Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Shirin taomlar qanday tasniflanadi? Shirin taomlarni tayyorlash sxemasini tuzing va ularni suzib berish vaqtidagi haroratini ko‘rsating.
Yangi, konservalangan va qoqi qilingan mevalardan kompotlar qay yo‘sin tayyorlanadi?
Qora qorag'atdan (smorodinadan) kisel tayyorlashning texnologik chizmasini tuzing.
Limondan dirillama qanday tayyorlanadi va suzib beriladi?
Klyukvadan muss tayyorlashning texnologik chizmasini tuzing.
Olmadan sambuk qay tarzda tayyorlanadi va suzib beriladi? Sambuk mussdan nimasi bilan farq qiladi?
Issiq shirin ovqatlar nomini ayting. Ushbu mahsulotlar: oq non, sut, tuxum, sariyog1, konservalangan mevalar, o‘rik qaylasidan tayyorlanadigan taomning nomini aniqlang.
Retsepturalar to‘plamidan foydalanib, olmali sharlotkadan 50 porsiya tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlar miqdorini toping.
Jelelangan shirin ovqatlar sifatiga qanday talablar qo‘yiladi?
Baholash vositalari
Nimalar baholanadi?
Nazariy bilimlar;
Amaliy ko’nikma va malakalar;
Xulq- atvor va shaxsiy fazilatlar.
|
|
2-Slayd
Qachonbaholanadi?
Ta’lim jarayoni boshida ( B.N )
Ta’lim jarayoni davomida (J.N, O.N)
Ta’lim jarayoni yakunida ( Ya.N )
|
3-Slayd
“A’lo” baho:
”Oshpazlik o’quv amalioti ” fanidan o’tilgan mavzu mazmunini chuqur va to’la egallab olgani, o’quv materialidagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’rganiladigan bilimlarni mazmun jihatidan ajrata bilganligi, o’qituvchi tamonidan berilgan savollarga erkin, ijodiy fikirlab javob qila olgani, aytilgan ta’rif va tushunchalarni izohlay bilgani, shuningdek, javoblarni to’g’ri usulda, ijodiy, ishonchli va bexato bo’lishi.
|
4-Slayd
“ Yaxshi” baho:
” Oshpazlik o’quv amalioti” fanidan o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv materialining mazmunini chuqur va to’la o’zlashtirgani, o’rganilgan tushunchalar ta’riflarini to’la bayon eta olishi, berilgan topshiriqni bajarish malakasiga ega bo’lganligi, lekin topshiriqlarni bajarishda noaniqliklarga, javob mazmunida, shakli va uslubida ayrim xatolarga yo’l qo’yilganligi.
|
5-Slayd
“Qoniqarli” baho:
” Oshpazlik o’quv amalioti” fanidan oquv materialidagi asosiy bog’lanish va qoidalarni o’rganganligi, tushunganligi, lekin tushunshalarni, amaliy topshiriqlar mazmunini yetarli darajada chuqur egallab olmaganligidan dalolat beradigan xatolarga yo’l qo’yilishi, aytadigan fikirni bayon eta olmasligi. Javobda birlik yo’qligi. Javob to’g’ri bo’lsa ham, u alohida, tarqoq fikirlardan iborat bo’lishi. Javob berishda ikkilanish borligi, ko’p hollarda ta’lim beruvchining yordami bilan javob berishi.
|
6-Slayd
“ Qoniqarsiz” baho:
” Oshpazlik o’quv amalioti” fanidan tizimsiz, tarqoq bilimlarga ega bo’lganligi. Nazariy amaliy va laboratoriyatopshiriqlar mazmunini bir- biridan farqini bilmasligi. Javob berish mazmunida qo’pol xatolarga yo’l qo’yishi”Avtomat va yarim avtomat mashinalari elektr-payvandchisi” o‘quv amaliyotidan yod olingan iboralarni takrorlay olishi, lekin, amaliy va laboratoriya topshiriqlarini mustaqil bajara olmasligi.
|
7-Slayd
“Boshlang’ich nazorat” Test savollarini baholash mezoni
14- 17 ta to’g’ri javob - ”3” baho (55%-69%)
18- 21 ta to’g’ri javob - ”4” aho (70%-84%)
22-25ta to’g’ri javob - ”5” baho (85%-100%)
Do'stlaringiz bilan baham: |