ruxsatnoma amali tugaganda, ruxsatnoma olgan shaxs 15 kunlik muhlat ichida
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va arizasini berishi shart.
Ruxsatnomaning qayta rasmiylashtirilishi uni olish tartibi singari amalga
oshiriladi.
Ruxsatnoma xalqaro turistik faoliyatini linenziyalashga vakolat bor organ
boshqaruvchisi (u yo’q bo’lgan paytlarda uning o’rinbosari) tomonidan yo’l
qo’yiladi va shu organ muhri bilan tasdiqlanadi.
Xalqaro turistik faolitini litsenziyalashga vakolati bor organ quyidagi
hollarda ruxsatnoma amalini vaqtincha to’xtatib turishi yoki tamomila yo’q qilishi
mumkin;
*ruxsatnoma olgan shaxs shu ma’nodagi arizani taqdim etganda;
*ruxsatnoma olishi uchun taqdim etilgan xujjatlarda noto’g’ri ma’lumotlar
topilganda;
*ruxsatnoma olgan shaxs davlat organlari buyruklariga
amal kilmaganda
yoki yuridik shaxs faoliyatini to’xtatganda hamda jismoniy shaxs, harakatdagi
qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsni shakllantirib turib tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ulanganda;
*ruxsatnoma olgan shaxs chet el turistilarining kirishi va yashab turishini
nazorat qiluvchi qonunchiligini,
bojxona qoidalarini, tabiatni, tarixiy va madaniy
obidalarni muhofaza qilish qoidalarini hamda iste’molchilar himoya huquqlarini
buzganda;
*ruxsatanoma olgan shaxs ruxsatnoma harakat shartlarini buzganda
ruxsatnoma amalining shartlari quyidagilardir:
*har bir turist chet el davlatiga kirish va yashab turish,
turistik sayoxat
davomidagi xulk-atvor xususiyatlari hamda mahalliy an’ana va urf-odatlarini
hurmat qilish, madaniy meros va atrof-muhitga extiyotkorlik bilan karash va aniq
bir mamlakatning shaxs yoki ijaraga olinuvchi mos asbob uskuna bilan jihozlangan
xizmatdagi uy-joyiga ega bo’lishi shart;
ishchilar orasida turizm sohasida maxsus ma’lumotga yoki turizm
sohasida kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo’lgan kamida bitta ishchi
bo’lishi shart;
turistik xizmatni mijoz bilan xizmatlar oldi-sotdi shartnomasini
tuzgandan keyingina amalga oshirilishi shart;
ruxsotnoma olgan shaxsning ish tuzumi, yuridik manzilgohi,
ruxsatnomaga ega bo’lgani, sertifikatsiyadan o’tish kerak bo’lgan
xizmatlarning sertifikatlariga ega bo’lgani, turistik faoliyatning aniq
yo’nalishlarini olib borishga javobgar bo’lgan mansabdorlar shaxslarning
familiyasi, ismi, otasining ismi to’g’risidagi ma’lumotlar mijozga to’la-
to’kis ravishda taqdim etilishi shart.
Litsenzion faoliyat ko’rsatishga vakolati bor olgan ruxsatnomani yo’q qilish
yoki amalini to’xtatib turish qaroriga kelgandan so’ng ruxsatnoma olgan shaxsga
va davlat soliq xizmati organlariga 3 kunlik muhlat ichida xabar yetkazilishi shart.
Ruxsatnoma amalini to’xtatib turishga olib kelgan vaziyat o’zgarib ketganda
ruxsatnoma qaytadan tiklanishi mumkin.
Ruxsatnoma qayta tiklangan deb xisoblanadi, agar xalqaro turistik faoliyatini
litsenziyalashga vakolati bor organ mos qarorga kelgan bo’lsa. Bu qaror qabul
qilingankundan 3 kunlik muhlat ichida ruxsatnoma olgan shaxsga yetkazilishi
shart.
Ruxsatnoma olgan shaxsning ruxsatnoma shartlariga rioya qilishi xalqaro
turistik faoliyatini litsenziyalashga vakolati bor organ tomonidan nazorat qilinadi.
Ruxsatnoma olgan shaxs aytilgan organga nazorat uchun zarur xujjat va
ma’lumolarni taqdim etishi shart.
Xalqaro turistik faoliyatini litsenziyalashga vakolati
bor organ tomonidan
qabul qilingan qarorlar va harakatlar belgilangan tartibda sud organlarida shikoyat
qilinishi mumkin. nazorat qilinadi.
Xalqaro turistik faoliyatini litsenziyalashga vakolati bor organning
boshqaruvchi va mansabdor shaxslari tomonidan buzishlar yoki nojo’ya harakatlar
sodir etilgan bo’lsa, ular harakatdagi qonunchilikka muvofiq ravishda
javobgarlikka tortiladi.
Bunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga man etiladi.
Ruxsatnomalar bo’yicha bo’lgan xarajatlar “Moddiy aktivlar” xisobida aks
ettiriladi. Ularning vaqt o’tishi bilan kadr to’tish (amortizatsiya) xarajatlari
maxsulot (ish xizmat) tannarxiga qo’shiladi.
Xulosa
Hozirgi kunda Respublikamizda jami 700 dan ortiq xususiy turistik firmalar
mavjud bo’lib, ularning deyarli barchasi kichik va o’rta biznes sub’ektlariga
tegishlidir. Ma’lumki, Respublikamizda turizmni rivojlantirish
kontseptsiyasiga
muvofiq «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi mamlakatimiz turizm sohasidagi
xususiy mulkchilik munosabatlarini qaror toptirish va rivojlantirish bo’yicha bosh
tashkilot hisoblanadi. SHu tufayli jami turistik firmalardagi ish jarayoni milliy
kompaniya tomonidan nazorat qilib boriladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,
xususiy turistik korxonalarning mamlakatimiz milliy iqtisodiyotiiga ko’rsatayotgan
ijobiy ta’siriga halaqit beruvchi talaygina muammolar mavjud bo’lib, ular bevosita
hukumatimiz tomonidan asta-sekinlik bilan bartaraf etib borilmoqda.
Turistik
firmalar
faoliyatini
zaruriy
sharti undagi
litsenziyaning
mavjudligidir. Respublikamizda Turizmni litsenziyalash bir necha yillardan beri
amalga oshirilib kelinmoqda. Turizm bilan shug’ullanish
uchun Litsenziya faqat
«O’zbekturizm» M.K. va Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi komissiya qarori
asosida beriladi. Litsenziya berilganligi uchun eng kam ish xaqining 25 barobari
miqdorida yig’im to’lanadi. Yig’im «O’zbekturizm» M.K. xuzuridagi turizmni
rivojlantirish fondga yo’naltirilgan. Hozirda ko’pchilik litsenziyasi bor kishilar bir
vaqtning o’zida turoperatorlik va turistik faoliyat bilan shug’ullanishlari maqsadga
muvofiq emas. SHuning uchun jamoat tashkilotlaridan turizm sohasidagi faoliyat
turlarini xalqaro tasniflash andozalariga muvofiq holda umumiy litsenziyalash
tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: