Qo'yqirilganqal’a obidasi mil. av. IV va milodning IV asrlarida, ya’ni qariyb 700-800 yil davomida mavjud bo'lgan. Ibodatxona ikki qavatli bo‘lib, aylana shaklda qurilgan. Uning balandligi 9,5 metrni tashkil etgan. Atrofi ikki qator paxsa va xom g‘ishtli mudofaa devori bilan o‘ralgan. Tuproqqal’a. Tuproqqal’a ham qadimgi Xorazm tarixiga oid obidadir. Agar Qo‘yqirilganqal’a obidasi ibodatxona va qishloq xarobasi bo‘lsa, Tuproqqal’a shahar qal’a xarobasidir. Tuproqqal’a milodning II—III asrlarida qurilgan va VI asrigacha mavjud bo'lgan. III-IV asrlarda qadimgi Xorazm hukmdorlari-xorazmshohlarning qarorgohi shu joyda joylashgan. Saroyda maxsus «Shohlar xonasi», «G‘alaba xonasi» va «Askarlar xonasi» bo‘lgan. «Shohlar xonasi»ga qo‘yilgan haykallar shoh ajdodlarining ilohiylashtirilganligini aks ettirgan. «G‘alaba xonasi»dagi baland qilib ishlangan haykallar shohning shon-shavkatini ifodalagan. «Askarlar xonasi»da esa Xorazm shohlarining ulkan, askarlarning esa kichik hajmlardagi tasvirlari aks ettirilgan. Unga yondosh qilib balandligi 25 metrli Ark bunyod etilgan. Saroydagi podsho arxividan mol terisi va yog ‘och taxtachalarga yozilgan yuzdan ortiq hujjatlar topilgan. Tuproqqal’a ichida qurol-yarog‘ ustaxonasi ham bo‘lgan. Afrosiyob.Afrosiyobga mil.av. VIII asr o‘rtalarida asos solingan. U Samarqand shahrining qadimgi xarobasidir. Arxeologlar Afrosiyob madaniy qatlamini sinchiklab o‘rganganlar va shaharning yuksak taraqqiy etganligidan guvohlik beruvchi ashyolarni topganlar. Shahar dastlab makedoniyalik Aleksandr, XIII asrda esa mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilgan. Mo‘g‘ullar bosqini natijasida shaharni suv bilan ta’minlash tobora og‘irlashib borgan. Oxir-oqibat aholi Afrosiyobni butunlay tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Natijada Afrosiyob kimsasiz xarobaga aylangan.Ismoil Somoniy maqbarasi. Ismoil Somoniy maqbarasini IX-X asrlarda yurtimizni boshqargan somoniylar sulolasidan chiqqan Movarounnahrning mashhur hukmdori Ismoil Somoniy qurdirgan. Buxoro shahrida qurilgan bu maqbara hozir ham qad ko‘taribturibdi.
Minorai Kalon (Katta minora) Buxoro shahrida bunyod etilgan eng go‘zal me’moriy yodgorliklardan biri. Uni Movarounnahr hukmdori Arslonxon 1127-yilda qurdirgan. Minoraning poydevori yer sathidan 9 metr chuqurlikda bunyod etilgan. Registon majmuasi. Registon majmuasi Samarqandning Registon maydonida joylashgan. U Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat me’moriy yodgorlikdir. Ulug‘bek madrasasi XV asrda qurilgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi - Sherdor va Tillakorini XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Ulug‘bek madrasasi hovlisining atrofi ikki qavatli hujralar bilan o‘ralgan. Oqsaroy. Oqsaroy obidasi hozirgi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan. Uni buyuk bobomiz Amir Temur onasining sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy yorug‘ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan. U o‘z davrining eng go‘zal va salobatli me’moriy inshooti edi. Oqsaroyning balandligi 50 metrni tashkil etgan. Oqsaroy tepasiga aylanma zinalar orqali chiqilgan. Oqsaroy devonxonasi peshtoqiga Quyosh, arslon va Amir Temur davlatining uch halqa shaklidagi tasviri tushirilgan. Ayniqsa, Oqsaroy tomi tepasiga barpo etilgan hovuz saroyning eng noyob jihati edi. Bu hovuzga suv dovondan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali olib kelingan. Hovuzdagi ortiqcha suv sharshara hosil qilish yo‘li bilan pastga oqizilgan. Oqsaroyning go‘zalligi va salobati hatto chet elliklarni ham hayratga solgan.O‘z davrida dunyoni lol etgan Oqsaroydan hozirgi kunda ulkan peshtoqning ikki chekkasidagi minora va poydevorining bir qismigina saqlanib qolgan, xolos. Ichan qal’a. Jahonning durdona yodgorliklaridan biri bo’lgan Ichan qal’a- Xiva shahrining ichki qismidir. U o‘tmishda ajdodlarimiz mohirlik bilan bunyod etgan 54 ta noyob tarixiy me’moriy obidalar majmuasidan iborat. Bu majmua Ko‘hna Ark (arzxona), madrasalar, masjidlar, maqbaralar va boshqa shu kabi inshootlarni o‘z ichiga oladi. Ha, jahonning bu e’tirofi o‘zbek xalqi o‘tmishi naqadar buyuk bo‘lganligining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Shubhasiz, bu xalqning kelajagi ham buyukdir. 4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash