58
«Qo‘yinglar, ibodat qilaverishsin», deganlari yuqoridagi fikrning
yaqqol isboti hisoblanadi.
Shu
bilan birga, islom dinida kishi qaysi din vakili bo‘lishidan
qat’i nazar uni inson sifatida qadrlash, unga hurmat ko‘rsatishga
da’vat etiladi. Imom Buxoriydan rivoyat qilingan quyidagi hadis
da bunga ishorat bor: «Nabiy (s.a.v.) oldidan bir janoza olib o‘til
di. Shunda u zot o‘rinlaridan turdilar. Odamlar: «Yo Rasululloh,
bu yahudiyning janozasi», deyishdi. U kishi: «U inson emasmi?!»
dedilar». Demak, islom dinida millati va dinidan qat’i nazar har
bir inson hurmat va qadru qimmatga ega.
Ming yillar davomida islom dini tamoyillarga sodiq holda ya
shab kelayotgan xalqimiz ham bu kabi go‘zal fazilatlarni to‘laligicha
hayoti, urfodat va an’analariga singdirib olganini ko‘rish mumkin.
Boy tarixiy tajribaning davomi sifatida bugungi kunda ham
yurtimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari va
o‘ndan ortiq diniy konfessiyaga e’tiqod
qiluvchi shaxslar bir oila
farzandlaridek ahilinoq bo‘lib yashab kelmoqdalar. Ularning
urfodatlari, an’ana va qadriyatlarining rivojlanishi, ta’lim olishi,
kasbhunar egallashi, jamiyat hayotining barcha jabhalarida faoli
yat ko‘rsatishida mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, mil
latlararo totuvlik, ayniqsa, tinchliksevar xalqimizning bag‘rikeng
ligi muhim omil bo‘lmoqda.
Bu borada yurtimizda istiqomat qilayotgan turli din va
killari uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi, ayniqsa, diniy
bag‘rikenglikka doir qoidalarning qonuniy asoslarda mustah
kamlanishi tahsinga sazovor. Bu borada eng avvalo, Konstitut
siyamizning 31moddasida mustahkamlangan «Hamma uchun
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi
ga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yil
maydi», degan qoida diniy bag‘rikenglik
uchun dasturulamal
bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu tamoyilga ko‘ra, har kim o‘z dini va
e’tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa bosh
qalar ham ega ekanligini tan olmog‘i lozim. Bir kishining din
59
borasidagi qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mum
kin emas.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18moddasida ham
«O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va
erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy ke
lib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar,
qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat
qonun bilan belgilanib
qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart»,
degan norma asosida turli diniy e’tiqoddagi insonlarning dini va
e’tiqodidan qat’i nazar qonun oldida teng ekanligi e’tirof etilgan.
Konstitutsiyamizning 61moddasida esa, respublikamizda
faoliyat olib boruvchi diniy tashkilotlar va birlashmalarning dav
latdan ajratilgani haqidagi qoida mustahkamlangan. Unda ayti
lishicha, «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan
hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalar
ning faoliyatiga aralashmaydi». Bu qoidaning mohiyati shunda
ki, O‘zbekistonda har qanday din va diniy tashkilotlar davlatdan
ajratilgan va barcha diniy konfessiyalar qonun oldida barobardir.
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni
qo‘llabquvvatlaydi hamda ular o‘rtasida o‘zaro murosa va hur
mat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.
Hukumatimiz tomonidan turli diniy tashkilotlarning o‘z faoli
yatlarini amalga oshirish va mamlakat hayotida faol ishtirok
etishlari uchun barcha shartsharoitlar yaratib berildi. Jumladan,
markaziy televideniye orqali O‘zbekiston musulmonlari idorasi
ma’naviyma’rifiy ko‘rsatuvlarni berib borishi, Buxoriy, Termiziy,
Moturidiy kabi mashhur allomalarning tavalludiga bag‘ishlangan
anjumanlarning keng ko‘lamda nishonlanishi kabi tadbirlarni ay
tib o‘tish o‘rinlidir. Ayniqsa, haj ibodatini to‘lato‘kis va hamji
hat holda ado etish uchun barcha sharoitlar yaratilgani tahsinga
sazovor.
O‘z navbatida pravoslavlar uchun Isroil, Gretsiya va Rossi
ya, katoliklar
uchun Isroil va Italiya, armanlar uchun Isroil va
Armaniston, yahudiylar va bahoiylar uchun Isroil, krishnachi
60
lar uchun Hindiston va buddaviylar uchun Koreyada joylashgan
muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil qilinmoqda.
Bu esa, yurtimizda yashayotgan barcha din vakillarining
o‘z diniy e’tiqodlarini eminerkin amalga oshirishlari va diniy
bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilayotgan
tadbirlar jumlasiga
kiradi. Quvonarli jihati shundaki, bu tadbirlar diniy barqarorlik,
konfessiyalararo samimiy va do‘stona muhitning vujudga kelishi
va eng asosiysi yurtimizdagi tinchlikning barqaror bo‘lishiga sa
bab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: