69
Manbaa:
@pharma_baza
natijasida koʻpchilik ferment molekulalarining yoki koʻpchilik ion kanallarining faolligi
oʻzgaradi. Birinchi marta yurakning
β
1
- adrenoretseptorlari bilan bogʻlangan G-oqsil kashf
qilingan. Yurak simpatik innervatsiyasini faollashishi natijasida
β
1
-adrenoretseptorlar
qoʻzgʻaladi. G- oqsili yordamida adenilatsiklaza faollashadi; ATF dan sAMF hosil boʻladi,
keyin, sAMF ga bogʻliq boʻlgan proteinkinaza
(P.K.A)
faollashadi buni natijasida
fosforillanish sodir boʻladi va Ca
+2
kanallari ochiladi. Sinoatrial tugun hujayralari ichiga Ca
+2
ionlarini kirishini koʻpayishi potensial harakatning 4-fazasini kuchaytiradi, yurak qisqarishi
tezlashadi. Ishchi miokard tolalariga Ca
+2
kanallarining ochilishi sitoplazmada Ca
+2
ionlari
konsentratsiyasini koʻpayishiga olib keladi
(Ca
+2
ioning kirishi, sarkoplazmatik retikulumdan
Ca
+2
chiqishiga sabab boʻladi)
. Ca
+2
ionlari troponin C bilan birikadi
(troponining tarkibiy
qismi - tropomiozin);
shunday qilib troponin-tropomiozinning aktin va miozinga
tormozlanish ta‘siri pasayadi – yurak qisqarishi kuchayadi. Yurak parasimpatik
innervatsiyasini
(adashgan nerv)
faollashishi M
2
-xolinoretseptorni qoʻzgʻalishiga olib keladi,
G - oqsili yordamida adenilatsiklaza tormozlanadi, yurak qisqarishi kamayadi, sustlashadi
(asosan boʻlmachalar qisqarishi sustlashadi, chunki qorinchalarda parasimpatik
innervatsiyalanish nisbatan kam)
. Shunday qilib G - oqsil adenilasiklazaga ham
stimullovchi, ham tormozlovchi ta‘sir koʻrsatadi. Stimullovchi G-oqsil – G
S
-oqsil,
tormozlovchi –G
i
- oqsil (inhibit) koʻrinishida belgilanadi. M
1
-xolinoretseptor, M
3
-
xolinoretseptor, α
1
-adrenoretseptor qoʻzgʻalishi natijasida G
q
oqsili yordamida Fosfolipaza C
aktivlashadi, buning ta‘sirida fosfatidilinositol-4,5-difosfatdan
(PIP
2
),
inositol-1,4,5- trifosfat
(IP
3
)
va diatsilgliserol
(DAG)
hosil boʻladi. Inositol-1,4,5-trifosfat Ca
+2
ionlarining
sarkoplazmatik retikulumdan chiqishini oshiradi sitoplazmada
(sarkoplaza)
Ca
+2
miqdorining oshishi muskulni qisqarishiga olib keladi
(!!!fiziologiya kursini eslang)
.
Hujayra ichi retseptorlariga kortikosteroidlar va jinsiy gormonlar kiradi. Glyukokortikoidlar
asosan
hujayra
sitoplazmasida
joylashadi.
Glyukokortikoid
bilan
sitoplazmatik
retseptorlarning birikishidan Glyukortikoid-retseptor kompleks hosil boʻladi va yadroga
kirib, turli xil genlar ekspressiyasiga
(ekspressiya-genning irsiy axborotidan funksional
mahsulot – RNK yoki oqsil hosil boʻlishi)
olib keladi.
Moddalarning retseptorlar bilan bogʻlanish qobiliyati
(moddalarning retseptorlarga
bogʻlanish tendensiyasi)
‖
Do'stlaringiz bilan baham: