G'alla kombaynlarining umumiy tuzilishi. Har qanday g'alla kombayni o'rgich, yanchish apparati, somon elagich, don tozalagich, don bunkeri va somon to'plagich kabi qismlardan iboratdir. G'alla kombaynining texnologik ish jarayoni quyidagi tartibda bajariladi (2.5.2-rasm).
Bo'lgich 2 kombayn qamrov kengligiga teng keladigan g'allani o'rilmagan da- ladan o'rgichga ajratib beradi. O'rgich motovilosi 3 ning parraklari poyalarni to'plab, o'rish apparati 1 ga engashtirib beradi. O'rish apparati 1 ning segmentlari
2.5.2-rasm. G'alla kombaynining sxemasi:
1o'rish apparati; 2bo'lgichlar; 3motovilo; 4o'rgich shnegi; 5moslanuvchan qiya transportyor; 6qabul qilish biteri; 7yanchish barabani; 8don bunkeri; 9bunkerdagi donni bo'shatuvchi shnek; 10don taqsimlovchi shnek; 11qaytaruvchi biter; 12don ko'targich; 13motor; 14somon elagich; 15somon niqtalagich; 16somon to'plagich; 17somon elagich krivoshipi; 18boshoqlar shnegi; 19ustki g'alvir; 20pastki g'alvir; 21boshoq ko'targich; 22don shnegi; 23ventilator; 24don aralash- masini suruvchi taxta; 25baraban tagligi (deka).
o'rg£pdan so'ng, poyalar o'rgich tubiga tushadi. O'rilgan g'allani shnek kurakchalari yordamida ikki chetdan o'rtaga surib, to'plab, moslanuvchan trans- portyor 5 ga uzatadi. Transportyor esa g'allani qabul biteri b ga yetkazadi. Biter g'allani yanchish apparatining barabani 7 bilan uning tagligi (deka) 25 orasidagi tirqishga uzatib beradi. Baraban g'allani katta tezlikda tor tirqishdan siqib olib o'tayotib, taglik ustida intensiv ravishda sidirib yanchadi. Natijada donning 80...85%i boshoqlardan ajralib, aralashma holida taglik teshiklaridan o'tib, suruv- chi transport taxtasi 24 ga tushadi.
Yanchilgan somon don qoldiqlari bilan birgalikda baraban tagidan otilib chiqayotib qaytaruvchi biter 11 ga uriladi, natijada don qoldiqlarining bir qismi ajralib tushadi. Somon elagich 74 ning somonni silkitib orqa tomonga surishida don va boshoq qoldiklarining qolgan qismi ham elanib, ajralib pastga, transport taxtasiga tushadi. Elangan somon to'plagich 16 da zichlanib to'planadi.
Transport taxtasining ilgarilanma-qaytarma harakati natijasida uning ustiga tushgan don aralashmasi g'alvirlarga surib keltiriladi. Transport taxtasining taroqsi- mon qismi don va chorini ustki g'alvir 19 sirtining birinchi yarmiga bir tekis taqsimlab tushiradi. Ustki 19 va pastki 20 g'alvirlar donni elash uchun tebranma harakat qiladi. Ustki g'alviming ko'zlaridan don va mayda xas-cho'plar pastga tushadi, chorining yirigi ustki g'alvirning uzaytirgichida qo'shimcha elanadi va undan boshoqlar ajratib olinib, pastga boshoqlar shnegi 18 ga tushiriladi. Bu shnek boshoqlarni kombaynning chap chetiga surib, boshoqlar elevatori 21 ga yo'naltiradi. Elevator boshoqlarni qayta yanchish uchun qaytaruvchi biter 11 ning ustiga eltadi. Pastki va ustki g'alvirlar ustidagi chorining yengil bo'laklari pastdan yuqoriga ventilator 23 ning havo oqimi tasirida uchirilib, somon to'plagichga yetkaziladi. Pastki g'alvirdan tushgan don elevator 12 yordamida don bunkeriga tushadi. Bunker to'lgach, undagi don maxsus shnek 10 yordamida transport vosi- tasiga ortiladi.
2.5.3-rasm. Kombayn o'rgichining sxemasi:
1-o'rgich korpusi; 2korpusni yer relyefiga moslab yuruvchi tayanch boshmog'i; 3o'rish apparati; 4motovilo; 5sirpangich; 6motovilo to'sini; 7qo'shoq- lanish (blokirovka) mexanizmi; 8motoviloni ko'tarib turish gid- rotsilindri; 9shnek; 10kompen- satsion (yordamchi) prujinalar;11-osish moslamasi; 12o'rgichni ko'tarib-tushiruvchi gidrosiiindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |