11-MAVZU. TURISTIK FIRMALARNI TASHKIL ETISH VA
LITSENZIYALASH
11.1 Turistik agentliklar va turistik agentlarning huquqiy holati
11.2. Turistik firmalarni tashkil qilish
11.3.Turizmda litsenziya olish
11.4. Turizm faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalarga litsenziya berish
tartiblari
11.5. Xalqaro turistik faoliyatning ro’yxatdan o’tish tartibi va shartlari
11.1 Turistik agentliklar va turistik agentlarning huquqiy holati
Turizm va sayohat agenti hamma mamlakatlarda alohida muhim iqtisodiy
ahamiyatga ega. U maxsus narx, guruhlarni birlashtirish, transport vositalarini
ijaraga olish, charter, turistik yo’nalishlari to’g’risidagi ma’lumot
va dam olish
baholarini o’zida mujassam etgan turistik molini shakllantiradi.
Agent kasbiga davlatlar o’rtasidagi missiya hamda axborot va reklama
faoliyatini taqdim etish xizmatlaridan tashqari ko’pgina davlatlarda savdo (tijorat)
servisini ham kiritishadi. Bu milliy fuqarolik qonunchiligi tomonidan nazorat
qilinadi.
Turistik agentining faoliyati asosan ishonchda shakllanadi. Bunda mijoz o’zi
umuman, ko’rmagan, lekin savdo markasi bilan himoya qilingan mol uchun bo’lak
tarzda to’lovni amalga oshiradi. Sayohat agentlarining huquqiy holati uchun bo’lak
tarzda to’lovni amalaga oshiradi. Sayohat agentlarining huquqiy holat sayoxat va
turizm sohasidagi xalqaro shartnomalarga asoslanadi. Bu huquqiy holat nafaqat
xalqaro shartnomalar, balki, milliy mahalliy qonunchilik tomonidan ham nazorat
qilinadi. SHu asosda sayoxat agentlarining malakasini aniqlaydigan,
vakolat
chegarasini, shartnomalar tizimini va faoliyati nazoratini belgilab beradigan
omilkor organ tuziladi.
Miliy qonunchilik yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan turistik xizmatlar
sohasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishning tashkiliy shakllarini
belgilab beradi, bular "Agentlik" yoki "Sayohatlar byurosi Turistik Agentligi" va
"Sayohat agentligi" bo’lishi mumkin. Savdo markasi va ruxsatnoma agentlik
turkumi va sinfini ko’rsatib berishi mumkin. Ushbu ruxsatnoma turizm va xalqaro
sayohatlar sohasida faoliyati ko’rsatish huquqiy davlat va munitsipal organlari
tomonidan beriladi.
Ushbu shakllardagi ruxsatnomalar mavjud.
"A" ruxsatnomasi turistik agentligiga xizmat ko’rsatish sohasida turistik
misol, oldi-sotdi operatsiyalarini amalga
oshirish huquqini beradi;
"V" ruxsatnomasi sayohatlar byurosiga sayoxatlar bo’yicha shartnoma va
xizmatlarin faqatgina sotish huquqini beradi;
"S" ruxsatnomasi sayohatlar avtotransport agentligiga turistik va sayoxat
xizmat ko’rsatish sohasida transport operatsiyalarini tashkil qilish huquqini beradi.
Ushbu korxonalar bir vaqtning o’zida turistik xizmatlar savdosi sohasidagi
operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun milliy qonunchilik talablariga binoan
turistik molning oldi-sotdi operaniyalarini o’tkazishga huquq beruvchi savdo
markasini va sayohatga mo’ljallangan xizmatlar uchun esa firma otini olishlar
kerak. Bu turistik agentining professional statusi sayohat agentliklari birlashmalari
federatsiyasining tavsiyalariga qarab 17 davlat qonunchiligida aniqlab berilgan.
Argentina,
Avstraliya, Kambodja, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr,
Ispaniya, Frantsiya, Gaiti, Hindiston, Iroq, Isroil, Italiya, YAponiya, Iordaniya,
Norvegiya, Filippin, Portugaliya hamda Siriya Arab Respublikasi.
Huquqiy ustav faoliyatini olib borish ruxsatnomasi
turistik firmaning
huquqiy ro’yxatdan o’tishdan keyingi tashkiliy bosqich xisoblanadi.
Ruxsatnoma (litsenziya) turistik faoliyatini belgilangan muddat davomida
olib borishga ruxsat etuvchi rasmiy xujjatdir.
Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi litsinzion faoliyat yuritishga
vakolatli bo’lgan organga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi;
A) ruxsatnoma berishga ariza, bunda ko’rsatilishi shart;
*yuridik shaxslarga – nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik manzilgohi,
xisob-kitob nomeri va mos bankning nomi;
jismoniy shaxslarga - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari
(seriya, nomer, qachon va kim tomonidan berilgan) va yashash joyi;
faoliyat turi,
ruxsatnoma amalining muddati.
B) ta’sis xujjatlar nusxalari (agar notarius tasdig’idan o’tlmagan bo’lsa
nusxasining taqdim qilishi kerak);
V) davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
G) arizani qarab chiqish to’lovini, tasdiqlovchi xujjat;
D) soliq organi xisobidan o’tganligi to’g’risidagi xujjat yoki jismoniy
shaxsning tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi
guvohnomaning nusxasi (soliq organining shtampi bilan).
YUridik shaxs boshqaruvchilari va jismoniy tadbirkor – shaxslar taqdim
qilinayotgan ma’lumotlar to’g’riligiga javobgar bo’lishadi.
Ruxsatnoma olish uchun taqdim etilayotgan barcha xujjatlarni litsenzion
foliyat ko’rsatishga vakolati bor organ tomonidan ro’yxatga olinadi.
Ruxsatnoma berilishi to’g’risidagi arizani qarab chiqish hamda
ruxsatnomaning berilish, hammasi to’lov asosida amalga oshiriladi.
Ta’sis etuvchilari, tashkiliy-huquqiy shakli, nomi,
yuridik manzilgohi,
o’zgargan holda, hamda yuridik, shaxsning yo’q qilinishi yoki qaytadan tashkil
qilinish hollarida ruxsatnoma o’zining kuchini yo’qotadi. Bunda zarur xujjatlar
asosida yangidan shakllangan yuridik rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnoma varaqalarining himoyalanganligi taqdim etuvchiga bo’lgan
qimmatli qog’ozlarning darajasiga tenglashtirilgan. Ular aniq xisobot xujjatlari
bo’lib, xisob seriyasi va nomeriga ega.
Ruxsatnomani berish yoki bermaslik qarori ariza bilan qolgan barcha
zaruriy xujjatlar qabul qilingan kunidan boshlab 30 kun davomida chiqariladi.
Rad javobi ariza beruvchiga yozma ravishda,
sababini ham izohlab, qaror
qabul qilingandan so’ng 3 kunlik muhlat ichida jo’natilishi shart.
Rad javobining asosida quyidagilar yotishi mumkin: ariza beruvchi
tomonidan taqdim etilgan xujjatlarda noto’g’ri axborotning mavjudligi; xalqaro