Endi, xuddi shu misoldagi oddiy tranzistor o‘rniga, kvant tranzistori (kubit)
tartibda emas, barki, bitta vaqt birligining o‘zida, ya'ni, birvarakayiga ijro qilishi
Albatta, aytilayotgan kvant kompyuterlari uchun kvant tranzistorlarini ishlab
chiqish juda-juda murakkab va serxarajat ish. Bunda olimlar kvant mexanikasi
14
qonuniyatlari amal qiladigan subatom zarralar bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelishidan
tashqari, kvant kompyuterlari bilan inson o‘rtasida muloqot o‘rnatadigan maxsus
dasturiy ta'minotni ishlab chiqish masalasi ham yuzaga chiqadi. Ya'ni, endilikda
kvant kompyuterlari uchun dasturlar, operatsion tizimlar va turli boshqa ilovalar
ishlab chiqishga xizmat qiluvchi maxsus kvant dasturlash tillari va kompilyatorlari
ham zarur bo‘ladi.
Hozirda kvant tranzistorlarining, ya'ni, kubitlarning turli xillari mavjud.
Masalan, “topologik kubitlar” deb nom olgan kubitlarni Microsoft korporatsiyasi
ishlab chiqqan. Lekin bu kubitlar favqulodda darajada nozik bo‘lib, arzimagan
shivirlash tovushi to‘lqinlari tufayli, yoki, issiqlik nurlanishi tufayli parchalanib
ketadi. Barqaror ishlash uchun, topologik kubitlarga –273 °C harorat zarur. Bunday
o‘ta past haroratni hosil qilish juda qiyin. Bu haroratni barqaror saqlab turish esa
undan-da qiyin. Lekin, topologik kubitlarning mazkur injiqliklariga yarasha ajoyib
ijobiy jihatlari ham mavjud. Xususan, bunday kubitlar vositasida ishlovchi kvant
kompyuterida saqlanayotgan axborotda deyarli xatolik bo‘lmaydi. Topologik
kubitlar asosida ishlab chiqilgan kvant kompyuteri, ishonchlilik nuqtai nazaridan
o‘ta mukammal bo‘ladi. Harholda, Microsoft korporatsiyasidagilar cho‘chimay,
shunday deb bayonot berishmoqda.
Kvant kompyuteri uchta asosiy darajadan iborat bo‘ladi: birinchi daraja - kvant
kompyuterining o‘zi. U mutlaq nol haroratga yaqin bo‘lgan o‘ta past haroratlarda
turuvchi kubitlardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi daraja - kriogen kompyuter. U ham
kompyuterning yangi bir turi bo‘ladi va u boyagi, mutlaq nol haroratga maksimal
yaqin haroratda turgan kubitlardan iborat kvant kompyuterining ishini boshqaradi.
Kriogen kompyuter kvant kompyuteridan sal yuqoriroq haroratda, ya'ni, –268 °C
sovuq haroratda ishlaydi. So‘nggi, uchinchi daraja esa, odam ishlashi uchun
moslashtirilgan jihozlardan iborat bo‘lgan interfeys kompyuteri (odam-mashina
interfeysi) bo‘ladi. Eng kamtarona taxminlarga ko‘ra, bunday kvant kompyuterlari
hozirda mavjud eng ilg‘or superkompyuterlardan 100-300 barobar tezkorroq bo‘lar
emish!