Va neoklassik modellari



Download 237,57 Kb.
bet1/10
Sana17.07.2022
Hajmi237,57 Kb.
#815529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
13-мавзу


13-MAVZU. IQTISODIY O‘SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA NEOKEYSNSCHA VA NEOKLASSIK MODELLARI
Reja:
1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi.
2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari
3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
4.Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli
5.R.Solouning neoklassik modeli asoslari.
6. R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni o‘sishing barqaror muvozanati va iqtisodiy o‘sishga ta’siri.
8.Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi».
9. Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari.
10. O‘zbekistonda iqtisodiy o’sishni ta’minlash omillari va natijalari

Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi.
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqa-rish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda joriy yildagi real YaIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi:
Y t
AY= x 100
Yt-1
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi- yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini, ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:

  • tabiiy resurslar soni va sifati;

  • mehnat resurslari soni va sifati;

  • asosiy kapital hajmi;

  • texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;

  • jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.

Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko‘proq yalpi talab bilan belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni
modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi.
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar - talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:

  • bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;

  • iqtisodiyotdagi soliq muhiti;

  • kredit-bank tizimi samaradorligi;

  • iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o‘sishi;

  • eksport hajmining o‘sishi;

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash

imkoniyatlari;

  • daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.

Agar osish qoshimcha resurslarni jalb etish hisobiga taminlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan ortacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
Ekstensiv iqtisodiy osish yangii korxonalar, yollar, elektrostansiyalar qurish , yangi erlarni ozlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qoshimcha jalb etish kabilar hisobiga taminlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning malum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy osish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qoyadi.
YaIMning osishi iqtisodiyotda band bolganlar sonidan yuqori suratga ega bolsa intensiv ihtisodiy osish roy beradi.
“Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko‘zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo‘ladi:

  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;

  • xodimlar malakasini oshirishda;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”1-
Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko‘proq ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YAIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega.
14.5-jadval
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning YaIMdagi hissasi86



Omillar

2009-2012

2013-2014

2015-2017

1.

Taklif omillari

62

55

53

2.

Talab omillari

22

25

26,5

3.

Taqsimot omillari

16

20

20,5



Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, omilli tahlillar shuni ko‘rsatadiki uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uning bilvosita ya’ni talab va taqsimot omillari uning bevosita omillari, ya’ni taklif omillaridan ko‘proq samara berar ekan.
2009 yilda bevosita va bilvosita omillarning ulushi mos ravishda 62 va 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda ushbu nisbat mos ravishda 53 va 47 foizni tashkil etgan. Bunga o‘z navbatida ichki va tashqi talabni rag‘batlantirish bilan bog‘liq chora tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
Kelgusi yillarda esa bu nisbat yanada ortishi kutilmoqda, bunga eng avvalo makroiqtisodiy siyosatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar ta’sir etishi prognoz qilinmoqda.
Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeLI
Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha:

  1. ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan;

  2. iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;

Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani o‘oldaa, yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:

  1. taklif tenglamasi;

  2. Talabtenglamasi;

  3. talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.

  1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish AK a miqdorga o‘sadi:

AYs= AK a , AK investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
AYs= I a deb yozish mumkin. , bunda,a - kapital quyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so‘mga oshirish uchun 4 mlrd so‘m investitsiya talab etilsa a =0,25 bo‘ladi. a=AYs / I bir so‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.

  1. Talab tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega

AYd= A I (1/ ц) , bu yerda 1/ ц - xarajatlar multiplikatori, ц- jamg‘arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad A Yd, yoki yalpi talab qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ko‘payishiga teng miqdorda o‘sishini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish to‘plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko‘payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo‘shimcha investitsiyalargina ko‘rib chiqilaadi.

  1. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo‘shimcha o‘sish sur’atlari tengligi tenglamasi:

A I (1/ ц) = I a
Bu tenglamani echib suyidagi natijani olamiz:
A I / I = ц a
(A I /I ) - investitsiyalarning yillik o‘sish sur’ati bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to‘liq bandlilikni ta’minlab turish uchun
a) miqdorga teng bo‘lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o‘sish sur’atijamg‘arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi (kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar ц = 0,2 a=0,4 bo‘lsa A I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
190
Demakinvestitsiyalarning o‘sish sur’ati 8% bo‘lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg‘arish normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.

Download 237,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish