Ko’rildi: O’IBDO’ ______________ ______________________.
V__ __ __ Sinf: Tarixdan hikoyalar. Sana ____________
Mavzu: O‘zbekistondagi eng qadimgi tarixiy shaharlar.
III. Dars maqsadi:
a) Ta`limiy maqsad: o’quvchilar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi, Termiz, Marg‘ilonhaqida bilimlarga ega bo’ladilar.
b) Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilar vatanga muxabbat, ajdodlar merosini asrab-avaylashga dav’at, milliy qadryatlarga xurmat ruxida tarbiyalanadilar.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning tarixiy bilimlarini shakllantirish, ijodiy ishlashga o’rgatish, mustaqil fikrlash va nutq qobilyatlarini o’stirish.
Dars turi: Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.
Darsda foydalaniladigan metodlar;”aqliy hujum”, suhbat, tezkor savol-javob_________ ______________________________________________________________________________
Dars jihozi: darslik , xarita, tarqatma materiallar, slayd va elektron darsliklar,
________________________________________________________________________________
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism
a) Davomadni aniqlash.
b) Navbatchi ahborotini tinglash.
d) Bugungi kun yangiliklarini so’rash.
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash.
Temuriylar davrida madaniy hayot qay tariqa rivojlandi?
Mirzo Ulug’bek madarasalari haqida bilasizmi?
Rasadxona faoliyati haqida gaprib bering.
Temuriylar davrida ijod qilgan qaysi olimlarni bilasiz?
Yangi mavzu bayoni:
Samarqand shahri. Samarqand O‘zbekistonning eng qadimgi shaharidir.
Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan Sug ‘d davlatining poytaxti bo‘1gan. Keyinchalik chet ellik bosqinchilarning hujumi natijasida shahar bir necha bor vayron etilgan. Samarqandning gullab-yashnashi, dunyoning eng mashhur va go‘zal shaharlaridan biriga aylanishi buyuk bobomiz Amir Temur nomi bilan bog‘liqdir.
Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo‘ldi va «Abadiy shaharlar» qatoridan joy oldi.
Samarqandda 70 dan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud. Bu yodgorliklar 2001-yilda xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Davlatimiz mustaqilligi yillarida O‘zbekistonning eng qadimgi shahri bo‘lgan Samarqandning qiyofasi yanada go‘zallashdi.
Buxoro shahri. Buxoro ham O‘zbekistonning eng qadimiy va hamisha navqiron, mashhur shaharlari qatorida turadi. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Tarixchi olimlarning taxminicha, shaharning nomi «Tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi. Buxoroni ajdodlarimiz «ezgulik shahri», deb ham ataganlar. Buxoro dastlab IX-X asrlarda, keyin XVI asrdan boshlab mamlakat poytaxti maqomiga ega bo‘lgan.
Bugungi kunda Buxoro shahrida yuzdan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Buxoro arki (hukmdorlar qarorgohi), Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Mir Arab va Ulug‘bek madrasalari kabilar ularning eng mashhurlaridir.
Qadimgi Buxoro ayni paytda navqiron shahardir. Mustaqillik yillarida shaharning ko‘rinishi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Shahar yanada go‘zallashdi. Ayniqsa, 107 gektardan iborat «Buxoro madaniy markazi» O‘zbekistonning har bir fuqarosida Vatan bilan faxrlanish hissining yanada ortishiga xizmat qiladi. 2010-yilda bu markazda «Ko‘hna va boqiy Buxoro» monumenti bunyod etildi.
Xiva shahri. Xiva hozirgi Xorazm viloyatidagi shahar. U yosh jihatdan Buxoro bilan tengdosh. 1997-yilda Xivaning ham 2500 yilligi nishonlandi. Shahar Sharqning durdonasi hisoblanadi. Unga nisbatan «Ming gumbaz shahri» iborasi ham ishlatiladi. Xiva Ichan qal’asi oldingi holati butunligicha saqlanib qolgan yagona shahar bo‘lganligi uchun 1967-yildayoq qo‘riqxona-shahar deb e’lon qilingan. 1990-yilda esa Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Ba’zi olimlarning fikricha, shaharning nomi «qumloqdan iborat joy», «qal’a» ma’nolarini anglatadi. Xiva XVII asr boshlarida Xiva xonligining poytaxtiga aylandi. Shaharning bu maqomi 1920-yilgacha davom etdi. Xivaning butun tevarak-atrofi suvli xandaq bilan o‘rab olingan edi. Shaharga maxsus qurilgan ko‘prik orqali kirilgan. Bu ko‘prik kechalari ko‘tarib qo‘yilgan.
Qarshi shahri. Shahar yoshi jihatidan Samarqanddan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. U dastlab Naxshab, keyinchalik Novtak va Nasaf nomlari bilan atalgan. XIV asrdan boshlab Qarshi deb atala boshlangan. «Qarshi» so‘zi saroy, qasr ma’nolarini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |