Mavzu. Turistik firmalarni tashkil etish va litsenziyalash


jadval  O’zbekistonda turizmdan kelayotgan valyuta tushumi



Download 290,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.03.2022
Hajmi290,84 Kb.
#518075
1   2   3   4   5   6
 
jadval 
O’zbekistonda turizmdan kelayotgan valyuta tushumi
 
Yillar 
Valyuta tushumi (ming 
AQSH. dollari) 
O’rtacha bir turistga to’g’ri
keladigan valyuta
($ hisobida) 
2002 
18,835 
74,5 
2003 
20,980 
77,1 
2004 
25,255 
93,2 


2002 yilda valyuta tushumi 18,835 ming AQSH dollarini tashkil etgan 
bo’lsa, 2003 yilda bu ko’rsatkich 20,980 ming AQSH dollariga va 2004 yilda esa 
25,255 ming AQSH dollariga barobar bo’lgan. Bunga mos ravishda o’rtacha bir 
turistga to’g’ri keladigan valyuta miqdori ham yildan-yilga oshib borgan. 2002 
yilda o’rtacha bitta turistga to’g’ri keladigan valyuta miqdori 74,5 AQSH dollarini 
tashkil etgan bo’lsa, 2003 yil 77,1 AQSH dollari va 2004 yilda 93,2 ming AQSH 
dollarini tashkil etdi. Umuman olganda, uchinchi va to’rtinchi jadvallarda 
keltirilgan ma’lumotlar mamlakatimiz turizmini rivojlanishida xususiy sektorga
ya’ni asosan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga nihoyatda muhim e’tibor 
berilayotganligidan dalolat beradi. Mamlakatimiz turizmida xususiy mulkchilik 
salmog’ini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlardan ko’rinib to’rganidek, 
yaqin kelajakda bu borada faoliyat ko’rsatayotgan kichik va o’rta biznes 
sub’ektlarining salmog’i yanada ortib borishi kutilmoqda.
 
11.3.Turizmda litsenziya olish
Turistik firmaning turizm sohasidagi faoliyatining zaruriy sharti - unda 
litsenziya (ruxsatnoma)ning mavjudligidir. Turizm faoliyatini litsenziyalash 
turizmni tartibga solishning muhim bo’g’inidir. O’zbekistonda turizmni 
litsenziyalash bir necha yillar mobaynida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu 
sohadagi ishni tashkil etishda ham muayyan tajriba to’plangan. 1994 yilda 
O’zbekiston Respublikasida turizm birinchi marotaba litsenziyalanadigan 
faoliyat turlariga kiritilgan edi. SHu jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 
19 apreldagi 215-sonli qarori bilan litsenziyalanishi lozim bo’lgan ba’zi bir 
faoliyat turlari joriy etildi (shu jumladan, turizm sohasida ham) va litsenziyalarni 
berilishini 
rasmiylashtirishga 
doir 
umumiy 
nizom 
ham 
tasdiqlandi. 
Litsenziyalash usullarini sinovdan o’tkazib borish, qonunchilik bazasini 
o’zgarishi va tahlil qilish va hal etishni talab qiladigan muammolarni vujudga 
kelishi bilan 1998 yillar «O’zbekiston respublikasida turizm faoliyati bilan 
shug’ullanish uchun ro’yxatdan o’tish va litsenziya berish qoidasi» yangi tahriri 
kuchga kiritildi. Ushbu qoida mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan 
qat’iy nazar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan va turizm sohasiga amaldagi 
qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritayotgan korxona, birlashma va 
tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazish va ularga litsenziya berish tartibini belgilab 
beradi. YAngi bosqichdan turizm sohasida faoliyat ko’rsatadigan 
ishtirokchilariga talab kuchaytirildi. SHuningdek litsenziyalarning bekor 
qilinishini (chaqirib olinishini) ko’zda tutuvchi holatlar belgilandi. Turizm 
faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya “O’zbekturizm” Milliy 
Kompaniyasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. Turizm faoliyati bilan 
shug’ullanish uchun litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya berilganligi 
uchun Respublikadagi eng kam ish haqqining 25 barobari miqdorida litsenziya 
yig’imi to’lanadi. Litsenziya yig’imi to’lovidan kelib tushadigan mablag’lar 
«O’zbekturizm» Milliy Kompaniyasi huzuridagi turizmni rivojlantirish 


markazlashtirilgan fondiga yo’naltiriladi. 2004 yil holatiga ko’ra 
«O’zbekturizm» milliy kompanisi tomonidan turizm sohasida faoliyat yuritish 
huquqini beruvchi 450 dan ortiq litsenziya berilgan. Ayni paytda korxona va 
tashkilotlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzuvchi 
turli xil sabablarga ko’ra 70 ga yaqin korxonalar litsenziyadan mahrum 
etilganlar. Ko’pchilik mamlakatlarda, turagent va turoperator faoliyatini tartibga 
solish darajasida farqlar mavjud. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarning turizm 
amaliyotida turoperatorlik va turagentlik faoliyatni litsenziyalashda litsenziya 
yig’imi miqdori, tavakkalchiliklarni sug’urtalash tizimi, ushbu sohada muayyan 
ma’lumotga ega bo’lishga doir talablarda farqlanish mavjud. Ushbu faoliyat 
turlarining belgilangan farqlari, maqsad va vazifalari, mijoz bilan o’zaro 
hamkorlik qilish tartibidan kelib chiqqan holda ushbu korxonalarni 
litsenziyalashga ham turlicha metodologik yondashuv amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasida turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyati tashkil 
topish va rivojlanishining dastlabki bosqichida ko’pchilik kishilar bir vaqtning 
o’zida turoperator va turagent faoliyatini farqlay olmasdan ushbu faoliyat bilan 
shug’ullana boshlashi albatta maqsadga muvofiq emas edi. Hozirgi bosqichda 
ushbu faoliyat sohasidagi tadqiqotlar va amaliyotdan kelib chiqqan holda 
Butunjahon Turistik Tashkilotining «Turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro 
tasniflash andozalari»ga muvofiq holda ushbu sohadagi faoliyat turlarini alohida 
ko’rsatgan holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga 
muvofiqdir.

Download 290,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish