V. R. Xaydarov, N. A. Djabbarov


YUqori molekulali siklik spirtlar va ularning hosilalari



Download 5,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/100
Sana26.02.2022
Hajmi5,8 Mb.
#471438
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
Bog'liq
Oquv qollanma 1-qism (1)

 
YUqori molekulali siklik spirtlar va ularning hosilalari. 
Tarkibida siklik 
spirt saqlagan tabiiy mahsulot bu lanolin. Unga yog„ va uglevodorodlar qo„shish 
bilan ko„p miqdordagi suv va spirtli suyuqliklarni o„ziga absorbsiya qilib oluvchi 
(emulgirlovchi) bir qator emulgatorlar sintez qilindi. Faqat bu birikmalarni tabiiy 
lanolindan (yopishqoqligi hidi va b.) farqi, ular allergik ta‟sirlar keltirib chiqargani 
uchun ulardan faqat lanolinni qayta ishlashda foydalanila boshlandi. 
Gidrolan – 
gidrirlangan lanolin bo„lib, yumshoq sharoitda (200
0
S haroratda, 
150 atmosfera bosim ostida) gidrirlash orqali olinadi. Natijada rangsizlantirilgan va 
hidsizlantirilgan, yuqori emulgirlash xossasini saqlab qolgan lanolin mahsuloti 
olinadi.
Tolali mum spirtlari – 
lanolinni konsentrlangan ishqor eritmalari (suvli yoki 
spirtli) bilan sovunlash orqali olinadi. Bu usul bilan spirt aralashmasida ko„proq 
miqdorda holesterinni saqlab qolish mumkin bo„ladi. Uning tarkibi: 30% 
holesterinlar (holesteringa nisbatan),25% triterpenlar, 15% atsiklik diollar va 25-
30% boshqa har xil turdagi moddalar. Xorijiy davlatlarda tolali mum spirtlaridan 
tarkibida ko„p miqdorda suv saqlagan emulsion asoslarni sintez qilishda ishlatiladi. 


121 
Masalan murakkab suvli surtma – Unguentum aquosum compositum Buyuk 
Britaniya farmakopeyasida keltirilgan bo„lib (1963), uni tayyorlash uchun oldin 3 g 
tolali mum spirti, 12 g parafin, 5 g vazelin va 30 g vazelin moyidan iborat 
qotishma – Unguentum alcoholum lanae surtma asosi tayyorlanib, 50 ml suv bilan 
aralashtiriladi. XFITI (1968) parafin va serezinni o„rniga tolali mum spirtidan 
foydalanishni tavsiya qildi. CHunki u ko„pgina dori moddalari bilan yaxshi 
kelishadi, saqlanish davomida turg„un, ularga xech qanda antioksidantlarni 
qo„shishni xojati yo„q
Holesterin – 
tolali mum spirtining asosiy komponenti bo„lib, yuqori 
emulgirlash xossasiga ega, shuningdek teri orqali yaxshi so„riladi. Uni cho„chqa 
yog„iga 10% miqdorida qo„shish bilan gidrofillovchi xossasini 218% gacha, 
vazellin bilan esa 235% gacha oshirish mumkin.
Atsetillangan lanolin – 
lanilinni sirka angidridi bilan qayta ishlash orqali 
olinadi. Uning kogezion xossasi (yopishqoqligi) juda kichik, yog„ning noxush 
hididan holi, vazelin moyida yaxshi eriydi (10% gacha). 1 dan 5% gacha bo„lgan 
miqdorda past haroratda ham o„zining surtmasimon konsistensiyasini saqlab 
qolgan holda, turg„un emulsion xossani nomoyon etadi. 
Polioksietillangan lanolin – 
oksietilenni lanolin efirining oksiguruhiga 
biriktirish orqali olinadi. Suvda eriydigan lanolinni bugungi kunda 2 ta markasi 
mavjud bo„lib, ular rN qiymati 8,0 teng bo„lgan “Vodlan-45” va rN qiymati 7,1
teng bo„lgan “Vodlan-60”. Polioksietillangan lanolin suyultirilggan etil spirtida 
eriydi, kremlar ishlab chiqarishda undan 3% gacha foydalanilsa, yumshoq surtma 
asosini hosil qiladi. 

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish