V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov


Farmatsevtik amaliyotda ishlatiladigan tvinlar



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

Farmatsevtik amaliyotda ishlatiladigan tvinlar 
t/r 
Sotuvdagi 
nomi 
Kimyoviy tarkibi 
GLB (+) 

Konsistensiyasi 
1. 
Tvin – 20 
Polioksietilen-(20)-
sorbitanmonolaurat 
16,7 

Suyuq 
2. 
Tvin – 40 
Polioksietilen-(20)-
sorbitanmonopalmitat 
15,6 

Suyuq 
3. 
Tvin – 60 
Polioksietilen-(20)-
sorbitanmonostearat 
14,9 

Suyuq 
4. 
Tvin – 61 
Polioksietilen-(4)-
sorbitanmonostearat 
9,6 

Qattiq 
5. 
Tvin – 65 
Polioksietilen-(20)-
sorbitantristearat 
10,5 

Qattiq 
6. 
Tvin – 80 
Polioksietilen-(20)-
sorbitanmonooleat 
15,0 

Suyuq 
7. 
Tvin – 81 
Polioksietilen-(5)-
sorbitanmonooleat 
10,0 

Suyuq 
8. 
Tvin – 85 
Polioksietilen-(20)-sorbitantrioleat 
11,0 

Suyuq 
Tvinlar suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. 
Miri emulgatorlari (Myri) – polioksietilenglikol va yuqori yog„ kislotalarini 
murakkab efirlari hisoblanadi. 
Brii emulgatorlari (Brij) – polietilenglikol va yuqori spirtlar va sherst mumli 
spirtlarni murakkab efiridir.
Surtmalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish. 
Farmatsevtik ishlab chiqarishda suvda yoki asosda eriydigan yoki 
erimaydigan aralash tipli surtmalarni ishlab chiqarish tez-tez uchrab turadi. 
SHunday ekan bunday holatlarda surtmalar ishlab chiqarish texnologiyasi va 
ishlatiladigan asbob-uskunalarni to„g„ri tanlash lozim bo„ladi. Surtmalarni korxona 
sharoitida ishlab chiqarishning o„ziga xos tomonlari, ularni tayyorlashda, me‟yoriy 
texnik xujjatlar tomonidan belgilangan, kamida 2 yillik saqlanish muddatidagi 
turg„unligini ta‟minlovchi alohida sexlarda, murakkab texnologik jarayon va 
asbob-uskunalarni to„g„ri tanlashdadir.


124 
Surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasida quyidagilar asosiy omil bo„lib 
hizmat qiladi: 
-
dori moddasinnig disperslik darajasi; 
-
dori moddasini asos tarkibiga kiritish usuli; 
-
vaqt; 
-
tarkibga kirgan komponentlar shuningdek, aralashtirish tartibi va tezligi, 
-
harorat rejimi va boshqalar. 
Bu omillar surtmalarning konsistensiyasi, reologik xossalari, bir xilligi, 
saqlanish davomidagi turg„unligi va farmakoterapevtik samaradoriligiga bevosita 
ta‟sir ko„rsatadi. 
Kimyo-farmatsevtika korxonalarida surtmalarni ishlab chiqarish quyidagi 
asosiy jarayonlardan iborat bo„ladi: 
-
ishlab chiqarishni sanitar qayta ishlash, 
-
xom ashyo va materiallarni tayyorlash (dori moddasi, asos, qadoqlovchi 
material, idishlar va boshq), 
-
dori moddasini asos tarkibiga kiritish,
-
surtmalarni gomogenizatsiyalash, 
-
tayyor mahsulotni standartlash, 
-
tayyor mahsulotni qadoqlash, o„rash va jihozlash. 
Bu jarayonlardan tashqari surtmalarni murakkab tarkibli texnologiyalarida 
yana boshqa qo„shimcha jarayonlardan ham foydalanish mumkin. Lekin shunga 
qaramay butun sodir bo„ladigan texnologik jarayon boshidan-oxirigacha qattiq 
nazoratga olinadi. 
“Ishlab chiqarishni qayta ishlash” jarayoni xodimlarni sog„liqlarini saqlash, 
samarali mexnat qilish shart-sharoitini yaratish, tayyor mahsulotni saqlash, tashish 
davomida mikroblarga nisbatan turg„unligini ta‟minlashga qaratligandir. 
Asosni tayyorlash jarayoni asosni eritish va mexanik aralashmalardan 
tozalash uchun filtrlashdan iborat. Asosning tarkibiy qismlari (vazelin, lanolin, 
mum, emulgator №1, 2, emulsion mum, polietilenoksid 1500 va boshqalar) EK-40, 
EK-60, EK–125, EK-250 markali yoki PK-125 va PK–250 par ko„ylakli elektr 
qozonlarida eritiladi. Ular tuzilishiga ko„ra silindr yoki sferik ko„rinishda bo„lishi 
mumkin. Erigan asoslar qozonning jo„mragi orqali quyib olinadi. Elektr qozonlar 
misdan yoki po„latdan tayyorlanib, ichki yuzasi qalay yoki emal bilan qoplangan 
bo„ladi. Bu qozonlar ishlab chiqarish uchun yordamchi asbob-uskunalar 
hisoblanadi. Eritilgan asos issiq holatda o„tkazuvchi trubalar orqali surtma 
tayyorlovchi reaktorlarga o„tkaziladi. Bu reaktorlarda asos va dori moddasinnig 
yaxshi aralashini ta‟minlash uchun turli xildagi nasos qurilmalaridan foydalaniladi. 
YUqori qovushqoqlikka ega bo„lgan eritmalarni aralashtirishda shersternali 
nasoslardan foydalaniladi.
Dori moddasini asos tarkibiga kiritish, agar dori moddasi surtma tarkibiga 
suspenziya holida kiritiladigan bo„lsa, dori moddasini maydalash va elash, agar 
emulsiya holatida kiritiladigan bo„lsa, dori moddasini suvda eritish yoki surtma 


125 
asosining komponentlarida eritish orqali amalga oshiriladi. Agar surtma aralash 
tipli surtma tayyorlash texnologiyasi bilan tayyorlansa, yuqoridagi har ikki jarayon 
ham amalga oshiriladi.
Dori moddasi bilan asosni o„zaro bir-biri bilan aralashtirishda yakorli, 
grabelli yoki planetarli yaralashtirgichlardan foydalaniladi. SHuningdek, TMM-
1M markali hamir aralashtirgichdan surtma tayyorlashda asos va dori moddasini 
aralashtirish uchun foydalaniladi. 
Angliyaning “A.Djonson i K
o
” firmasi “YUnitron” nomi bilan universal 
aralashtirgichni taklif etgan. 
Bu aralashtirgichlar yordamida har doim ham bir xil taqsimlangan 
surtmalarni olish imkoniyati yo„q. SHuning uchun ham, surtma tayyorlashda dori 
va yordamchi moddalar oldinda diskli, valli va toshli mazotyorkalarda aralashtirib 
olinadi. 
Diskli mazotyorka ikkita diskdan tashkil topgan bo„lib, ular bir-bir bilan 
o„„zaro ustma-ust ko„rinishda, gorizontal tarzda joylashgan. Pastki disk 
aylanuvchan, yuqorigi disk esa surtmani uzatib teruvchi voronkaga maxkamlangan 
bo„lib, ular harakatlanmaydi. Varonkaga aralashtirgich yoki qistirgich o„rnatilgan 
bo„lib, ular surtmani disk yuzasiga surtilish davomiyligini ta‟minlaydi. Diskli 
mazatyorkani ishlab chiqarish unumdorligi soatiga 50-60 kg ga teng. 
Valli mazotyorka ikkita yoki uchta parallel yoki gorizontal joylashgan 
aylanuvchi yupqa yuzali valdan iborat. Ular forfor, vulqonlardan chiqqan qattiq 
shishasimon tog„ jinsi, yoki metalldan tashkil topgan. Surtmalarga optimal 
haroratni yaratish uchun valning ichki qismiga trubalar orqali issiq suv yuboriladi. 
Vallar har xil aylanish tezligida harakat qiladi (6,5 – 16 va 38 ay/daq.) Val jarayon 
nihoyasida tebranma harakat qiladi. Vallarning aylanish tezliklari maxsus shesterna 
orqali boshqarib turiladi. 
Maydalash jarayoni uchta asosiy jarayondan iborat: 
-
qattiq zarrachalarni vallar orasida urish yoki siqish jarayoni, 
-
yanchish orqali doimiy kuch davomiyligida, valni katta aylanish 
tezligida ezib, maydalash jarayoni; 
-
uchinchi valni o„z o„qi atrofida aylanishi hisobiga vallar orasidagi 
bo„shliqni kengayib torayishini ta‟minlash jarayoni, 
Bu mazotyorka himoya qurilmasiga ega bo„lib, vallar orasiga biron bir jism 
tashqaridan tushganda u avtomatik tarzda to„xtaydi. Uning ishlab chiqarish 
unumdorligi soatiga 50 kg ni tashkil qiladi. 
Amorf moddalardan surtmalar tayyorlashda (oltingugut, rux oksidi, kraxmal 
va boshq.) RPA qurilmasidan foydalaniladi. Bunda yuqoridagi dori moddasini 
oldindan maydalash jarayoni bajarilmaydi. Mustahkam kristall panjaradan tashkil 
topgan dori moddalaridan surtmalar tayyorlashda (borat kislotasi, streptotsid), ular 
oldindan qisman maydalanib so„ng, RPA qurilmasiga solinadi. 


126 
Har ikki holatda ham bu qurilma orqali surtmalarni tayyorlashda vaqt, elektr 
energiyasi sezilarli tarzda tejaladi. SHuningdek, surtmalarni an‟anaviy usul 
bo„yicha tayyorlashga nisbatan yordamchi moddalar miqdori ancha kamayadi. 
Surtmalarni tayyorlash jarayoni davriy yoki uzluksiz bo„lishi mumkin. 
Davriy jarayon ko„p bosqichli bo„lib, u asbob-uskunalarning soni va ishlash ketma-
ketligiga bog„liq.

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish