Va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish»


Kurs ishlari (loyihasi), bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish tartibi



Download 0,56 Mb.
bet53/57
Sana21.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#461366
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
ilmiy izlanish asoslari (1)

Kurs ishlari (loyihasi), bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish tartibi




Kurs ishi (loyihasi) himoyasi. Oliy ta’lim muassasida bakalavriaturaning to‘rt yil davomida har bir talaba o‘quv rejasiga binoan kamida 5-6 ta kurs ishlarini (loyihasi) bajaradi. Kurs ishlari (loyihasi) talabaning professor-o‘qituvchilar rahbarligida bajarilgan mustaqil ishi bo‘lganligi uchun uning natijasi, kafedra tomonidan tayinlangan dekanat tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, avvaldan belgilangan reja asosida himoya qilinadi.
Kafedra tomonidan berilgan topshiriqga asosan talaba kurs ishlarini to‘liq bajarib, rasmiylashtiradi va kafedraga rasmiy ravishda topshiradi, shundan so‘ng kurs ishi rahbarining ijobiy taqrizini olgandan so‘ng himoyaga qo‘yiladi.
Himoyaning o‘tkazilish tartibi quyidagidan iborat: komissiyaga taqdim etilgan ish komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi, e’tirozlar bo‘lmasa, muallifga 5-10 min ishning maqsadi, mohiyati, olingan natija va xulosalar haqida gapirishga ruxsat etiladi. So‘ng savol-javoblar bo‘lib, komissiya a’zolari va qatnashuvchilar e’tirozi bo‘lmasa, navbatdagi himoyaga o‘tiladi. Himoya vaqtida himoyachi – muallif kurs ishlari materiallaridan, grafik tasvirlari va qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga haqli hisoblanadi.
Himoya rejada ko‘rsatilgan barcha talabalar himoya qilingandan so‘ng, komissiya a’zolari xoli qolib, bir qarorga kelinadi va reyting sistemasiga asosan baholanadi. Shundan so‘ng himoyachilar, qatnashuvchilarning barchalari taklif etilib qo‘yilgan baholar e’lon qilinadi. Qoniqarsiz baholanganlar, akademik qarzdor hisoblanib, dekanat belgilangan rejaga asosan yana bir bor himoya qilishlari mumkin.
Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga so‘ng institut arxiviga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasi. Bitiruv malakaviy ishning oxirgi yakuniy bosqichi uni Yakuniy Davlat Attestatsiyasi komissiyasining ochiq yig‘ilishida himoya qilishdir.
Agar bitiruv malakaviy ish biror korxona buyurtmasi bilan bajarilgan bo‘lsa, uning himoyasi shu korxonada amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Qolgan barcha bitiruv malakaviy ishlarning himoyasi institutda o‘tkaziladi.
Himoya quyidagi tartibda amalga oshiriladi: talaba 10-15 daqiqa ichida o‘zining bitiruv malakaviy ishida bajargan asosiy masalalarni bayon qiladi. Bunda talaba tanlagan malakaviy ishining mavzusini asoslaydi, uning dolzarbligi, maksadi, vazifasi, ishlab chikarish korxonasining kiskacha tavsifi, har bir bobning kiskacha mazmuni, talaba tomonidan kiritilgan tavsiya va takliflar, ularni ishlab chikarish korxonasida qo‘llash natijasida olinadigan samaradorlikni bayon kiladi. Shuning uchun talaba bitiruv malakaviy ishining himoyasiga oldindan tayyorlanishi lozim.
Talaba himoyasini tugatgandan so‘ng unga Davlat Attestatsiyasi komissiyasi a’zolari va taklif etilganlar tomonidan savollar beriladi. Talaba ushbu savollarni yozib oladi va ularga javob beradi. Shundan so‘ng Davlat Attestatsiya komissiyasining kotibi tomonidan bitiruv malakaviy ish rahbarining fikrnomasi va tashqi taqriz to‘la o‘qib eshittiriladi. Talaba tashqi taqrizdagi kamchiliklarga o‘zining fikrini bayon qiladi. Berilgan savollarga va ko‘rsatilgan kamchiliklarga talabaning bergan javoblari aniq va asoslangan bo‘lishi kerak, chunki shu javoblar himoyaning umumiy bahosini belgilaydi. Ayrim savollar mavzuga tegishli bo‘lmasa, talaba bu savollarga javob bermaslik huquqiga ega, fakat buni izohlab berishi lozim.
Himoya tugagandan so‘ng talabaning bitiruv malakaviy ishi va uning himoyasini Davlat Attestatsiya komissiyasi 100 balli tizim asosida baholaydi. Talaba to‘plashi mumkin bo‘lgan ballar quyidagicha baholanadi:
86-100 % «A’lo»;
71-85 % «Yaxshi»;
55-70 % «Qoniqarli»;
55 % dan kam bo‘lsa «Qoniqarsiz».
Malakaviy ish himoyasida maksimal 100 ball quyidagi tartibda belgilanadi:

    1. Malkaviy ish mavzusining dolzarbligi – 10 ballgacha.

    2. Tushuntiruv yozuvining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi

– 20 ballgacha.

    1. Grafik qismining DAST talablariga muvofiqligi 15 - ballgacha.

    2. Talabaning himoyasi 35 – ballgacha.

    3. Berilgan savollarga javoblari 10 – ballgacha.

    4. Rahbar va taqrizchining fikrnomasi 10 – ballgacha.

Davlat Attestatsiya komissiyasining himoya natijasi bo‘yicha qabul qilgan qarori maxsus bayonnomalarda va talabaning sinov daftarchasida rasmiylashtiriladi. Ushbu qaror oliy o‘quv yurtini tugatganligi uchun ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha diplom olishiga asos bo‘ladi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish