Qisqacha xulosalar
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish potensial YaIM hajmining uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. U o‘sish ishlab chiqarish natijalari va omillarida ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarini xarakterlaydi.
Iqtisodiy o‘sish real YaIM ning, yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM ni o‘sish sur’ati bilan o‘lchanadi.
Iqtisodiy o‘sish taklif, talab va taqsimot omillari bilan belgilanadi.
Iqtisodiy o‘sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mehnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshqalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko‘ra iqtisodiy o‘sish ekstensiv va intensiv turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish resurslar miqdorini o‘zgartirmagan holda o‘ssa, intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari deganda iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniqlash va qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar (Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy o‘sishning asosiy omil investitsiyalar deb qaraladi. Jamg‘arish normasini ko‘tarish orqali
192
investitsiyalarni ko‘paytirish va ularning samaradorligini oshirish ihtisodiy o‘sish shartlari deb qaraladi.
Klassik modellarda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning barcha omillariga bog‘liq, mehnat va kapital o‘zaro almashiniladi deb qaraladi. Shunga ko‘ra kapitalning ma’lum darajasida mehnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi, o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmi ham turlicha bo‘ladi.Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) o‘z modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. Ushbu model iqtisodiy o‘sishning muvozanatli traektoriyalarini tadqiq qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Mazkur model o‘sayotgan asosiy kapitalning jon boshiga mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga olib kelishi mexanizmini ko‘rsatadi. R. Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. SHunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.
Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini Dj. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan.
Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta’minlaydigan daromad va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |