Va terrorizmga


Islom bilim va ma’rifat dini



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/86
Sana06.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#321878
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

Islom bilim va ma’rifat dini. Islom dini inson manfaatlari va 
jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday kashfiyot va yan­
giliklarni yuksak qadrlagan, qo‘llab­quvvatlagan. Islom ta’limoti­
da ilmning yuksak qadrlanishini hadislar ham tasdiqlaydi. Buyuk 
bobokalonimiz Imom Buxoriy ta’kidlaganlaridek: «Dunyoda ilm­
dan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay». Albatta, islom ilm­ma’ri­
fatga asoslangan dindir. 
Islomning asosiy manbalari hisoblangan Qur’oni Karim ham­
da hadisi sharifda ilm o‘rganishga va uni o‘rgatishga targ‘ib 
qili nib, aksincha, ilmsizlik yoki uni o‘rganishga loqaydlik qat­
tiq qoralanadi. Jumladan, Qur’oni Karimning ilk nozil bo‘lgan 
oyatining o‘zidayoq Alloh taolo «O‘qi!» deb amr qildi. «Ilm» so‘zi 
turli ma’nolarda Qur’onda 811 o‘rinda takrorlanishi uning o‘rni 
qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatadi.
Rasululloh alayhissalom o‘zlarining ko‘plab hadislarida ilm 
egallashga, olimlarni yaxshi ko‘rishga chaqirganlar. Jumladan, 
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: «Ilm talab qilish har bir 
musulmonga farzdir» deb ta’kidlaganlar. Qur’oni Karimda: «Al­
loh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (ba land) 
daraja (martaba)larga ko‘tarur» (
Mujodala, 11
), deyilgan. Ibn 
Hajar Asqaloniy ushbu oyatni quyidagicha tafsir qiladi: «Albat­
ta darajalarni ko‘tarish ulug‘ fazlu marhamatga dalolat qiladi va 
dunyoda oliy martaba, shon­shuhrat kabi ma’naviy yuksak likni 
hamda jannatdagi oliy martaba kabi hissiy yuksaklikni o‘z ichi­
ga oladi». 
«Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri»da esa ush­
bu oyat quyidagicha tafsir qilinadi: «Ilm va olimlarning fazilat­


54
lari, ikki dunyoda erishadigan daraja va martabalariga doir oyat 
va hadislar juda ko‘p uchraydi. Rasul alayhissalomdan olim kishi­
ning bir kunlik ibodati ilmsiz obidning qirq yillik ibodatiga teng 
ekani, qiyomatda shafoat qilishi, agar u ta’lim ham bersa, Yer va 
osmonlardagi barcha jonzot Allohdan unga mag‘firat so‘rashi va 
boshqa ko‘p bashoratlar sahih hadislar orqali rivoyat qilingan. Su­
laymon alayhissalomga Alloh taolo ilm, boylik va podshohlikdan 
birini tanlashni buyurganida u ilmni tanlaydi. Ilmning sharo­
fatidan unga boylik va podshohlikni ham qo‘shib beradi».

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish