Ko’rildi: O’IBDO’ ______________ ______________________.
V__ __ __ Sinf: Tarixdan hikoyalar. Sana ____________
Mavzu: Toshkent 2200 yoshda.
III. Dars maqsadi:
a) Ta`limiy maqsad: o’quvchilar Toshkentning qadimgi obidalari. Mingo‘rik. Toshkent – O‘zbekiston poytaxtihaqida bilimlarga ega bo’ladilar.
b) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar vatanga muxabbat, ajdodlar merosini asrab-avaylashga dav’at, milliy qadryatlarga xurmat ruxida tarbiyalanadilar.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning tarixiy bilimlarini shakllantirish, ijodiy ishlashga o’rgatish, mustaqil fikrlash va nutq qobilyatlarini o’stirish.Dars turi: Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.
Darsda foydalaniladigan metodlar;”aqliy hujum”, suhbat, tezkor savol-javob_________ _____________________________________________________________________________
Dars jihozi: darslik , xarita, tarqatma materiallar, slayd va elektron darsliklar,
________________________________________________________________________________
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
a) Davomadni aniqlash.
b) Navbatchi ahborotini tinglash.
d) Bugungi kun yangiliklarini so’rash.
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash.
Samarqand haqida gaprib bering.
Buxoro qanday shahar bo’lgan?
Qarshi shahri tarixini bilasizmi?
Termiz so’zining ma’nosi nima?
Marg’ilon tarixan nimasi bilan mashxur bo’lgan?
Yangi mavzu bayoni:
Reja.
1.Toshkentning qadimgi obidalari. Mingo‘rik.
2.Toshkent – O‘zbekiston poytaxti
Toshkentning qadimgi obidalari. Bugungi Toshkent shahri 2200 yillik tarixga ega. Arxeolog olimlar Toshkent shahrining qadimgi o‘rnini aniqlash maqsadida uzoq yillar davomida ish olib bordilar. Nihoyat, uning hozirgi temiryo‘l vokzali yaqinida, Salar kanali sohilida joylashganligini aniqladilar. Toshkentning bu dastlabki o‘rni tarixga «Mingo‘rik» va «Ming o‘rik tepa» nomlari bilan kirgan. Bunga keyinchalik shahar xarobasi o‘rnida katta o‘rikzor barpo etilganligi va u «Ming o‘rik» deb atala boshlanganligi sabab bo’lgan.
Shahar VI asrda Choch (Toshkent) viloyatining markaziga aylangan.
«Toshkent» atamasi haqida. Milodning dastlabki asrlariga oid Xitoy manbalarida Toshkent «Shi» nomi bilan tilga olingan. Bu nom «Tosh shahar» degan ma’noni anglatgan. Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy o’zining «Hindiston» nomli asarida «Toshkent» atamasini ishlatgan.
Toshkent dastlab atrofi devor bilan o‘ralgan, qo‘rg‘on ko‘rinishida bunyod etilgan. U «Choch», arablar bo‘ysundirgach, arab alifbosida «ch» harfi yo‘qligi uchun «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash-Shosh», «Binkat» nomlari bilan atalgan. Shahar atrofi kuchli mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Keyinchalik shahar ichi ark va shahristonga ajratilgan. Arkda hukmdor saroyi va ibodatxona joylashgan. Shaharning amaldorlar yashaydigan qismi shahriston, hunarmandlar yashaydigan qismi esa rabot deb atalgan.
Toshkent xalqaro karvon savdo yo‘lida joylashganligi tufayli shaharda hunarmandchilikning turli sohalari yuksak taraqqiy etgan.
Arxeolog olimlar shahar hududidan turli mamlakatlarning tanga pullarini topishgan. Bu esa Toshkentning qizg‘in savdo markazi ham bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Toshkent mustaqil O‘zbekiston davlatining poytaxti. Toshkent shahri 1991-yildan boshlab mustaqil O‘zbekiston davlatining poytaxtidir. Toshkentning poytaxtlik maqomi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 6-moddasida ham yozib qo‘yilgan. Toshkent bugungi kunda nafaqat Markaziy Osiyoning, ayni paytda dunyoning ham eng go‘zal shaharlaridan biriga aylandi. Mustaqillik yillarda barpo etilgan bir-biridan hashamadi me’moriy binolar kishining aqlini lol qoldiradi. 2009-yilda Amir Temur xiyobonining quyosh chiqish tomonida qurilgan muhtasham «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi o‘zining go‘zalligi va salobati bilan kishilarni hayratga solib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |