R.Solouning neoklassik modeli asoslari. Iqtisodiy o‘sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya’ni dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va birinchi planga nafaqat foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga potensial mumkin bo‘lgan o‘sish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan davrda paydo bo‘ldi. Shu sababli iqtisodiy o‘sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‘sdi. Bu firmalar o‘z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga tayangan holda, mikrodarajada o‘sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. Ta’kidlangan modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va V.Leontevning ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanishdi. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o‘sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga muqobil bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol kirishishga undadi. Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o‘z resurslaridan potensial o‘sishga erishish maqsadi to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi. Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat, kapital va erni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi ishlab chiqaish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi. Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari (omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bilan belgilanadi. Noklassik maktab nazariyotchilari iqtisodiy o‘sishning neokeynscha nazariyalarini uch jihat bo‘yicha tanqid qildilar:
birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o‘sishning bir omiliga- kapital jamg‘arishga (investitsiyalarnining qo‘shimcha o‘sishiga) qaratishdi. Boshqa omillar(ayniqsa texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, ya’ni ishchi kuchining ma’lumot darajasi va malakasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi ishchi kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‘shimcha o‘sishini ta’minlash mumkin deb hisobladilar;
ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti-s (s= I / A Y )ni o‘zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa ikki ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o‘zaro bir-birini almashtirishini (substitut ekanligini) ko‘zda tutib bu koeffitsent o‘zgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning berilgan texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga resurslarning turli kombinatsiyalarini qo‘llab erishish mumkin degan xulosa chiqadi;
uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni avtomatik tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar.
195
Neokeynschilardan farqli ravishda, neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o‘sishning balanslashganligini ta’minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o‘sishning balanslashganligini ta’minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror pul tizimiga ham bog‘liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, davlatning iqtisodiyotga aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil sifatida qarab, inflatsion davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar. Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash xususiyatiga egadir. Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda ”Iqtisodiy o‘sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnologik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan ifodalangan87. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro kombinatsiyalari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni: Y= f(L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida erning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog‘liq deb olingan. Y= f(L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha: Y= (AY/ A L) L + (AY/ AK)K , bu yerda: AY/ A L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL); AY/ AK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK). Solou modeliga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o‘stirish hisobiga ta’minlanishi mumkin. Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik darajasining (k= K/L) funksiyasi, ya’ni y=f