V__ __ __ Sinf: Tarixdan hikoyalar. Sana ____________ Mavzu Amir Temur jasorati va uning davlati III. Dars maqsadi: a) Ta`limiy maqsad:Amir Temur hayoti va faoliyati. Amir Temur davlati haqida bilimlarga ega bo’ladilar.
b) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar vatanga muxabbat, ajdodlar merosini asrab-avaylashga dav’at, milliy qadryatlarga xurmat ruxida tarbiyalanadilar.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning tarixiy bilimlarini shakllantirish, ijodiy ishlashga o’rgatish, mustaqil fikrlash va nutq qobilyatlarini o’stirish.
Darsda foydalaniladigan metodlar;”aqliy hujum”, suhbat, tezkor savol-javob
_______________________________________________________________________________
Dars jihozi: darslik , xarita, tarqatma materialar, slayd va elektron darsliklar,
_________________________________________________________________________________
Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism a) Davomadni aniqlash.
b) Navbatchi ahborotini tinglash.
d) Bugungi kun yangiliklarini so’rash.
2. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. 1. Mo’g’illar davlatiga kim asos solgan?
2. Xorazmshohlar davlati mudofasi haqida gapring.
3. Jaloliddin Manguberdi jasorati haqida gapring.
4. Nima uchun Xorazmshohlar davlati mag’lubiyatga uchradi?
3. Yangi mavzu bayoni Reja. Amir Temurning bolaligi.
Amir Temurning harbiy faoliyatini boshlanishi.
Amir Temur buyuk davlat arbobi.
Amir Temur hayoti va faoliyati. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda (hozirgi Yakkabog‘ tumanidagi) Xoja Ilg‘or qishlog’ida tug’ilgan. Amir Temuming otasi Amir Tarag‘ay Bahodir o‘zbeklarning barlos urug‘i va Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan biri bo’lgan edi. Onasi Takina Mohbegim o‘z davrining yetuk ilm-ahli xonadonlaridan birining qizi bo’lgan. Amir Temurning yoshligi Keshda o’tdi. Yetti yoshga to’lgach, otasi uni o‘qishga bergan. Amir Temur yoshlik chog’laridanoq ustozlar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo’ldi. U o‘z davrining ilmlarini puxta egalladi. Otasining piri shayx Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli, yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak, bahodir bo’lib voyaga yetdi. 17 yoshida otasining butun mulkini o‘zi mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug‘ilgan davrda Vatanimiz hududi Chingizxonning o‘g‘li Chig‘atoyga qarashli bo’lgan mulklar tarkibiga kirar edi. Chig‘atoyga qarashli hududlar Chig‘atoy ulusi deb atalgan. XIV asrning o‘rtalarida Chig‘atoy ulusida hokimiyat uchun kurash nihoyatda kuchaygan. Natijada ulus parchalanib ketgan. Amir Temur ana shunday og‘ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqqan. U o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi lashkarlari bilan turli viloyatlar amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib jasorat ko‘rsatgan. Bu esa uning nomini Qashqadaryo vohasida mashhur qilib yuborgan. Kurashlarda toblana borgan Amir Temur endi o‘z oldiga Vatanini mo‘g‘ullardan ozod etishdek muqaddas vazifani qo‘ygan. Tez orada Amir Temur mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik kurashini boshlab yuborgan. Bu kurash sakkiz yil davom etgan. Nihoyat, ozodlik kurashchilari mo‘g‘ul lashkarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarganlar. 1370-yilning 9-aprel kuni esa Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilindi. Bu vaqtda u 34 yoshga to‘lgan edi. Amir Temurga piri shayx Sayyid Baraka oliy hokimiyat ramzi bo‘lgan katta nog‘ora va bayroqni tutqazgan. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxti etib belgilandi.1370-yilda buyuk Temuriylar davlatiga asos solindi.
Amir Temur Osiyo xalqlari xaloskori. Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni o‘z ichiga olgan markazlashgan davlat barpo etdi. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik qaror topdi. Osiyoning ko‘plab davlatlarini ham mo‘g‘ullar zulmidan ozod etdi. Buyuk Ipak yo‘lini qayta tikladi. Biroq bu davrda Amir Temur davlatiga mo‘g‘ullar barpo etgan Oltin O‘rda davlati xavf sola boshlagan. Bu davlat taxtida To‘xtamishxon o‘tirar edi. Amir Temur Yevropa xalqlari xaloskori. Amir Temur Oltin O‘rdaning tahdidlarini bartaraf etishga kirishdi. 1395-yilda Amir Temur To‘xtamishxonning lashkarini Terek daryosi (Shimoliy Kavkaz) bo‘yida tor-mor etadi. Bu g‘alaba Oltin O‘rdani nihoyatda zaiflashtirib qo‘ygan. G‘alaba Oltin O‘rdaga qaram bo‘lgan Rusning (Rossiyaning) mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini tezlashtirgan. Amir Temur G‘arbiy Yevropa xalqlariga katta tahdid solayotgan Turkiya sultoni Boyazidga ham qarshi yurish boshlagan. 1402-yilda Anqara yonida bo‘lgan jangda Boyazid lashkari tor-mor etilgan. Turkiyaning bu mag‘lubiyati uning Yevropa davlatlariga solayotgan xavfini yo‘qqa chiqargan. Shu boisdan G‘arbiy Yevropa xalqlari Amir Temurni o‘z xaloskori deb hisoblaydilar. Shu boisdan ham YUNESKO tashkiloti qarori bilan 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykallari o‘rnatildi. Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Vatanimizning yuksak mukofotlaridan biri - «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. 4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash 1. Amir Temurning bolalik yillari qanday o’tgan? 2. Amir Temur o’z faoliyatini nimadan boshladi? 3. Amir Temur qachon o’z davlatiga asos soldi? 4. Amir Temur Yevropa xalqlariga qanday xizmat ko’rsatgan? 5. Mustaqillik yillarida buyuk sarkarda bilan bog’li qanday ishlar amalga oshirildi? 5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish.