodat, an’ana va marosimlarimizga hurmat bilan qarash, ular
ning tarbiyaviy aha miyatini doimiy tarzda tushuntirib borish,
ma’naviy tahdidlardan himoya qilish hamda o‘zligini anglashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
«Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va
erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’si-
163
riga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z
manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doi-
miy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».
Islom Karimov
Darhaqiqat, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi mamlaka
timiz ma’naviy taraqqiyotida yangi davr va rivojlanish bosqichi
ni boshlab berdi. Ayniqsa, milliy va diniy qadriyatlar, urfodat va
an’analar tiklanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqil
lik yillarida yosh avlodni dunyoviy hamda diniy bilimlar uyg‘un
ligida, ajdodlar ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari aso sida tarbi
yalash masalasiga katta e’tibor qaratildi. Binobarin, ertangi kun
egalari bo‘lgan yoshlar bugungi kunning eng ilg‘or dun yoviy bilim
larini diniy qadriyatlar bilan hamohang tarzda puxta o‘zlashtirgan
bo‘lishi hamda ulardan amaliyotda erkin foydalana olishi masalasi
bugungi kunimizning muhim talablaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy g‘oya ruhi bilan yo‘g‘ril
gan ana shunday tarbiya tizimi yaratildi. Uni doi miy takomil
lashtirib borish va davr da’vatlariga hozirjavobligini ta’minlash
esa, har birimiz va barchamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.
Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni kuchli
mafkuraviy immunitet va yuksak ma’naviyatga ega shaxs sifatida
tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va faro von hayotni ta’min
lashimizning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Demak, har bir insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshiri
shi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yonatrofida bo‘la
yotgan voqeahodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi
yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib yashashi, yoshlarimizning ongu qal
bini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qi lish,
ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik
va tinchlikosoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrabavaylashning
muhim omili hisoblanadi. Buni hech qachon unutmasligimiz,
tinchlik uchun doimo o‘zimizning bor kuch va imkoniyatlari
mizni safarbar etib yashashimiz lozim.
164
Do'stlaringiz bilan baham: |