O'rgichlar. O'rgichlar boshoqli va dukkakli ekinlarni o'rish uchun mo'ljallangan bo'lib, ular quyidagi turlarga bo'linadi: qatorga uyumlovchi va kombayn o'rgichi.
Qatorga uyumlovchi o'rgichlar traktorga o'rnatilgan bo'lib, g'allani dumbul davrida o'rib, uyumlab, qatorga ang'iz ustiga yotqizib ketadi. Qatorga uyumlovchi o'rgichlarning tirkalma va osma xillari bo'ladi. Ayrim osma o'rgichlar faqat trak- torlarga o'matilsa, boshqalari esa o'ziyurar shassilarga va kombaynlarga o'rnatiladi.
Kombayn o'rgichi kombaynning o'ziga o'matildi. O'rgichning korpusi 7 ga o'rish apparati 3, motovilo 4 o'rnatiladi. O'rgichni aynan yer relyefiga moslab yurituvchi tayanch boshmoq 2, osish moslamasi 77, kompensatsion prujinalar 10 va shnek 9 ko'rinishidagi transport vositasi kabilar o'rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |