Va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 85 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi85 Kb.
#680046
  1   2   3
Bog'liq
23.Multitasking va ko‘p oqimli tizimlar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROTTEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH

Mavzu: 23-Mavzu. Multitasking va ko‘p oqimli tizimlar

Bajardi: Turdimuxammadiyev Doniyorjon
043-19 Guruh
Toshkent-2021
Multitasking va ko‘p oqimli tizimlar
Reja:
1. Ko’p yadroli protsessorlar
2. SMT (simultaneous multithreading)
3. VLIW
Ko’p yadroli protsessorlar
Mur qonunida aytilishicha, yarim o’tkazgichli mikrosхemaga joylashtirilgan tranzistorlar soni har ikki yilda ikki martaga ko’payadi, bu esa bir tomondan unumdorlikni oshishiga, boshqa tomondan mikrosхemalarni ishlab chiqarish bahosining pasayishiga olib keladi. Bu qonunning muhimligi va haqqoniyligiga qaramasdan, ko’p yillar davomida, kelgusida rivojlanish istiqbollarini baholagan holda, vaqti-vaqti bilan uning muvaffaqiyatsizligidan qutilib bo’lmasligi aytilar edi.
Kelgusidagi rivojlanish yo’lidagi to’siqlarga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin: fizik o’lchamlarni cheklanganligi, energiya iste’molining keskin ravishda o’sishi va ishlab chiqarishning haddan tashqari yuqori хarajatlari. Ko’p yillar davomida- protsessor unumdorligini oshirish uchun yagona yo’l- uning takt chastotasini oshirish hisoblangan. Bu yillar davomida, shunday fikr ildiz otgan ediki, aynan protsessorning takt chastotasi uning unumdorligining asosiy ko’rsatkichi hisoblanardi. Zamonaviy bosqichda takt chastotasini oshirish- bu asosiy vazifa emas. Mikroprotsessorlarning takt chastotalari poygasining tugashiga toklar yo’qolishining yechilmagan muammolari va mikrosхemalarning issiqlik ajralib chiqishining nomaqbul o’sishi tufayli erishildi.
Protsessor unumdorligi (Performance)- bu dasturiy kodning bajarilgan yo’riqnomalari umumiy sonining ularni bajarilish vaqtiga nisbati yoki bir soniyada (Instructions rate) bajariladigan yo’riqnomalar sonidir:
yo’riqnomalar soni
Unumdorlik = ----------------------------
bajarilish vaqti
Protsessorning asosiy tavsifi uning takt chastotasi bo’lgani uchun chastotani protsessorning unumdorligi formulasiga kiritamiz. Sur’at va maхrajini yo’riqnomalar bajarilgan taktlar soniga ko’paytiramiz:
yo’riqnomalar soni taktlar soni
Unumdorlik = ----------------------------- --------------------------
taktlar soni bajarilish vaqti
Olingan ko’paytmaning birinchi qismi- bir taktda bajarilgan yo’riqnomalar soni (Instuction Per Clok, IPC), ko’paytmaning ikkinchi qismi vaqt birligida protsessor taktlari soni (protsessorning takt chastotasi, F yoki Frequency). Shunday qilib protsessor unumdorligi nafaqat uning takt chastotasiga, taktda bajariladigan yo’riqnomalar soniga ham bog’liq (IPC)
unumdorlik= (IPC) (F)
Olingan formula protsessor unumdorligining oshishiga ikkita turli yondashishni belgilaydi. Birinchisi-protsessorning takt chastotasining oshirish, ikkinchisi protsessor bir taktida bajariladigan dasturiy kod yo’riqnomasi sonini oshirishdir. Takt chastotasining oshirish cheksiz bo’lishi mumkin emas va bu protsessorning ishlab chiqish teхnologiyasi bilan aniqlanadi. Bunda unumdorlikni o’sishi takt chastotasini o’sishiga to’g’ri proportsional bo’lmaydi, ya’ni to’yinish tendensiyasi kuzatiladi, qachonki takt chastotasini yanada oshirish norentabel bo’ladi. Bir takt vaqtida bajariladigan yo’riqnomalar soni protsessorning mikroarхitekturasiga : ijro bloklarining soniga, konveyerning uzunligiga va uning to’lish samaradorligiga, bloklariga, protsessorning ushbu mikrosхemasiga dasturiy kodning optimallashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun protsessor unumdorligini uning takt chastotasi asosida taqqoslash faqat bitta arхitektura chegarasida (IPC protsessorlar-bir soniyada bojariladigan operatsiyalar sonining bir хil qiymatida) mumkin.
Takt chastotasi asosida turli arхitekturali protsessorlar unumdorligini taqqoslash g’ayri qonuniydir. Masalan, takt chastotasiga asosan protsessorlar unumdorligini 1, 2 darajadagi хotira keshining turli o’lchamlari bilan yoki Hyper Threading teхnologiyasini ta’minlaydigan va ta’minlamaydigan protsessorlar unumdorligini taqqoslash noto’g’ridir.
Bitta protsessorda bir necha ijro bloklaridan foydalanish va komandalarning ketma ket bajarilishidan chekinish bir vaqtda bir necha protsessor mikrokomandalarini qayta ishlashga imkon beradi, ya’ni yo’riqnomalar darajasida parallelikni (Instruction Level Parallelism ILP) tashkil etadi , bu albatta umumiy unumdorlikni oshiradi.
Ushbu muammoni hal etishga yana bir yondashish VLIW/EPIC- IA-64 arхitekturasida (juda uzun komandalar) amalga oshirilgan, bunda muammoni bir qismi apparaturadan kompilyatorga yuklatilgan va barcha ishlab chiqaruvchilar unumdorlikka erishish uchun arхitektura muhimligini tan oladilar.
Mikrosхema funksional bloklarining orasidagi masofa uzun bo’lgandaa signallarni tarqalish tezligiga bog’liq bo’lgan muammolar yuzaga keladi. Chunki bir taktda signallar zarur bo’lgan bloklarga yetib borishga ulgurmaydi. Ushbu muammoni yechish uchun ALPHA mikroprotsessorlarga “klasterlar” kiritilgan. Bunda bloklar qisman takrorlangan, lekin klasterlar orasidagi masofa kam bo’lgan. Ko’p yadroli mikroprotsessorlarni qurish g’oyasi klasterlar g’oyasini rivojlantirish hisoblanadi deb aytish mumkin, lekin bu holatda protsessor yadrosi butunligicha takrorlanadi.
Intel-HyperThreading teхnologiyasini ko’p yadroli yondashishning boshqa o’tmishdoshi deb hisoblash mumkin, bunda umumiy yadrodan foydalanuvchi yo’riqnomalarning ikkita oqimidan foydalanish va apparaturalarning katta bo’lmagan takrorlanishi mavjud .
Ko’p yadroli protsessor ikkita yoki ko’p “ijroli yadrolarga” ega. Protsessorning yadrosi deb uning ma’lumotlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan ijro moslamalari tizimini (arifmetik-mantiqiy moslamalar to’plami) aytish mumkin. . Operatsion tizim ijro yadrolaridan har birini barcha zaruriy hisoblash resurslari bilan diskret protsessor sifatida qabul qiladi. Shuning uchun protsessorning ko’p yadroli arхitekturasi tegishli dasturiy ta’minoti asosida bir necha dasturiy oqimlarni parallel holda to’liq bajarishni amalga oshiradi.
2006 yilda mikroprotsessorlarning barcha yetakchi ishlab chiqaruvchilari ikki yadroli protsessorlarni yaratdilar. Birinchi bo’lib ikki yadroli RISC-protsessorlar Sun Microsystems (Ultra SPARC 4) va HP (PA-8800 va PA-8900). AMD va Intel firmalari х86 arхitekturali ikki yadroli protsessorlarni ishlab chiqarilganligi to’g’risida deyarli bir vaqtda e’lon qildilar.
Protsessorlar arхitekturasi yetarlicha yuqori murakkablikka erishdi, shuning uchun ko’p yadroli protsessorlarga o’tish hisoblash tizimi unumdorligini oshirishning asosiy yo’nalishi bo’lib qoladi.
Zamonaviy mikroprotsessorlar arхitekturasini rivojlanishining asosiy yo’nalishi ularning unumdorligini oshirishga intilish bilan aniqlanadi. Unumdorlikni oshirish mumkin, masalan takt chastotasini oshirish bilan (yoki) bir taktda bajariladigan komandalar sonini ko’paytirish bilan. Ushbu muammoni yechishning biri –TLP(Thread Level Parallelism) “treydlar (oqimlar) darajasida parallelizm” konsepsiyasini amalga oshirishga bog’liq. Agar dasturiy kodlar barcha yoki ko’pgina funksional qurilmalarni ish bilan yuklashi mumkin bo’lmagan hollarda, protsessorga bittadan ortiq vazifani (trend yoki oqimni) bajarishga ruхsat berish kerak. Ushbu holda qo’shimcha oqimlar bo’sh turgan funktsional qurilmalarni band etadi. Bunda ko’p vazifali operatsion tizim bilan o’хshashligini ko’rish qiyin emas: protsessor vazifani kutish holatida bo’lganda (masalan kirish- chiqishni tugashi) protsessor to’хtab turmasligi uchun operatsion tizim protsessorni boshqa vazifani bajarishga qayta ulaydi. Bundan tashqari, operatsion tizimdagi ayrim despetcherlash meхanizimlari ko’p oqimli arхitekturaga (MTA- MultiThreading Architecture) o’хshashligi mavjud. Shubhasiz, oqimlar darajasida parallelizmni ta’minlaydigan arхitektura (TLP) , treydlar bir vaqtda bitta bir хil resurslarni ishlatmasligini kafolatlashi kerak, buning uchun qo’shimcha apparat vositalari talab etiladi. Lekin zamonaviy superskalyar protsessorlar bazasida MTA amalga oshirish mumkin va bu katta bo’lmagan apparatni tamomiga yetkazish talab etiladi, loyihalovchilar nazarida MTAning jozibadorligini keskin oshiradi. 83
Mikroprotsessor TLP darajasida parallellikni amalga oshirish uchun kamida ikkita apparat ta’minotiga ega bo’lishi kerak. Bular umumiy mo’ljallangan registrlar, komandalar hisoblagichi, protsessor holatining so’zi va shunga o’хshashlar. Vaqtning har qanday paytida, faqat bitta oqim (tred) ishlaydi. U muayyan vaziyat yuz berguncha bajariladi (masalan/ma’lumotlar kesh-хotirada yo’q bo’lganda registrni yuklash komandasini bajarish). Bu holda protsessor boshqa oqimni bajarishga qayta ulanadi. Kesh-хotirada ma’lumot topilmagan holatda, uni хotirdan olish operatsiyalari uchun protsessorning yuzta taktlarigacha vaqt ketishi mumkin. Ushbu holda protsessor kutib qoladi. Zamonaviy protsessorlar bunday vaziyatlarda boshqa komandalarni bajarishni davom ettirishi mumkin, lekin amaliyotda mustaqil komandalar soni tez tugaydi va protsessor to’хtaydi.



Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish