V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov


Sovun glitserinli asoslar



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Sovun glitserinli asoslar
– bu turdagi asoslar ko„proq ichni yumshatish, 
bo„shashtirish yoki surish uchun ishlatiladi. Uni tayyorlash uchun suv hammomida 
qizdirilgan xolda 60 g glitserinda 2,6 g natriy gidrokarbonat kristallari eritiladi. 
So„ng oz-ozdan 5 g stearin kislotasi qo„shib aralashtiriladi. Karbonat angidrid 
gazini ajralib chiqishi hisobiga massadagi ko„pik yo„qoladi. Natriy gidrokarbonat 
va stearin kislotasi asosida olingan sovun glitserinli asos Avstriya va Polsha 
farmakopeyalariga kiritilgan bo„lib, boshqa davlatlar farmakopeyalarida ham 
(AQSH, Vengriya va Gollandiya) tibbiyot sovuni va glitserin ishtirokidagi shu 
turdagi asoslar amaliyotga tatbiq qilingan.
Polietilenoksidlar
– ularning konsistensiyasi polimerizatsiya darajasiga 
bog„liq. 
SHamchalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish 
Korxona sharoitida shamchalar kerakli tuzilish va o„lchamga ega bo„lgan 
qoliplarga quyish va presslash usullari orqali tayyorlanadi (ko„proq quyish 
usulida). Buning uchun quyish usulida shamcha tayyorlash uchun zarur bo„lgan 
bino, asbob-uskuna va personallar sanitariya gigienik qoidalarga rioya qilingan 
holda tozalanadi va qayta ishlanadi. Asos 60-70
0
S haroratda 40 daqiqa davomida 
reaktorda yaxshilab aralashtirilib, latun to„r yoki beltingdan iborat druk filtr orqali 
filtrlanadi. So„ng suyuqlanish harorati va to„liq deformatsiya vaqti aniqlanib, 
siqilgan xavo yordamida reaktorga o„tkaziladi. 


144 
Suvda eriydigan dori moddalaridan shamcha tayyorlashda dori moddasi 
suvli eritma ko„rinishida, yog„da eriydigan dori moddalaridan shamchalar 
tayyorlashda dori moddalarining yog„dagi eritmalari, suvda ham yog„da ham 
erimaydigan dori moddalaridan shamchalar tayyorlashda esa dori moddalari 
suspenziya ko„rinishida asos tarkibiga kiritiladi. Bu suvli, yog„li eritmalar yoki 
suspenziyalar shartli ravishda konsentratlar deb ataladi. 
Suvda eriydigan moddalardan shamchalar tayyorlashda 45
0
S haroratgacha 
qizdirilgan suvda dori moddasi eritilsa, yog„da eriydigan moddalardan shamchalar 
tayyorlashda esa suyuq holatgacha suyultirilgan yog„larda dori moddalari eritiladi. 
Hosil bo„lgan konsentratlar byaz filtri orqali filtrlanadi va asos bilan aralashtiriladi. 
Suvda ham, yog„da ham erimaydigan dori moddalaridan shamchalar 
tayyorlashda oldindan maydalangan dori moddasi reaktorda 1:1 nisbatdagi, 40-
50
0
S haroratgacha qizdirilgan asos bilan yaxshilab aralashtiriladi va kolloid 
tegirmonda tuyuladi. Termolyabil moddalardan shamcha tayyorlashda esa uch 
juvali mazaterkadan foydalaniladi. SHuningdek, sifatli suspenziya olish uchun 
rotorli-pulsatsion apparat yoki tishli-rotatsion nasosdan foydalaniladi. Bu jarayon 
2-4 soat davom etishi mumkin.
Tayyor bo„lgan kotsentrat nasos yordamida, kapron setkali shlang orqali 
yakorli aralashtirgichga ega reaktorga o„tkaziladi va asos bilan yaxshilab 
aralashtiriladi. SHamcha massasini tayyorlash jarayoni doimiy ravishda 
aralashtirilgan holda, 45-50
0
S haroratda olib boriladi. Tayyor massaning sifat 
ko„rsatkichlari ya‟ni tarkibdagi komponentlarning bir xilda aralashganligi, qotish 
va suyuqlanish harorati va to„liq deformatsiya vaqtlari o„rganilib, ijobiy natijalarga 
erishilgandan so„ng, shamcha massasi qoliplarga quyish uchun o„tkaziladi. 
SHamchalarni korxona sharoitida, quyish usuli bo„yicha tayyorlashda, 
“Sarong 200 S” liniyasidan foydalaniladi. Bu liniya bir vaqtning o„zida 
polivinilxlorid plenkasidan iborat yacheykaga shamchalarni qadoqlaydi va 
o„ramlarga joylashtiradi. Polivinilxlorid plyonkasidan iborat yacheykaning tashqi 
tomoni polipropilen plyonkasi bilan qoplangan bo„lib, uningqalinligi 40 mkm, 
uzunligi 12,5 mkm tashkil qiladi. Liniyaning ishlab chiqarish samaradorligi soatiga 
16000-20000 donagacha. 
SHuningdek, quyish usuli bo„yicha shamcha tayyorlashda Italiyaning 
“Farmo Dui FD 22/U” liniyasidan ham foydalaniladi. Bu liniyaning ham tarkibiy 
qismlari va ishlash mexanizmi yuqoridagi “Sarong 200 S” liniyasinikiga o„xshash 
bo„lib, ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 22000-25000 dona shamchani tashkil 
qiladi. 
Ba‟zi hollarda shamchalarni quyish hamda qadoqlash va o„rash jarayonlari 
alohida-alohida liniyali apparatlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan “Franko-
Krespi” yarim avtomati yordamida shamchalar quyilib, so„ng boshqa qurilma 
yordamida qadoqlanadi va o„ramlarga o„raladi. “Franko-Krespi” qurilmasi 
quyidagi ishchi qismlardan iborat: 
-
shamcha massasini issiq par yordamida uzatib turuvchi, soatiga 70-600 
marta aylanish tezligiga ega kurakchali aralashtirgichi bo„lgan ikkita bunker; 
-
qabul qiluvchi – dozator; 


145 
-
dozalarga bo„luvchi nasos; 
-
uchta sinxron tarzda aylanuvchi disklar; 
-
shakl beruvchi metall yulduzchalar (36 ta shakl aylanuvchi diskning ikki 
qirrasida joylashgan); 
-
sovutish qurilmasi; 
-
qoldiq massani qirib oluvchi issiq pichoq; 
-
shamchalarni juvalab tekkizlaydigan va qabul qilgichga uzatib beradigan 
qurilma. 
SHakl berilgan shamchalar tashqi ko„rinishi bo„yicha organoleptik tahlildan 
o„tkazilib, boshqa ko„rsatkichlari ham aniqlanadi va 10-15
0
S haroratda 2-3 soat 
davomida qo„shimcha ravishda xavo yordamida moylovchi va sovituvchi 
komponentlardan tozalanadi. 
Tayyor shamchalar yarim avtomat yordamida qadoqlash va o„rash uchun 
o„tkaziladi.
SHamchalar 5 donadan qadoqlanadi va 2 qadoq ya‟ni 10 tadan qilib 
qutilarga joylashtiriladi. Qutining ichiga qo„llashga doir ko„rsatma solinadi, 
etiketkasida esa seriya nomeri va yaroqlilik muddati ko„rsatiladi. Tayyor mahsulot 
quruq va salqin joyda, yorug„likdan himoya qilingan holda, 20
0
S dan yuqori 
bo„lmagan haroratda saqlanadi. 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish