56
Qadim zamonlardanoq o‘lkamizda zardushtiylik, buddaviy lik,
yahudiylik, nasroniylik kabi dinlar mavjud bo‘lgan. Eng qadi
miy va keng tarqalgan dinlardan biri bo‘lmish
zardushtiylikning
vatani ham bizning yurtimizdir. Zero, u qadimgi Xorazmda
shakllanib, rivoj topgan.
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda buddizm ham muhim o‘rin
tutgan. Hattoki, Buxoro shahrining nomi ham «vaxara» – buddaviy
lar ibodatxonasi nomidan kelib chiqqan, degan fikrlar ham bor.
Markaziy Osiyoga islom dinining yoyilishi arafasida bu yerga
Eron orqali Suriyadan kirib kelgan nestorian yo‘nalishidagi nas
roniylik dini muhim mavqeni egallagan. VI asr boshlarida Sa
marqandda
nestorian yepiskopi, VIII asrda esa mitropoliti xizmat
qilgan. Shuningdek, qadimda hozirgi Toshkent va Xorazm viloyat
lari hududlarida nasroniy diniga mansub aholi ham yashagan.
VIII asrda Markaziy Osiyo arablar tomonidan zabt etilga
nidan so‘ng mintaqaga islom dini kirib keldi. Aholining bu din
ni qabul qilishi astasekinlik bilan, bir tekis bo‘lmagan hol
da yuz berdi. Aholining bir qismi o‘zlarining qadimgi dinlariga
e’tiqod qilishda davom etdi. Bu vaqtda islom va mahalliy din
larning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishuvi yuz berdi.
Movarounnahr xalqlarining islom diniga zid kelmaydigan ma’ri
fiyaxloqiy g‘oyalari, huquqiy me’yor va urfodatlari to‘la saqlanib
qoldi hamda islom ta’limoti asosida yanada sayqallandi.
Bu holat
Movarounnahrda islomning o‘ziga xos xususiyatlar kasb etishiga
sabab bo‘ldi. Bu ham yurtimizda uzoq yillar davomida shakllan
gan diniy bag‘rikenglik samarasi edi.
O‘lkada tinchlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda
islom ta’limotidagi o‘zga din vakillari bilan o‘zaro murosa yo‘lini
tutish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish va hamji
hatlikda yashashga chorlovchi tamoyillar ham o‘ziga xos aha
miyat kasb etdi. Ayniqsa, islom ta’limotidagi dinni qabul qilish
yoki qabul qilmaslik qalbga bog‘liq, insonning to‘liq ixtiyoridagi
amal deb qaralishi mintaqada diniy bag‘rikenglik muhiti barqa
ror bo‘lishi uchun asosiy omillardan bo‘ldi.
57
Bu ta’limot Qur’oni Karim oyatlari va hadisi shariflarga taya
nar edi.
Jumladan, Qur’oni Karimning «Baqara» surasi 256oya
tida «La ikroha fiddin» ya’ni, «Dinda zo‘rlash yo‘q» degan qoida
asosida dinni qabul qilish ixtiyoriy amal ekani va insonni zo‘rlab
biror dinga kiritish mumkin emasligi, har bir inson dinga muno
sabatini belgilashda erkin ekani qayd etiladi.
Bundan tashqari, yana bir oyatda: «Agar Rabbingiz xohla
sa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar
yoppasiga imon keltirgan
bo‘lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo‘min bo‘lishlariga majbur qi
lasizmi?!» (
Do'stlaringiz bilan baham: