Birlamchi hujjatlarga: nashrlarga chop qilingan va chop qilinmagan hujjatlar kiradi. Bunga: kitoblar (hajmi 48 betdan katta broshyuralar),
ilmiy, o‘quv, hujjatli, ilmiy-ommaviy va har bir ilm tarmoqlari hamda fanlar kiradi.
Kitob va hujjatlarning ichida ilmiy asosda muhimi bu – monografiya va yig‘malardir. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar o‘qitish maqsadida tayyorlanadi. Bularda hamma axborotlar ma’lum bir sistemada tayyorlanadiki, u o‘quvchilar uchun oson va qulay bo‘lishi kerak. Agar axborotlar davlat nomidan berilsa, bu rasmiy axborotlar turiga kiradi.
Ilmiy texnik axborotlarning operativ manbai, bu ma’lum vaqtlarda chiqib turuvchi uzlukli nashrlardir. Bularga: jurnallar va gazetalar kiradi. Bundan tashqari, muddatli nashrlar: har xil mehnatlar, olimlarning ishlari majmuasi, yangiliklar va h,k.
Maxsus informativ manbalarga: har xil standartlar, instruksiyalar, turli qoidalar, metodik ko‘rgazmalar va boshqalar kiradi. Axborot manbalarining muhimlaridan biri, bu patent axborotlari hisoblanadi va ularga kashfiyot va ixtirolar, sanoat mulkchiligi va ixtirochilarning haq- huquqi haqida eng yangi axborotlar beriladi. Patent hujjatlari eng yuqori haqiqatga ega, chunki uning yangiligi maxsus ekspertiza va tekshirishdan o‘tkaziladi.
Birlamchi nashr qilinmagan hujjatlarga: ilmiy-texnikaviy hisobotlar, dissertatsiya va deponirlangan qo‘lyozmalar, ilmiy tarjimalar, konstruktorlik hujjatlar, simpozium, seminarlar, ilmiy konferensiyalar, informatsion xabarlar kiradi.
Ikkilamchi hujjatlarga: ma’lumotnoma, sharhlar, referativli va bibliografik axborotlar kiradi.
Ikkilamchi chop etilmaydigan hujjatlarga: registratsion va axborotli kartalar, dissertatsiyalar hisob kartochkasi, deponirlangan qo‘lyozma va tarjimalar, kartochkalar, axborotli xabarlar kiradi.
Hozirgi vaqtda 50 dan ortiq dalatda o‘nli universal klassitfikatsiya (UDK) qabul qilingan. O‘nli universal klassifikatsiya (UDK) – axborotli sistemalar klassifikatsiyasi butun dunyo uchun keng qo‘llaniladigan fan, adabiyot va san’at ko‘rinishidagi sistemalashtirish, turli ko‘rinishdagi hujjatlarni va kartotekani tashkil qiladi.
UDK 20 asr boshlarida belgiyalik bibliograflar Polem Otle (Otlet) va Anri Lafontenom (Lafontanine) tomonidan tuzila boshlagan. Ammo, amerikalik bibliograf Melvillom Dyui AQShning Biblioteka Kongressi uchun 1876 yilda O‘nli klassifikatsiyani yaratish asosida bo‘lgan.
UDKning to‘liq jadval shaklida birinchi nashri 1905 yilda fransuz tilida tayyorlangan.
Hozirda bizda ham bu klassifikatsiya keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Uning asosiy vazifasi barcha axborotlarni bir sistemaga yig‘ish va ularni shu asosda izlash qulayligi hisoblanadi.
UDK - asosiy va yordamchi jadvallardan tashkil topganligini ko‘ramiz. Agar uning tarkibini ko‘rib chiqsak, asosiy jadvalda insoniyatning bilimi sistemaga kiritilgan.
UDKning asosiy bo‘limlari:
0-umumiy bo‘lim. Fan va bilim. Informatsiya. Hujjatlashtirish.
Biblioteka ishlari. Tashkilot.
Falsafa. Psixologiya.
Relegiya. Dinshunoslik.
Umumiy fan.
1962 yildan bo‘sh. Tarkibi 8-bo‘limga qo‘shilgan.
Matematika. Tabiiy fanlar.
Amaliy fan. Meditsina. Texnologiya.
San’at. Fotografiya. Musiqa. O‘yin. Sport.
Til bilish. Lingvistika. Badiiy adabiyot. Adabiyotshunoslik.
Geografiya. Biografiya. Tarix.
Har-bir bu klasslar, o‘z o‘rnida yana 10 bo‘limga bo‘linadi va ular ham yana 10 ta kichik bo‘lakchalarga bo‘linadi va h.k.
Yaxshi, qulay o‘qilish uchun har bir 3 sondan so‘ng, nuqta qo‘yiladi.
Masalan: 536-termodinamika, 53-fizika 5-matematika. Tabiiy fanlar va h.k. Bundan tashqari yordamchi jadvallar bo‘ladiki, ular ham keyingi maydalanishga yordam beradi.
UDK ning umumiy belgilari ham mavjud. Ular quyidagi 4.1-jadvalda keltirib o‘tilgan.
4.1-jadal
UDKning umumiy belgilari
Belgilanishi
|
Belgilar nomi
|
Ma’nosi
|
Misollar
|
+
|
Plyus
(qo‘shuv)
|
Qo‘shish
belgisi
|
622+669 Metallurgiya va
tog‘ ishi
|
/
|
Qiyshiq
chiziq
|
Kengaytirish
belgisi
|
592/599 Zoologiya
sistemalari
|
:
|
Ikki nuqtali
|
Oddiy munosabatlar belgisi
|
17:7 O‘zaro bog‘lanish san’ati va etikasi. San’at bo‘yicha etikaning o‘zaro
bog‘lanishi
|
::
|
Ikkita ikki nuqtali
|
Ketma-ketlikda
mustahkamlash belgisi
|
575::576.3 Sitogenetika
|
[ ]
|
Kvadratli
qavus
|
Gruppalash
belgisi
|
061.1(100):[54+66]
Xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi
|
*
|
Yulduzchali
|
O‘zlashtirish
belgisi
|
|
A/YA
|
Alfavitli
|
Alfavit
bo‘yicha ajratish
|
|
UDK bo‘yicha axborotlarni izlash quyidagi holatlar bo‘yicha aniqlanadi:
til bo‘yicha aniqlash;
xalq bo‘yicha aniqlash;
joyi bo‘yicha aniqlash;
vaqt bo‘yicha aniqlash;
holat, yuza va material bo‘yicha aniqlash.
Bulardan tashqari yana uch turda: defis, nuqtali nol, apostrof bilan ham aniqlanadi.
Bizda ilmiy-texnik davlat sistemasi juda rivojlangan. Texnikaviy- axborotlarning eng yangisi - bu ilmiy-texnik patent axborotlarida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |