6-bob. PORTLOVCHI MODDA ZARYADINI PORTLATISH USULLARI VA ELEKTRDAN PORTLATISH ZANJIRINING HISOBI Zaryadni portlatish deganda, belgilangan vaqt ichida ketma-ketli-
gi saqlangan holda portlovchi modda zaryadida portlashning qo‘zg‘a-
lishini ta’minlaydigan portlatish texnikaviy vositalari va usullari
yig‘indisi tushuniladi. Portlovchi modda zaryadini portlatishda qo‘lla-
nadigan usulning to‘g‘ri tanlanishi uning samaradorligi va portlatish
ishi xavfsizligini ta’minlashda muhimdir.
Zaryadlarni portlatish yakkalab (bittadan) yoki guruhlab ket-
ma-ket, birdaniga yoki sekinlatib, yoki bir zumda o‘t o‘tkazish yoki
elektrli usul bilan amalga oshiriladi.
Shpurlar yoki skvajinalar guruhini bir zumda portlatish uchun bir
zumda ta’sir etadigan elektr detonatorlar yoki detonatsiyalanuvchi pi-
lik (shnur) qo‘llanilsa, guruhni sekinlatib portlatishda esa sekinlatuv-
chi elektr detonator hamda detonatsiyalanuvchi pilik (shnur) yoki
pirotexnik rele (sekinlatgich) qo‘llaniladi.