4-mavzu. EKSTREMIZM VA TERRORIZM –
JAMIYAT BARQARORLIGIGA TAhDID
1. Ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi.
2. Ekstremizm va terrorizmning mudhish qiyofasi.
3. Terrorizmning moliyaviy manbalari.
4. Musulmon mamlakatlarining ekstremizm va terrorizm ga
qarshi kurashi.
Tayanch so‘z va iboralar: xalqaro islom tashkilotlari, noqonuniy
qurol-yarog‘ savdosi, narkobiznes, majburiy badal, tabarruhot, kid-
neping, qarshi kurash strategiyasi.
Ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi. Hozirgi kun
da islom omili tobora katta kuchga aylanmoqda. U davlatlar ning
ichki va tashqi siyosati, ijtimoiyiqtisodiy hayotiga, davlatlar aro
va xalqaro munosabatlarga ta’sir etib kelmoqda. Siyosatchilar
musulmon olamiga dunyo hamda xalqaro munosabatlar istiqboli
ga ta’sir ko‘rsatuvchi kuch sifatida qaramoqdalar. Islom omili
ning kuchayishida musulmon mamlakatlari hududlarining kat
taligi, ya’ni jo‘g‘rofiystrategik imkoniyatlarining ham o‘ziga xos
o‘rni bor.
Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,7 milliard musul mon
aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo‘yi
cha quyidagi nisbatda bo‘linadilar: hanafiylar – 49% (Turkiya,
Pokiston, Hindiston va h.k.), shofiiylar – 25% (Misr, Indonezi
ya, Suriya va h.k.), molikiylar – 17% (Tunis, Jazoir, Marokash,
Liviya va h.k.), hanbaliylar – 1,5% (Saudiya Arabistoni va h.k.).
Shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman
va h.k.)ning huquqiy hayotida jahfariylik mazhabi o‘z mavqeyi
ni ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O‘rta Osiyoda, xu susan,
O‘zbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan.
Musulmonlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Osiyoda, 30
foizga yaqini Afrikada yashaydi. Dunyodagi musulmon jamoa
lari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakat bo‘lsa, shundan 40
62
dan ortig‘ida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qila
di. Jumladan, Indoneziyada 218 million, Pokistonda 183 million,
Bangladeshda 154 million, Nigeriyada 120 million, Eron va Tur
kiyada 75 milliondan, Misrda 80 million, Marokashda 32 mil
lion, Jazoirda 38 milliondan, Saudiya Arabistonida 30 milliondan
ortiq musulmon istiqomat qiladi. Hindistondagi musulmonlar
ning soni 250 milliondan ortgan. Bulardan tashqari, Ozarbay
jon hamda Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Checheniston,
Ingushetiya, KabardinBalqar kabi respublikalarida 30 million,
Markaziy Osiyo davlatlarida 55 million musulmonlar tashkil
etishini qayd etish lozim.
Musulmon mamlakatlari neft, gaz va boshqa tabiiy resurs
larning ulkan zaxiralariga ega. G‘arb dunyosining Yaqin va O‘rta
Sharqdagi uglevodorod resurslariga bo‘lgan bog‘liqligi yaqin is
tiqbolda ham saqlanib qoladi. Buni anglagan musulmon davlatlari
tabiiy resurslardan maksimal ravishda foydalanib, o‘z iqtisodiyot
larini rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Bir qator musulmon
mamlakatlarida chet eldan yangi qurolyarog‘ sotib olish ham
da zamonaviy harbiy infratuzulma yaratish orqali o‘zining har
biy kuchqudratini oshirish, hatto ommaviy qirg‘in quroliga ega
bo‘lishga intilish jarayonlari ham tobora kuchayib bormoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida ekstremizm va undan oziqla
nayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terro rizm ana
shu mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda.
Keng ko‘lam va xilmaxil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu tah
didga qarshi kurash nafaqat musulmon mamlakatlari, balki butun
dunyo uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Dastlab saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurol
li hujumlar shaklida paydo bo‘lgan siyosiy terrorizmni bugun har
qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60yillaridan bosh
lab, dunyodagi butunbutun mintaqalari turlituman terrorchilik
tashkilotlarining o‘chog‘iga aylana boshladi.
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo‘lgan
ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, turli diniy e’tiqod va
63
killari bo‘lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o‘zaro
ishonchga ham soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal
toshi bo‘lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivoj
lanishiga to‘siq bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 600 ga yaqin terrorchi
tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi islom niqobi ostida
faoliyat yuritadi. Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko‘rsa
tayotgan terrorchilik tashkilotlarining yuzdan oshig‘i eng zamo
naviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan
iborat. Ular turli qo‘poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o‘za
ro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollar
da, birbirlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordam
ni ko‘rsatadilar. Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga
«Musulmon birodarlar», «alJihod alIslomiy», «alJamaat alIs
lomiya», «atTakfir valhijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin),
«Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy
harakat» (Jazoir), «alQoida», «Boko haram», «Iroq va Shom is
lom davlati», «Jabhat annusra» kabilarni kiritish mumkin.
BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissi
yasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari
«Arab bahori» natijasida ko‘rgan zarari 614 milliard AQSH dol
lari yoki hududning 6% yalpi ichki mahsulotiga teng bo‘ldi. Ush
bu natijalar 2011–2015yillar doirasida hisoblandi. Birgina Suriya
davlatining o‘zi ko‘rgan iqtisodiy zarari 259 milliard AQSH dol
lariga teng bo‘ldi.
2000yildan 2016yilga qadar dunyoda 72 ming 135 ta ter
rorchilik harakatlari sodir etilgan. Ularning 55% to‘rtta davlat
– Iroq, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston hududida amalga
oshirilgan. 169 ming 572 nafar odam terrorchilik harakatlari qur
boniga aylandi. 260 ming 684 nafar odam jarohat oldi.
2015yili dunyodagi 163 ta mamlakat ichida 92 ta davlat ter
rorchilik harakatlaridan zarar ko‘rdi. Ulardan Afg‘oniston, Suri
ya, Pokiston, Iroq, Nigeriya va Yaman davlatlari terrorchilik ha
rakatlaridan eng katta zarar ko‘rgan hududlar bo‘ldi.
64
2015yili terrorchilik harakatlari natijasida halok bo‘lgan
odamlar soni 29 ming 376 tani tashkil etdi. Ularning eng ko‘pi,
ya’ni 11 ming 900 nafari Iroq, Nigeriya va Afg‘oniston davlatlari
ga to‘g‘ri keldi. Boshqa davlatlarda esa halok bo‘lgan odamlar so
ni 2014yilga nisbatan 14% ga oshdi, ya’ni 17 ming 476 nafarni
tashkil qildi.
Umuman olganda, o‘tgan asrning 90yillarining boshlarida
ko‘tarilgan va zo‘ravonliklar zanjirini vujudga keltirgan din niqo
bidagi ekstremizm to‘lqini hamon musulmon dunyosida real xavf
sifatida saqlanib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |