Sana
Ishning bajarilish
darajasi
Talaba imzosi
Himoya natijasi ____________ball
Rahbar____________________________________
(imzo)
Mazkur hujjat 3 yil davomida kafеdrada saqlanadi
3
Mundarija:
Kirish………………………………………………………............................4
I-bob. Kvant kompyuteri……………………………………………………7
1.1 Kvant kompyuterlarning rivojlanishi…………………………………..9
1.2 Kvant kompyuterlarining yutuqlari…………………………………...12
II-bob. Kvant shifrlash va teleportotsiyasi………………………………..15
2.1 Kvant shifrlash………………………………………………………..16
2.2 Kvant teleportatsiyasi…………………………………………………17
Xulosa ………………………………………………………………………18
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………19
4
KIRISH.
Bir tarixiy misol keltiraman. XIX-asr o‘rtalariga qadar, odamlar orasida
axborot-xabar almashinuvning yagona vositasi qog‘ozga yozilgan va konvertga
joylangan oddiy xatlar bo‘lgan. XIX-asr o‘rtalarida avvaliga Maksvell
tabiatda elektromagnit to‘lqinlarning mavjudligini nazariy kashf qilib bergan edi.
Oradan ko‘p o‘tmay Genrix Gers ushbu to‘lqinlarning haqiqatan mavjudligini
amaliy isbotladi. o‘shanda ayrim skeptik shaxslar, hatto ba'zi olimlar ham bu
kashfiyotdan nima naf chiqishini tanqidiy muhokama qilib, uni behuda izlanishga
tenglashtirishgan edi. Holbuki, hozirda kundalik foydalanayotgan barcha texnologik
vositalar - smartfonlardan tortib, siz hozir foydalanib turgan kompyuterlar va
internet bog‘lanishigacha - hamma-hammasi o‘sha Maksvell nazariy kashf qilgan va
Gers amaliy isbotlagan bilimlar mahsulidir. Xat-xabar almashinuvi oddiy qog‘oz
xatlar vositasi kechgan davrlarda odamlar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan xabar
haqida 15-20 kunlab keyin bilishar edi. Qit'alararo aloqa esa oylab cho‘zilardi.
Elektromagnit to‘lqinlardan foydalanishga o‘tish orqali esa, avvaliga telegraf
vositasi dunyoning istalgan joyidan turib, istalgan boshqa joyga arzimagan
daqiqalarda xabar yetkazish imkonli bo‘ldi. Endilikda esa, siz narigi yarimshardagi
tanishingizni biror narsadan xabardor qilib qo‘yishingiz uchun qandaydir soniyalar
kifoya qilmoqda. Bularning hammasi, o‘z vaqtida shunchaki nazariya deb qaralgan
Maksvell ilmiy ishlarining mahsulidir.
Nobel-2016 sohiblari - Kosterlits, Tauless va Xoldeynlarning ham ilmiy ishlari,
ya'ni, nazariyalari endilikda XXI-asr kompyuter texnikasi sohasida yangi inqilob
yasashi kutilmoqda.
Ko‘pchiligimiz maktab fizika darslaridan yaxshi bilamizki, atom ichida,
aniqrog‘i uning markazida yadro mavjud bo‘lib, ushbu yadroning atrofida
elektronlar aylanadi. Har bir elektronning orbital joylashuvi turli energetik
darajalarga mos keladi. Ko‘p sonli atomlar o‘zaro birlashib, natijada yaxlit holdagi
qandaydir materiyani shakllantirganida, ushbu materiyaga birlashgan har bir
atomning energetik pog‘onalari o‘zaro uyg‘unlashib elektron hududini tashkil qiladi.
Bu hududni elektronlarning energetik hududi deb yuritiladi va ushbu hududda
5
muayyan miqdordagi elektronlar uchun joy mavjud bo‘ladi. Shunday har bir
energetik hududlar oralig‘ida, elektronlar harakatlana olmaydigan (o‘ta olmaydigan)
oraliq to‘siqlar turadi.
Masalaning amaliy ahamiyatiga kelsak, bu nazariyaning amalda qo‘llanishga
o‘tilishi, elektr energiyasi iste'mol qilish orqali ishlaydigan texnik va texnologik
jihozlarning keyingi taraqqiyotiga, masalan, aytaylik kompyuter sohasiga nihoyatda
katta ta'sirga ega bo‘ladi. Muammo shundaki, zamonamizning kompyuter va
internet zamonasi ekanligi haqidagi har qanday balandparvoz shiorlarga ters
ravishda, ushbu kabi texnika vositalarining energiya iste'moli nuqtai nazarida
nihoyatda qo‘pol va samarasiz ekanini ko‘pchilik tan olgisi kelmaydi. Oddiy
kompyuter va yoki noutbuk iste'mol qilayotgan elektr energiyasining katta qismi,
uning ichki elektronikasi va o‘tkazgich simlari tayyorlangan metallarning qarshiligi
sababli yuzaga keladigan issiqlik ajralib chiqishi jarayonini, ya'ni, detallarning
qizishini bartaraf etish uchun sarflanadi. Shu sababli ham kompyuteringiz keysi
ichida sovutgich parraklar (kuler) muttasil aylanib, shovqin ham chiqarib turadi.
Shunchaki ushbu qizish orqali kelib chiqadigan qo‘shimcha elektr energiya iste'moli
muammosini bartaraf etilsa, barcha elektronika texnik vositalarini, nafaqat
kompyuterlarni, balki, boshqa ko‘plab maishiy texnika va sanoat dastgohlarining
energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini chandon-chandon orttirish
mumkin. Bu esa, sovitish uchun sarflanayotgan energiyani tejashdan tashqari,
sanoatda sovitish maqsadlarida qo‘llanadigan maxsus vositalar (xladagentlar)
tufayli atmosferaga tashlanadigan zararli gazlar (uglerod oksidlari, freonlar)
miqdorining kamayishiga xizmat qilishi muqarrar. Bundan tashqari, oddiy
akkumulyatorlar va batareykalarni ham yanada samarador ishlaydigan va uzoqroq
muddat xizmat qiladigan qilib tayyorlash imkoniyati ochiladi. o‘ylaymanki, bunday
topologik materiallardan keng ko‘lamda foydalanishga o‘tilishi yaqin o‘n yilliklar
ichida real voqe'likka aylanadi. Chunki, hozirning o‘zida jahonning yetakchi ilg‘or
ilmiy dargohlarida bunday topologik materiallarni tayyorlash borasida allaqachon
amaliy tajribalar boshlab yuborilgan. Hozircha olimlarning diqqat markazida
kadmiy telluriti va simob telluriti asosidagi materiallar turibdi. Tajribalarda
6
muayyan muvaffaqiyatlar qayd etilgani ham xabar qilinmoqda. Lekin, bu borada
aniq xulosalar chiqarishga hozircha biroz erta.
Dunyo bo‘ylab axborot hajmi kundan-kunga ortib bormoqda. Statistikaga
ko‘ra, raqamli formatdagi axborot hajmining o‘zi yiliga 30% ga ko‘paymoqda ekan.
Yana o‘sha statistikada qayd etilishicha, oxirgi 5 yil ichida insoniyat tomonidan,
undan avvalgi butun tarix mobaynida ishlab chiqarilgan axborot hajmidan ko‘ra
ko‘proq axborot ishlab chiqarilgan emish. Nima bo‘lganda ham, qachonlardir
shunchaki ko‘l bo‘lgan va keyinchalik “axborot dengizi”ga aylangan informatsiya
yig‘indisi, endilikda allaqachon “axborot ummoni”ga aylanib bo‘lgani ham inkor
etib bo‘lmas haqiqatdir. Boz ustiga, zamonaviy dunyoda - paypoqdan tortib, kir
mashinagacha bo‘lgan - deyarli hamma narsa internetga ulanmoqda.
“Internet buyumlar” degan atama so‘nggi yillarda bot-bot quloqqa
chalinayotgani aynan shu tendensiya mahsulidir. Ya'ni, maishiy turmushdagi
mayda-chuydalardan tortib, yirik ijtimoiy obyektlargacha bo‘lgan narsalar hammasi
bir-biri bilan va odamzot bilan internet orqali ma'lumot almashib turadigan zamona
keldi. Bu esa, har lahzada dunyo bo‘ylab o‘ta ulkan hajmdagi yangi-yangi axborot
hajmi paydo bo‘layotganini bildiradi. Tahlilchilarning fikricha, yaqin 5-10 yil ichida
dunyo bo‘yicha internet narsalarga ulangan buyumlarning soni, internetdan
foydalanuvchi odamlar sonidan o‘sib ketar ekan...
Bunisi-ku mayli. Yaxshilikka harqalay. Chunki, alal-oqibat, internet-narsalar
siz bilan mening turmushimizni yanada farovonlashtiradi. Aytaylik, ayollarimizning
allaqachon ishxonaga yetib bo‘lib, birdan miyasiga uradigan “dazmolni o‘chirmay
chiqqan bo‘lsam-a???”- qabilidagi vahimali xayollariga o‘rin qolmaydi. Internet-
narsalar safida bo‘lgan dazmolingizni o‘zini, yoki, uyni elektr tarmog‘idan
masofadan uzib qo‘yish bilan xavotirni bartaraf etish mumkin bo‘ladi.
Lekin, boshqa muammo yuzaga chiqib keladi: jahonda shu darajada ulkan
hajmda kun sayin ortib boruvchi axborot hajmini qayerdadir saqlash; qayta ishlash
va superyuqori tezlikda uzatish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |