Nazorat uchun savollar:
Bilimning vazifasi nima?
Ilmiy bilish turlarini aytib bering?
Bilim deb nimaga aytiladi?
G‘oya nima va uning turlarini aytib bering?
Gipoteza deb nimaga aytiladi?
Nazariyaning asosiy vazifalari nima?
Ilmiy bilish, ilmiy-tadqiqot qanday so‘zdan olingan va uning ma’nosi nima?
Kuzatish va eksperiment metodlar deganda nimani tushunasiz?
Ijodiy izlanish etaplarini aytib bering.
3-Mazvu: Ilmiy izlanish yo‘nalishini tanlash va ularning
bajarilishi
Asosiy savollar:
Ilmiy izlanish ishlarinig turlanishi va uning strukturasi
Ilmiy izlanish yo‘nalishini tanlash
Ilmiy izlanish yo‘nalishi bo‘yicha ishlarning bajarilishi
Tayanch tushuncha va iboralar: izlanish ob’ekti, predmeti; fundamental izlanish; amaliy izlanish; izlanishli izlanish; tajriba; kompleks muammo; DITD; nazariy izlanish etapi; ilmiy ish xulosalari.
Ilmiy izlanish ishlarinig turlanishi va uning strukturasi
Ilmiy izlanish maqsadi - ob’ektning, jarayon va hodisalarning bog‘liqlik strukturasini, bir-biriga munosabatini, fandagi ishlab chiqilgan prinsip va bilish usullari bilan har tomonlama haqiqiy o‘rganish, shu bilan birga insoniyatga foydali bo‘lgan, amaliyotga qo‘llaniladigan natijalarni olishdir.
Har qanday ilmiy izlanishda izlanish ob’ekti va predmeti bo‘ladi. Izlanish ob’ektiga material yoki ideal sistema kiradi. Predmetiga esa, shu sistema strukturasi, ichki va tashqi qonuniy bog‘liqligi, rivojlanish qonuniyatlari, har-xil xususiyatlari, sifati va boshqalar kiradi.
Ilmiy izlanish: umumiy ishlab chiqarish turiga va xalq xo‘jaligiga qanchalik muhimligiga, maqsadli bo‘lishi bilan mablag‘ manbaiga va izlanish muddatiga qarab turlanadi.
Umumiy ishlab chiqarish bo‘yicha: yangi texnologik jarayonlarni, mashina va konstruksiyalarni yaratishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, mehnat sharoitini yaxshilash va inson shaxsini rivojlantirishga va h.k. bo‘linadi.
Maqsadli bo‘lishi bilan ilmiy izlanish: fundamental, amaliy va ishlab chiqarishda qo‘llaniladiganlarga bo‘linadi.
Fundamental izlanish – kashfiyot ochish, yangi hodisalarni va yangi izlanish prinsiplarini yaratish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda noaniqlik darajasi katta bo‘ladi.
Amaliy izlanish - insoniyat fa’oliyati uchun kerak bo‘ladigan tabiat qonunlarini ishlatish usullarini, yangi bo‘lgan ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan jihozlarni, qurilmalarini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bu izlanish o‘z o‘rnida: ilmiy-izlanishli va tajriba-konstruktorlik ishlariga bo‘linadi.
Izlanishli izlanish fundamental ilmiy izlanish natijalaridan kelib chiqqan holda, ob’ektga ta’sir qiluvchi, yangi texnologiyani va texnikani axtarishga yo‘nalgan bo‘ladi.
Ilmiy izlanish ishlari natijasida yangi texnologiya, tajriba qurilmasi, asbob-uskunalar va h.k. yaratilinadi.
Fundamental va amaliy izlanish natijasida yangi ilmiy axborot paydo bo‘ladi.
Tajriba-konstruktorlik ishlarida konstruktiv tavsiflarni tanlash bajariladi, chunki bunda jihozlar konstruksiyasini mantiqiy asosini tashkil qilishi kerak.
Ishlab chiqarishga bevosita ishlatiladigan natijalar - ishlab chiqilmalar deb ataladi.
Ilmiy izlanishlar o‘zining muhimlik darajasi bo‘yicha:
muhim ishlarga, fan va texnika qo‘mitasi buyurtmasi, qarori dasturlari bo‘yicha bajariladigan;
tarmoq vazirligi yoki boshqarmalari rejasi bilan bajariladigan ishlarga;
ilmiy izlanish tashkilotlari tashabbusi va rejasi bo‘yicha bajariladigan ishlarga bo‘linadi.
Mablag‘ manbai bo‘yicha: davlat byudjeti, xo‘jalik shartnomasi asosida bajariladigan va to‘lovsiz ilmiy izlanish ishlariga bo‘linadi.
Har qanday ilmiy izlanishni ma’lum bir yo‘nalishda ko‘rish mumkin. Ilmiy yo‘nalish deb, shunday fan yoki kompleks fanlarga aytiladiki, qaysikim shu oblastda izlanish olib borilgan fundamental va nazariy eksperimental masalalarni hal etishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot sohasi
tushuniladi.
Shundan kelib chiqqan holda ilmiy yo‘nalishlar quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linishi mumkin: texnikaviy, biologik, ijtimoiy, fizikaviy- texnikaviy, tarixiy va h.k. Bularni yana har biri bo‘yicha detallashtirish mumkin.
Ilmiy izlanish strukturaviy birligiga: kompleks muammolar, mavzular va ilmiy savollar kiradi.
Kompleks muammoga – bir qancha muammolar bir butun maqsadga yo‘naltirilgani tushunilsa, muammosida murakkab nazariy va amaliy topshiriqlar tushuniladi, chunki hayotda ularni yechishga to‘g‘ri keladi.
Muammoning tarkibiy qismiga ilmiy ishlar mavzusi kiradi. Izlanish vaqtida shu mavzu bo‘yicha bir muncha natijalar javob tariqasida olinadi.
Bir qancha mavzular natijasi esa muammoning yechimini berishi mumkin.
Ilmiy savollar esa mavzudan kichikroq ilmiy topshiriq hisoblanadi, ularning javoblari mavzular javobi hisoblanadi, chunki ular aniq ilmiy topshiriqlar bo‘yicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |