V. R. Rahimov, N. U. Ubaydullayev


Markazlashtirilgan tizimda portlovchi materiallarni sarflov



Download 10,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/178
Sana01.01.2022
Hajmi10,38 Mb.
#303889
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178
Bog'liq
burgilash va portlatish ishlari

Markazlashtirilgan tizimda portlovchi materiallarni sarflov
-
chi (tarqatuvchi) kameraga, saqlash punktiga va zaryad butkasi-
ga tashib keltirish. 
Sarflovchi (tarqatuvchi) omborda portlovchi ma
-
teriallarni vagonetkaga, konteynerlarga yuklash ishini portlovchi 
moddalar tarqatuvchi ishchisi amalga oshiradi. Portlovchi material-
lar yuklangan vagonetka, konteynerlarni uchastkalardagi vaqtincha 
saqlanadigan  tarqatuvchi  kamera  va  shkaflarga  qadar  kamida  ikki 
kishidan iborat tarqatuvchi ishchilar tashib keladi. Portlovchi materi-
allarni yuklashda vagonetka yoki konteynerlar portlovchi materiallar 
omboriga yaqin lahimlarda yoki bevosita sarflovchi omborning o‘zi
-
da amalga oshiriladi. Portlovchi materiallarni uchastkalardagi port-
lovchi materiallar saqlash punktiga portlatish ishlarida yagona xavf-
sizlik qoidasi talablariga javob beradigan shaxta ichidagi transportda 
tashib keltiriladi.
Qiya va tik lahimlarning qabul qiluvchi maydonchalarida port-
lovchi materiallar bilan manevr ishlarini bajarish shu maydonchaga 
xizmat qiluvchi ishchi, portlovchi materiallar omborining tarqatuvchi 
ishchisi kuzatuvida amalga oshiriladi. Bu ishchilardan biri portlovchi 
materiallarning yer ostida harakatlanishini nazorat qilsa, ikkinchisi 
ularni qabul qilishga javobgardir. Qabul qilinadigan maydonchalar-
da portlovchi materiallar yuklangan vagonetkalarning manevr ish-
lari bajarilayotgan vaqtida shu ishga aloqasi bo‘lmagan shaxslarning 
ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Portlovchi  moddalar  sarflovchi  ombordan  ularni  tarqatuvchi 
kameralarga va uchastkada saqlovchi punktlarga zavod tarasida yoki 
qattiq kassetalarda, yoki sumkalarda tashib keltiriladi. Bunda port-
lovchi modda polietilen qopchaga joylashtirgan bo‘lishi kerak.
Elektr detonatorlar tarqatuvchi kameraga zavod tarasida yoki qat-
tiq kassetada olib kelinadi. Ish joyiga (ya’ni kavjoyda) tashib kelti-
rilgan portlovchi materiallar usta-portlatuvchi yoki xavfsizlik qoida-
larini biladigan ishchi nazoratida bo‘lishi kerak. Tashib keltirilgan 


206
portlovchi moddalar lahimning xavfsiz joyida sumka yoki kassetalar-
da bo‘lishi kerak. Shaxta stvollarini o‘tishda portlovchi materiallar-
ni tashib keltirishni tartibga solish va talab etiladigan mehnat sarfini 
qisqartirish maqsadida portlovchi moddalar shaxta yaqinidagi zaryad 
budkaga markazlashtirilgan holda tashib keltiriladi.
Zaryad budkasi portlovchi materiallarni qisqa muddatga (1 sut-
kaga qadar) saqlash, jangovar patronlarni tayyorlash, elektr detona-
torlarni markirovkalash uchun mo‘ljallangan qurilma-moslama bo‘lib, 
loyihaga asosan shaxta yaqinidagi binolar, inshootlar, kommunika-
tsiyalardan  uzoqroq,  xavfsizlik  qoidasiga  muvofiq  shaxta  stvolidan 
kamida 50 m uzoqlikda quriladi.
Zaryad budkasi yonmaydigan materialdan quriladi. Uning, odat-
dagidek, ishchi va avariya holatida yoritadigan yoritgichlari, telefon 
aloqasi, yorug‘lik va ovoz chiqaruvchi signalizatsiyalari bo‘lishi kerak.  
Bino aylanasiga balandligi 2 m dan kam bo‘lmagan tikonli sim tortil-
gan devor bilan o‘ralishi va qulflanadigan darvozasi bo‘lishi kerak.
Zaryad budkasi yer yuzasida yoki yarim chuqurlashtirilib qurila-
di, uning ishchi xonalari bo‘lib, u yerda qisqa muddat portlovchi mate-
riallar saqlanadi, elektr detonatorlar markirovka qilinadi va jan govar 
patronlar tayyorlanadi. Zaryad budkani isitish uchun uning o‘t yoqi-
ladigan xonasi bo‘lishi kerak. U xonadagi pechka yuzasida harorat 
70° dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Ishchi xonaga kirishda ikki qavatli eshik bo‘ladi, birinchisi – tash-
qi eshik yog‘ochdan yasalib, har ikkala tomoniga metall listi qoplana-
di. Ikkinchi eshik ichkarisida joylashgan bo‘lib, u temir panjaradan 
iborat.
Zaryad budkasida portlovchi materialning bir smenaga yetar-
li miqdori saqlanadi, lekin u 500 kg dan ko‘p bo‘lmasligi kerak va 
elektr detonatorlar ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. Portlovchi 
materiallarni qisqa vaqt saqlash uchun, portlovchi materiallar om-
boridagidek, stellajlar quriladi yoki portlovchi moddalar joylangan 
yashiklarni qo‘yish uchun metall shkaf (konteyner)lar o‘rnatiladi. 
Kassetalar yoki elektr detonatorlar joylangan yashiklar qulflanadigan 
metall seyflarda saqlanadi.
Sarflovchi  omborda  portlovchi  materiallarni  tayyorlash,  avtoma-
shinaga yuklash va uni kuzatib borish tarqatuvchi-tashuvchi va max-
sus ajratilgan usta-portlatuvchi zimmasiga yuklanadi. Portlovchi mate-
riallarni markazlashtirilgan usulda tashib keltiruvchi usta-portlatuvchi 


207
bevosita portlatish ishlarini amalga oshirishga qo‘yilmaydi. Sarflovchi 
ombordagi zaryad budkaga portlovchi materiallar zavodi tarasi yoki 
qattiq kassetada olib kelinadi. Barcha elektr detonatorlar sarflovchi om
-
borda ularni yetkazib berishdan oldin etiketkasida ko‘rsatilgan qarshi-
lik miqdorining to‘g‘riligi elektr de-tonatorlari simlarining izolatsiyasi 
tekshiriladi. Elektr detonatorlar qutichaga etiketkasi bilan birga solina-
di va uni tekshirgan tarqatuvchi shaxsning familiyasi yozib qo‘yiladi. 
Elektr detonator qutichasi kassetaga yoki yashikka solinadi.
Dam olish va bayram kunlari hamda shaxta bir kundan ortiq ish-
lamagan vaqtda zaryad butkasidagi barcha portlovchi materiallar 
sarfl ovchi omborga qaytariladi.

Download 10,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish